Pedagogika va psixologiya yo'nalishi 1-bosqich magistranti Xolmatov Davronning Shaxs psixologiyasi va Kouching fanidan yozgan essesi
ESSE
Psixologiyada shaxs nazariyalari.
Inson, odam koplab fanlarning organish obekti bolib hisoblanadi. Ular odamlarning turli tomonlarini va hayot tarzini, rivojlanishi organadi. Oz obektini belgilash va tariflash uchun turli tushunchalar qollaniladi. Psixologiya fani odamni jamiyatda, boshqalar bilan munosabatda boluvchi ongli faoliyat subekti sifatida organadi. Shaxs tushunchasi kop qirralidir. Mehnat qila olish konikmasining mavjudligi, insonlar bilan birgalikda faoliyat munosabatni amalga oshirayotgan kishi asta-sekin shaxsga aylanib boradi. Individning shaxs bolib shakllanishida bir qancha omillar zarur hisoblanadi va bu borada turli qarashlar mavjud.
Psixalogiya fanida shaxsning kamoloti uning rivojlanishi togrisida xilma-xil nazariyalar yaratilgan bolib, tadqiqotchilar inson shaxsini organishda turlicha pozitsiyada turadilar va muammo mohiyatini yoritishda oziga xos yondashuvga egadirlar. Mazkur nazariyalar qatoriga biogenetik, sotsiogenetik, psixogenetik, kognitiv, psixoanalitik, bixevioristik kabilarni kiritish mumkin.
Biogenetik nazariyaning negizida irsiyat bosh omil sifatida qabul qilingan. Biogenetik qonunni F.Myuller va Gekkellar kashf qilishgan. Biroq fanning individual va tarixiy taraqqiyoti munosabatlarini tushuntirishda xatolikka yol qoyilgan. Biologik qonunga kora shaxs psixalogiyasining individual taraqqiyoti yani ontogenez filogenezni qisqacha takrorlaydi degan goya edi.
Mening fikrimcha biogenetik nazariya asoschilarining goyalarida ilgari surilgan irsiyat haqiqatdan ham inson taraqqiyotida muhim orin tutadi, bazi kasalliklar va bazi qobiliyatlar irsiyat orqali otadi ammo individ shaxs bolib shakllanishida ijtimoiy muhitning ham orni beqiyos. Bunga misol qilib bolaligida hayvonlar orasiga tushib qolgan Maugli yoki Tarzanni olishimiz mumkin.
Biogenetik nazariya tarkibiga psixolog Zigmund Freydning psixoanaliz borasidagi qarashlarini ham kiritishimiz mumkin. U 1856-yil 6-mayda Moraviyaning Frayberg shahrida, hozirgi Chexoslavakiyaning kichik shaharchasida tugilgan. 20-asr psixologlari orasida doctor Zigmund Freyd alohida orin tutadi. Uning asosiy asari Tushlarning talqini 1899-yilda nashr etilgan. Freyd va uning tadqiqotlari har bir davrda ham qiziqish uygotgan. Bu uning XX asrda psixalogiya qiyofasini ozgartirgan asarlarida shaxsning ichki dunyosi, uning motivlari va his-tuygulari, istaklari va burch hissi ortasidagi ziddiyatlarning asosiy masalalarini yoritib berganligi bilan izohlanadi.
Malumki, ong inson xatti-harakatlarining asosiy tartibga soluvchisi hisoblanadi. Freyd ong pardasi ortida inson tomonidan amalga oshirirlmaydigan kuchli intilishlar, istaklarning chuqur qaynoq qatlami yashiringanligini aniqladi.
Freyd oz amaliyotida ongsiz tajriba va motivlar nevropsixiatrik kasalliklarning sababiga aylanishi mumkinligi bilan duch keldi. Bu unga bemorlarni ongi aytganlari va yashirin ongsiz motivlar ortasidagi ziddiyatlardan xalos qilish yollarini topishga yordam berdi.
Shunday qilib, psixoanaliz deb ataladigan Freydning ruhini davolash usuli tugildi. Freyd nazariyasi koplab mamlakatlarda psixalogiya, psixoterapiya, falsafa shuningdek sanat va adabiyotga tasir korsatadi va Freydning ijtimoiy hodisalarni bilish metodologiyasi ongsiz mexanizmlarni, bostirilgan istakalarni ochishni talab qiladi.
Koplab psixologlar Freydning nazariyasiga qarshi chiqishgan, uning ulgaygandan keyin paydo boladigan psixologik stresslar negizida bolalikdagi stresslar yotadi degan goyasi edi.
Mening fikrimcha Freydning qarashlarida ham asos bor, chunki bolalikdagi patalogiyalar hayot davomida oz asoratini korsatmasdan qolmaydi.
Psixologiyada shaxs borasida nazariyalardan yana biri sotsiogenetik nazariya bolib, ushbu nazariyaning mohiyati shaxsda roy beradigan ozgarishlar jamiyatning tuzilishi ijtimoiylashish usullari va uni qurshab turgan odamlar bilan ozaro munosabati vositalaridan kelib chiqqan holda tushuntiriladi.
Haqiqatdan ham individning shaxs bolib shakllanishida ijtimoiy muhitning, bilim va tajribaning orni beqiyosdir. Bola ijtimoiy muhitda yashash va turli ijtimoiy rollarni kattalar olamiga taqlid orqali ozlashtiradi. Bilim va tajribalar esa uning ongini osishiga yordam beradi. Nutq orqali insonlar bilan muloqot ornatilib, nutq shaxs bolib shakllanishdagi asosiy omillardan biridir.
Psixologiyada psixogenetik yondashuv ham mavjud bolib, u biogenetik va sotsiogenetik nazariyalarini ahamiyatini kamsitmaydi, balki psixik jarayonlar taraqqiyotini birinchi darajali ahamiyatga ega deb hisoblaydi.
Mening fikrimcha insonni hayvonot olamidan ajratib turadigan omillardan biri bu uning yuksak hislari hisoblanadi. Inson faqat moddiyat bilan shaxs bolib qolmaydi, uning psixalogiyasi muhim ahamiyat kasb etadi. Misol uchun bilish jarayolari sirasiga kiruvchi diqqatni olsak, inson diqqatini jamlamas ekan u oqib organolmaydi. Buning uchun yana iroda kuchini sarflashi, sezgi orqali tashqi muhitdagi reaksiyalarni qabul qilishi, eslab qolishi, kerak vaqtda ulardan foydalana olishi va albatta tafakkur yuritishi lozim. Xayolot olami esa bizni ijodkorlikka chorlasa, hissiyotlarimiz hamdardlik orqali boshqalar gam tashvishini tushunishimizga, ularga yordam qolini chozishimizga, sevgi, dostlik kabi yuksak hislarni ozimizda his qilishimizga yordam beradi.
Xulosa qilib aytganda shaxs shakllanishida har bir nazariyaning oz orni bor. Ularning hech birini ahamiyatini rad etib bolmaydi. Inson dunyoga biologik tur sifatida keladi va ijtimoiy tajribalar, bilim konikmalar, shaxsning faolligi va nutq orqali shaxsga aylanadi. Uning psixalogiyasi togri shakllangani yani unda pozitivizmning rivojlanganligi ozi, yaqinlarining hayotini gozal qilishiga va qisqagina umrimizni chiroyli otkazishimizga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |