1
6-MAVZU: NEYROLINGVISTIK DASTURLASHTIRISH
TEXNOLOGIYASI
Reja:
1. Neyrolingvistik dasturlashtirish – aloqa va shaxsiy faollik
jarayonini o‘rganuvchi texnologiya sifatida.
2. Neyrolingvistik dasturlashtirish texnologiyasining ta'lim
jarayonida qo‘llanilishi.
3. Neyrolingvistik dasturlashtirishning ayrim usul va texnikalari.
Professor Jon Grinder tomonidan Santa Kruz universitetida kashf
etilgan. Richard Bandler va Jon Grinderlarga ko‘ra, inson bu tizimli tarkib
topgan, nevrologik jarayonlar
(“neuro”)
,
til
(“linguistic”)
hamda
o‘rganilgan xulq-atvor (bixevioristik strategiyalar)ning o‘zaro bog‘langan
butun tizimdir. NLDga oid ko‘plab ta'riflar mavjud. Adabiy jihatdan NLD
2
“a'lo darajadagi kommunikativ san'at”, Diltga ko‘ra (1980) “subyektiv
tajribaning strukturaviy ta'limi” kabi ta'riflanadi.
Shaxsdagi o‘zgarish va rivojlanishni o‘rganuvchi usul bo‘lib, NLD
patalogik yo‘naltirilgan usul emas, balki o‘suvchi yo‘naltirilgan usul
hisoblanadi. Neyrolingvistik dasturlashtirish insonlar o‘ta yaratuvchan va
ijodkor, ular uchun eng muhim konstruktor holatlarda insonlar dunyoda
mavjud ranglar bilan emas, balki o‘zlari tushungan va anglagan holda
muayyan hodisani idrok qiladilar va shunday “ko‘radilar”. Korzibiskiy
(1941) buni “chegarasiz xarita” deb ta'riflaydi. NLDda tajribalar
mundarijasiga emas, balki muayyan hodisa yoki predmetni tushunish
strukturasiga e'tibor berish kerakligi ta'kidlanadi (Bandler and Grinder
1975). Dilt va de Loziers (2000) fikricha, NLD uch qatlam:
epistemologiya, metodologiya va texnologiya yoki tajribalar “to‘plami”
kabilarning o‘zaro bog‘lanmasidir. NLD uning kashfiyotchilari
ta'kidlaganidek, “kichraytirilgan nusxa” metodologiyasi sifatida tanildi.
Garchi, NLD ko‘pincha amaliyotda hosil qilingan shakllar to‘plami,
buyum va texnikalarga oid texnologiya sifatida tanilgan bo‘lsa-da, aslida
bu insonlar qanday qilib ma'lumotni tushunishi, qanday ma'no sxemasini
hosil qilishi, natijani mahorat bilan izohlay olishi sifatida tushuniladi.
NLD metodologiyasi ortida epistemiologik nuqtai nazar, boshqacha qilib
aytganda, biz idrok qilgan, bilgan va o‘rgangan jarayonlar haqidagi
nazariya yotadi. NLDga oid adabiyotlarda, u nazariya sifatida emas, balki
mantiqan bir-biriga uzviy bog‘langan prinsiplar ekanligi aniqlanadi.
Insoniyatga yangi ta'lim mafkurasi, yangicha uslubdagi fanlararo
aloqadorlik va inson rivojlanishining innovatsion dasturlarini ishlab
chiqish zarur. Neyrolingvistika fani nuqtai nazaridan bir qator hodisalar
3
o‘zining odatiy murakkabliklar, individual kamchiliklar, salbiy va
g‘ayritabiiy xususiyatlari maqomidan ajralib muhim va tipik qonuniyatlar
ko‘rinishiga ega bo‘ladi va ularning kelib chiqish mohiyati talaba
xarakterining o‘ziga xosliklariga emas, bosh miya fiziologiyasining turli
tiplariga tegishli hisoblanadi. Aynan shu holat bir qator neyrofanlar:
neyroanotomiya,
neyromorfologiya,
neyrobiologiya,
neyropsixologiyaning yutuqlarini o‘zida mujassam etuvchi neyrofanlar –
neyropedagogika va neyrolingvistikaning paydo bo‘lishiga turtki bo‘ldi.
Talaba shaxsiga neyrolingvistik nuqtai nazardan yondashgan holda ta'lim
berish boshqa pedagogik voqyeliklardan qator o‘ziga xos afzalliklariga
ega bo‘lib, ma'naviy madaniyatni rivojlantirish nafaqat talabaning
intellektual taraqqiyot darajasi, balki, uning individual imkoniyatlarini
to‘liq ro‘yobga chiqarishni taqozo etadi. Bu esa o‘z navbatida bolaga
rivojlanish
uchun
mavjud
salohiyatdan
to‘laqonli
foydalanish
imkoniyatini beradi hamda uning ijtimoiy-lashuvi yo‘lidagi sun'iy
to‘siqlarni bartaraf etadi. Talabaning bosh miyasi tarkibiy tuzilishining
o‘ziga xosliklarini tadqiq etuvchi neyrofanlar o‘qituvchilarni ta'lim
muammosiga yangicha nazar tashlashga, odatiy tushunchalardan voz
kechish va tafakkur turlarini o‘rganish asosida yangi pedagogik
texnologiyalarni yaratishga o‘z ijodiy hissalarini qo‘shishga safarbar
etadi. Tafakkur jarayoni inson ongining yuksak bosqichi hisoblanadi.
Talabaning tafakkuri intellektual faoliyatning eng murakkab va yuksak
shakli sifatida psixologiya va neyrofiziologiyaning tadqiqot predmeti
bo‘lib xizmat qiladi. Neyropsixolog yoki biolog nuqtai nazarida tafakkur
– bu neyronlar guruhining faollashuvidir. So‘nggi paytlarda jahon
miqyosida ta'lim va tarbiya jarayonlari masalalarini talabaning bosh
4
miyasi tuzilishining o‘ziga xosliklari bilan bog‘lovchi ilmiy
yo‘nalishlar:neyropsixologiya,
neyrolingvistika
yoki
neyropsixolingvistika,psixolingvistika kabi yo‘nalishlar jadal sur'atlar
bilan rivojlanmoqda. Amerikalik neyropsixologlar XX asrning 90-
yillarini «miya o‘n yilligi» deb atadilar va shu yo‘sinda pedagoglarning
mazkur mavzuga nisbatan e'tiborini alohida ta'kidlab o‘tdilar. Amerikalik
neyropsixologlar tomonidan berilgan ko‘rsatmalarda ta'kidlanishicha,
o‘qituvchi ta'lim oluvchi-larni turli shakl va mazmunga ega bo‘lgan
o‘quvbilish faoliyatiga jalb etish, turli ta'lim metodlari va usullarini
qo‘llashning keng imkoniyatlaridan foydalanishi zarur. Ayni paytda ular
bosh miyani bir paytning o‘zida bir qancha vazifalarni o‘tayotgan
“parallel protsessor” deb atashadi – miyaga nisbatan haddan ziyod ko‘p
yuklama ham, buning aksi hisoblanuvchi yetarli bo‘lmagan yuklama ham
bosh miya rivojlanishiga salbiy ta'sir o‘tkazishi mumkin. Pedagogikada
neyrofanlar ma'lumotlaridan foydalanish zaruriyati to‘g‘risidagi fikrlar
olimlar tomonidan anchadan buyon ilgari surilmoqda, ammo pedagogik
amaliyotda neyropsixologiya va neyrobiologiya fanlarining yutuqlaridan
keng ma'noda foydalanish imkoniyati XX asrning oxirlarida paydo bo‘ldi.
Bosh miya tuzilishi va tafakkur jarayonlarining o‘ziga xosliklari orasidagi
aloqa jahon bo‘ylab qariyb yigirmadan ortiq mamlakatlar tadqiqotchi
olimlarining ilmiy izlanishi o‘laroq o‘z isbotini topgan. O‘tgan asrning
80-yillarida Yu.Lotman neyrofanlar muvaffaqiyatlari asosida semiotik va
madaniyatshunoslikka doir tadqiqotlarni amalga oshirgan. U biri haddan
tashqari mohiyatdan yiroqlashgan, boshqasi tashqi real voqyelik bilan
birlashgan tarzda mazmun-mohiyatni ochishga xizmat qiluvchi
raqobatbardosh ong turlarining navbati bilan faollashuvi haqidagi g‘oyani
5
ilgari suradi. Ushbu yo‘nalishning poydevori sifatida psixologlardan
L.S.Vыgotskiy va A.Leontevlarning yosh davrlari va pedagogik
psixologiya yuzasidan ilmiy izlanishlari va neyro-psixologiyaning0
asoschisi hisoblangan A.R.Luriyaning tadqiqotlari xizmat qiladi.
Ularning ilmiy tadqiqot faoliyatlari mahsuli bolalar neyropsixologiyasi
vujudga kelishiga asos bo‘lib, unda normal va anomal rivojlanishning
umumiy nazariy asoslari (V.V.Lebedinskiy), ontogenezda bosh miya
psixik funksiyalari mexanizmlarini shakllanishi (A.V.Semenovich,
Yu.M. Mikadze) o‘z ifodasini topgan. Pedagogik jarayonlarni inson bosh
miyasida sodir bo‘ladigan nevrologik o‘zgarishlar nuqtai nazaridan
o‘rganish, ya'ni nevrologiyaning pedagogika bilan sinergizmi
neyropedagogikaning alohida fan sifatida yuzaga kelishiga va
shakllanishiga olib keldi. Iqtisodiy xamkorlik va taraqqiyot tashkiloti
(OeSD)ning Ta'limda tadqiqotlar va innovatsiyalar markazi (Centre for
Educational Research and Innovation (CERI)) tomonidan tashkil qilingan
“Miya va ta'lim” deb nomlangan xalqaro ilmiy loyiha ustida o‘ttizta davlat
institutlarining neyrobiolog, pedagog, psixolog, sotsiolog va tibbiyot
xodimlari ilmiy izlanishlar olib bordilar (Brain and Learning). Rossiyada
Zamonaviy gumanitar akademiya qoshida Kognitiv neyrologiya instituti
tashkil etildi. U yondosh profillar mutaxassislari uchun dastlabki
neyropedagogika yuzasidan ishchi maydon vazifasini o‘tadi. Koginitv
neyrologiya instituti Moskva davlat universiteti olimlari, Rossiya fanlar
akademiyasi Inson bosh miyasi instituti, psixologiya instituti,
neyrokibernetika ilmiy tadqiqot intstituti, Rostov davlat universitetini
birlashtiradi. Mazkur yo‘nalish quyidagi pedagogic vazifalar bilan
bevosita bog‘liq: ta'lim jarayonida o‘zlashtirish borasidagi muammolarni
6
hal etishda neyropsixologik bilimlarni qo‘llash (T.V.Axutina), individual
tafovutlar
neyropsixologiyasini
rivojlantirish
(V.A.Moskvin,
ye.D.Xomskaya, I.V.yefimova). T.A.Dobroxotova bola bosh miya yarim
sharlari assimetriyasi funksional jarayonlari va fikrlash faoliyati o‘zaro
ta'sirini izohlashga qaratilgan bir qator tadqiqotlarni o‘tkazishdi. Har
qanday shaxsda ma'naviyatning shakllanishi moddiy va ma'naviy
ehtiyojlari bilan bog‘liq holda amalga oshadi. O‘z navbatida shaxsning
ma'naviy ehtiyojlari uning milliy, diniy, g‘oyaviy-mafkuraviy jihatdan
tarbiyalanganligi bilan uzviy bog‘liq. Shu bilan birgalikda moddiy ehtiyoj
esa kishilarning turmush tarzi uchun zarur bo‘lgan moddiy ne'matlar bilan
bog‘liq. Shu ma'noda inson ma'naviy madaniyatining shakllanish jarayoni
moddiy va ma'naviy ehtiyojlarning uyg‘unlashib borishida yaqqol
namoyon bo‘ladi. Ma'naviyatning shakllanish jarayoni insoniyat butun
tarixi davomida qo‘lga kiritgan fan, madaniyat, ta'lim, axloqiy, estetik,
siyosiy, huquqiy munosabatlar va boyliklarga asoslanadi. Insoniyat XX
asrning so‘nggi o‘n yilligiga kelib dunyo yagona jamiyat sifatida to‘la
barqaror rivojlanishi mumkinligini anglab etdi. “Bizning kunlarimizga
qadar, insoniyat jamiyati yaxlit bir yagona jamiyat sifatida mavjud emas
edi”, - deb yozgan edi sotsiolog Entoni Giddens. Ikki asr ya'ni XX va XXI
asr chegarasida jahonda yuz bergan bir qator ijtimoiymafkuraviy holatlar,
globallashuv va integratsiya jarayonlari dunyoni bir tomondan ko‘p
qutbga ajratgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan esa, bir-biriga uzviy bog‘lab
qo‘ydi. Globallashuv bilan bog‘liq jarayonlar dunyo taraqqiyoti va
mamlakatlar iqtisodiyoti, siyosati va ma'naviy hayotiga o‘tkazayotgan
ta'siri barqarorlik va xavfsizlik masalalarini dolzarblashtirmoqda.
Globallashuv jarayoni hozirgi zamon ijtimoiy taraqqiyotini ijtimoiy-
7
iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy va madaniy qamrab olgan sharoitda shaxs
ma'naviy madaniyati rivojiga ehtiyojning oshib borishi tamoyillarini tahlil
qilish maqsadga muvofiqdir. Haqiqatan ham, bu jarayon eng keng
qamrovli va murakkab ijtimoiy hodisa hisoblanib, uning rivojlanishi va
hayotga tatbiq qilinishining asosiy omillari: turli xalq va millatlar
o‘rtasidagi baynalmilalchilik xususiyatlarini shakllantirishni; shaxs
ma'naviy madaniyatini tinimsiz boyitish va yangi sifat darajasiga
ko‘tarishni; shaxsning manfaati va ehtiyojlarini hisobga olishni; milliy va
diniy qadriyatlarning xalq ma'naviyati riviojlanishiga kuchli ta'sirini
inobatga olish zarur. Demak, shaxsning bu jarayondagi ishtirokining
faolligi uning mavjud manfaat va ehtiyojlarni anglaganlik darajasi,
ma'naviy madaniyatni rivojlantirishga ehtiyojining oshib borishi bilan
bog‘liq bo‘ladi. Ma'lumki, filologik ta'limning asosini ramz, timsol,
simvol, so‘z, tasvir ko‘rinishida ifodalanib, shaxsning intellekti,
dunyoqarashi va tafakkurining rivojlanishiga xizmat qiladi. Albatta,
mazkur jarayonda shaxsning narsa-hodisaga, voqyelikka shaxsiy
munosabati muhim rol o‘ynaydi. M.Quronov ta'kidlaganidek, “O‘zaro
suhbat yoki tarbiya, targ‘ibot maqsadlarida bilib yoki bilmasdan kishi o‘z
fikri orqali o‘z munosabatlarini ham tarqatadi. Natijada bir kishining
munosabati yuzlab kishilarning u yoki bu narsa, hodisaga munosabatiga
aylanishi mumkin. Chunki kishi ko‘pincha yonidagi suhbatdoshini
nimagadir ishontirishga, uning xulq-atvorini o‘zgartirishga, o‘z fikrini
uning fikriga aylantirishga, o‘z istaklarini ko‘pning istaklariga, o‘z
e'tiqodini ko‘pning e'tiqodiga aylantirishga harakat qiladi”. Bir so‘z bilan
suhbatdoshini o‘z maqsadlari sari yetaklashga, o‘zining nuqtai nazariga
ishontirish va inontirishga harakat qiladi. Zamonaviy fan nuqtai nazaridan
8
aytganda, neyrolingvistik dasturlash texnologiyalaridan foydalanadi.
Filologik ta'limda aynan neyrolingvistik dasturlash texnologiyasini tatbiq
etishga bugun alohida ehtiyoj tug‘ilmoqda. Neyrolingvistik dasturlash
talabaning subyektiv tajribasini, uning fikrlash, hulq va kommunikativ
jarayonlarini ifodalash usuli sifatida [atrof-olamni o‘zi va boshqalar
tomonidan to‘g‘ri idrok qilishni, samarali muloqotni tashkil etishga
yordam beradi. Neyrolingvistik dasturlash talabaning xulq-atvor
strategiyasini tahlil etish asosida uni muvaffaqqiyat bilan qo‘llash
imkonini beradi.
Neyrolingvistik dasturlash – ta'limning gumanitar texnologiyasi
hisoblanib, uning asosiy vazifasi talabalarda ma'naviy madaniyatni
rivojlantirishga doir kafolatlangan natijalarga erishish uchun unda
samarali muloqot texnikasini shakllantirish, o‘zi va yon-atrofdagi
kishilarning xulq-atvorini ongli ravishda o‘zgartirishga yo‘naltirilgan
faoliyatga tayyorlashdan iboratdir.
“Neyrolingvitik dasturlashtirish” texnologiyasining mohiyati
M.Quronovning “Biz anglayotgan haqiqat” kitobida quyidagi tarzda
o‘zining qisqa va aniq ifodasini topgan: “Inontirish bu – bir kishiga biror
g‘oyani boshqa kishi (yoki vosita) tomonidan hayajonli lahzalar hosil
qilib yoki hamma tan oladigan manbalarga bog‘lab singdirish usuli.
Inontirish ishontirishning oliy ko‘rinishi. O‘zini o‘zi inontirishda ham shu
jarayon kechadi. Biroq bunda fikr, g‘oyani kiritishda tashqi omil emas,
balki shaxsning o‘z his-tuyg‘ulari ishtirok etadi”. Neyrolingvistik
dasturlashtirishning uchta asosiy elementi mavjud:
“neyro” – nerv tizimining miya va tana o‘rtasidagi aloqadorligini;
“lingvistika” – so‘zlar va til vositadasi o‘zaro ta'sir ko‘rsatishni;
9
“dasturlashtirish” – fikr va harakatlarni ketma-ketlikda takrorlanib
turishini tizimga solishni anglatadi. Demak, insonni til va so‘zlar
vositasida
fikri
va
xatti-harakatini
boshqarish
neyrolingvistik
dasturlashtirishning asosiy mohiyatini tashkil etadi. Filologik ta'limda
neyrolingvitik dasturlashtirishning xilma-xil usul va texnikalaridan
foydalanish mumkin. Quyida ana shunday neyrolingvistik dasturlashtirish
texnikalaridan ayrimlariga to‘xtalib o‘tamiz:
1. Moslashish va boshqarish. Mazkur texnika lingvistik
dasturlashtirishning asosini tashkil etib, talabaning ma'naviy xulqatvoriga
muvaffaqiyatli ta'sir etish uchun uning harakatlari (holati, kayfiyati, ko‘z
qarashi, gavdani tutishi, qo‘l va oyoqlarining holati)ga moslashish muhim
ahamiyatga ega.
Talabaga aniq yo‘naltirilgan ta'sir ko‘rsatishda nafas olish ritmiga
moslashish yaxshi samara beradi. Buning uchun talabaning nafas olishini
kuzatish, nafas olgan vaqtida jim turish, aksincha u nafas chiqarayotganda
ungi murojaat qilish lozim. Natijada talabaning ong osti holatida unga
aytilayotgan gaplar xuddi o‘zi tomonidan aytilayotganidek, taassurot
qoldiradi. Aytaylik, talabaning unga berilgan tanbehdan jahli chiqyapti.
Mazkur holatda o‘qituvchi ham xuddi jahl qilgandek fiziologik holatga
kirishi, ya'ni talabaning vaziyatiga moslashishi talab etiladi. Ana shu
sur'atda suhbatni davom ettirish, asta-sekinlik bilan o‘qituvchi o‘z psixik
holatini mo‘tadillashtirish zarur. Talaba o‘z navbatida o‘qituvchining
tinch holatiga moslashadi va bosiqlik bilan vaziyatga yondashadi.
2. Stereotiplarni bartaraf etish. Ma'lumki, hamma insonlar singari
talabalarning miyasi ham doimiy va o‘zgarmas informatsiyalar bilan
ishlashga mo‘ljallangan. O‘zi istagan xatti-harakatni amalga oshirishga
10
to‘sqinlik qilinishi esa, ularda trans holatni yuzaga keltirib, ularning xulq-
atvoriga samarali ta'sir etish imkonini beradi. Mazkur holatda ayniqsa,
daxldorlik, hamkechinmalilik, keskinlik va bartaraf etishga yo‘naltirilgan
pedagogik vaziyatlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Daxldorlik
vaziyatida talabalarni zamonamizning dolzarb muammolari bilan
bevosita
aloqadorligini
anglash,
dunyoda
yuz
berayotgan
voqyeahodisalarning hammasi uchun mas'uliyatni his qilish zarurati
tuyg‘usi tarkib toptirilib, yon atrofdagi kishilar kayfiyati va manfaatlarini
sezish va ular bilan hisoblashish malakasini ishlash bilan bir qatorda bu
vaziyatda talabalarda ezgu maqsadga erishish vositalari haqida tasavvur
hosil qilinadi. Hamkechinmalik vaziyatida o‘qituvchi talabalarni
qandaydir ma'naviy tubanlik bilan bog‘liq voqyelik bilan to‘qnashtiradi.
Mazkur holat emotsional (talaba u kishiga qanchalik qiyin ekanini
tasavvur qiladi), mantiqiy (vaziyatlarni hal qilishning eng yaxshi
yo‘llarini izlash), shuningdek faoliyatli (o‘z munosabatini belgilash va
shu vaziyatda o‘z xulqatvor yo‘nalishini belgilash) darajalarida ro‘y
beradi. Keskinlik vaziyati qandaydir uzoq muddat davomida shaxsning
jiddiy ma'naviy-axloqiy his-tuyg‘ularini faol tarzda tutib turishga
qaratilgan bo‘lib, mazkur holati talabalarni axloqiy barqarorlikni
namoyon etishga majbur qiladi. Faoliyat qancha uzoq muddatli va keskin
bo‘lsa, talabadan talab qilinadigan axloqiy ko‘rinishlar barqarorligi
shuncha yuqori bo‘ladi. Keyinroq ma'naviyaxloqiy stereotiplarni bartaraf
etish vaziyatidagi ko‘rinishlarga zarurat yuzaga keladi. Talabalar
o‘qituvchining jahl qilishini, an'anaviy aytiladigan fikrlarni bildirishi,
jiddiy ma'ruza qilishini kutishadi, biroq talabalardagi stereotiplarni
bartaraf etish uchun mazkur xolatda ular kutmagan tarzda
11
sermulozamatda bo‘lish, nostandart vaziyatlarni o‘rtaga tashlash, ma'ruza
o‘qish jarayonida kulgi-mutoyibadan foydalanish talab etiladi.
3. Buzg‘unchi mish-mishlarga qarshi kurash. Mazkur texnika
profilaktik tadbirlar sirasiga kirib, talabalarni milliy ma'naviy merosimiz,
milliy qadriyatlarimiz, tarixiy shaxslarga nisbatan axborot xurujlaridan
muhofaza qilish imkonini beradi. Buning uchun talabalar ongi va qalbiga
kirib, ularning islohotlarga ishonchini so‘ndirish maqsadida to‘qilgan
mish-mishlar
o‘qituvchi tomonidan ilmiy asosda o‘rganilib,
tizimlashtirilib, zararsizlantirilishi kerak. M.Quronovning fikricha,
mishmishlarga qarshi targ‘ibotda o‘qituvchi-murabbiy qarshisida ikki
yo‘l paydo bo‘ladi: 1) indamay qo‘ya qolish (bu esa tarqalgan mish-
mishga nisbatan harakatsizlikni yoki uni rag‘batlantirishni anglatadi); 2)
fosh qilish (lekin bu ham fosh qilinayotgan vayronkor mish-mishlarning
yanada tarqalishiga sabab bo‘lishi mumkin-da!). Olim o‘z fikrini davom
ettirib, targ‘bot-tashviqot tarixida buning yechimi sifatida mish-mishni
to‘g‘ridanto‘g‘ri fosh qilish emas, uni faktlar yordamida titib tashlash
kerak, deb izohlaydi. Demak, talabalar o‘rtasida ma'naviy tahdid
ko‘rinishidagi mishmishlar paydo bo‘lsa, o‘qituvchi uning buzg‘unchi
ta'sirini yo‘qotuvchi trening mashg‘ulotlari, videorolik va ko‘rgazmali
vositalardan samarali foydalanish lozim.
4. Loqaydlik – irodasizlikning oldini olish. Mazkur texnika talabalar
ongida yangi g‘oya va istaklarni, bunyodkorlik tuyg‘usini qaror
toptirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, ikkilanish va iroda energiyasining
sustligini bartaraf etishga xizmat qiladi. Buning uchun o‘qituvchi eng
avvalo, talabalarda o‘z kuch va imkoniyatlariga ishonchni qaror toptirishi
lozim. Ishonch esa o‘z-o‘zidan hosil bo‘lmaydi. Buning uchun talabalarga
12
aytilayotgan fikrlar amaliyot bilan bog‘lab qayta-qayta eshittirilishi,
ko‘rgazmali, obrazli tarzda taqdim etilishi, sinovdan o‘tgan misollar
asosida singdirilishi maqsadga muvofiq. Ishonch esa, o‘z navbatida istak
va niyatni paydo qiladi va harakat manbai – irodaga energiya beradi.
Talabalar orasida irodali, faol, o‘rtamiyona, loqayd, befarq – turfa xil
ta'lim oluvchilar uyraydi. Ammo ularning barchasini birdek harakatga
keltirish uchun hamma tez va oson tushunadigan maqsad va g‘oyani taklif
qilish, uning ahamiyati katta ekanligiga ishontirish lozim.
5. “Bilimlarni o‘zlashtirishda tanlov erkinligi” mashqi. Mazkur
texnika asosida talabalar nimalarni o‘rganishni istagida ekanligi, ularni
bunga undayotgan sabablar, o‘qib-o‘rganishni xohlagan va xohlamagan
vaziyatlarining oqibatlarini anglash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Mashq
talabalarga o‘qib-o‘rganishga ongli va mas'uliyatli munosabatda
bo‘lishga doir ichki qarama-qarshiliklardan unumli foydalanishga yordam
beradi. Buning uchun o‘qituvchi talabalarga bilimlarni o‘zlashtirishda
tanlov erkinligi ro‘yxatini tuzishni taklif etadi. Ro‘yxatni tuzishdan avval
talabalardan quyidagi savollarga javob berish talab etiladi: 1) mening
o‘qib-o‘rganishim yoshimga mos keladimi?; 2) o‘zlashtirayotgan
bilimlarim hajmi va sifati hayotiy maqsadlarimga mos keladimi?; 3)
mavjud bilimlarim kundalik hayotiy vaziyatlarga javob beradimi?
Mashqni bajarish jarayonida o‘qituvchi talabalardan qanday axborotlarni
o‘qib-o‘rganishga haqqi yo‘q ekanligini ham yozishni so‘raydi hamda
savollarga javob berish jarayonida o‘z fikrlariga asos keltirishlari
lozimligini ta'kidlab o‘tadi. Ro‘yxatni tuzish jarayonida hayotiy
qiyinchiliklarni yengib o‘tishga yordam beradigan kompetensiyalar
13
ro‘yxatini tuzish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va ularni
hal qilish yo‘llarini bayon etish so‘raladi.
6. “Hayotiy tajribani o‘zlashtirish” mashqi. Mazkur texnika
talabalarga boshqa kishilarning hayotiy tajribalarini o‘rganish va o‘z
hayotiy maqsadlarini aniqlashtirish imkoniyati beradi. O‘qituvchi dastlab
talabalardan daftarlariga o‘zlariga tanish kishilarning hayotiy tajribalari
majmuini tuzishni so‘raydi. So‘ngra ular vaqti-vaqti bilan o‘zaro
daftarlarini almashtirib turishlari, har safar bittadan o‘zlarining hayotiy
tajribalarini misollar asosida yozishlari lozimligini tushuntiradi.
Nazorat savollari:
1. Neyrolingvistik dasturlash texnologiyasining mazmuni?
2. Neyrolingvistik dasturlashtirishga oid qanday texnika va usullar
mavjud?
3. Texnologiyaning amalga oshirilishi necha bosqichdan iborat?
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Heap M. Neuro-linguistic programming // In M. Heap Hypnosis:
Current Clinical, Experimental and Forensic Practices. London: Croom
Helm, 1988. Pp 268-280.
2. Roderique-Davies Gareth. Neuro-linguistic programming: Cargo
Cult Psychology. Journal of Applied Research in Higher Education
Volume 1,Number 2. 2009. pp. 57–63.
Do'stlaringiz bilan baham: |