TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“IQTISOD” Kafedrasi
“Mikroiqtisodiyot va Makroiqtisodiyot”
FANIDAN
YAKUNIY NAZORAT
BAJARDI: MM-55.2 GURUH XOLXUJAEVA MADINA
TOSHKENT – 2021
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
«IQTISODIYOT» KAFEDRASI
“MIKROIQTISODIYOT.MAKROIQTISODIYOT” FANIDAN
VARIANT- 5
Resurslar o’zgaruvchanligi sharoitida foydani maksimallashtirish qoidasi
Tashqi samara oqibatlariga davlatning ta’sir etish usullari
Mikroiqtisodiyotda tashqi samara
Kafedra mudiri: X.Asatullaev
1. Mehnat - ishlab cliiqarishning muhim omilidir. Mehnat qilish insonning o'z ish kuchini foydali sarflashi, ya'ni uning natijasida tovar yoki xizmatlar yaratishdir. Ish kuchini oldi-sotdi qilish mehnat bozorida yuz beradi. Bu erda ishga yollanuvchilar o'z mehnatini taklif etadilar, ishga oluvchilar esa mehnatga o'z talabini bildiradilar.
Mehnatga bo'lgan talab, shu mehnat yordamida ishlab chiqarilgan tovarga bo'lgan talab bilan bog'liq. Shu bilan birgalikda unga boshqa ishlab chiqarish resurslari, ayniqsa kapital taklifi o'z ta'sirini ko'rsatadi. Mehnatga talab tarmoqdagi mehnat unumdorligiga bog'liq.
Alohida firmaning mehnatga talabini aniqlash uchun uni bahosini bilish kerak. Mehnat bahosi uni chegaraviy samaradorligi, ya'ni mehnat unumdorligi bilan o'lchanadi. Chegaraviy mehnat unumdorligi - bu qo'shimcha birlik mehnat jalb qilib. boshqa ishlab chiqarish resurslarini o'zgartirmagan holda, mahsulot hajmini oshishidir. Chegaraviy mehnat'- unumdorligi mehnatning chegaraviy mahsulot bilan aniqlanadi (MK). Chegaraviy mahsulot bahosi esa pul qivmatida o'lchanadi (MKRA).
Mehnatga talabning o'zgarishi berilgan mehnat yordamida ishlab chiqarilayotgan mahsulotga bo'lgan talabning o'zgarishi bilan bog'liq.
Barcha ishlab chiqarish omillari o'zgaruvchan bo'lgan sharoitda firmada foydani maksimallashtirish qoidasi qo"Ilaniladi. Bunda har bir resurs narxi uning chegaraviy mahsulotining puldagi ifodasiga teng bo'ladi. Bu qoida harajatlarni mininiallashtirishni ham o'z ichiga oladi.
Mehnat taklifi deganda’ - ishlovchilaming korxonada taklif qilishi mumkin bo'lgan mehnat miqdoridir.
Mehnat taklifi birinchi navbatda ma'lum tarmoqda o'rnatilgan ish haqi stavkasiga bog'liq bo'ladi. Bundan tashqari mehnat taklifiga mehnat mavqei, korxonaning joylashgan o'rni, korxona ishlovchilarining ijtimoiy himoya darajasi va boshqalar ta'sir qilishi mumkin.
Mehnat bozoridagi taklif narxga nisbatan elastik bo'ladi. ish haqi oshsa. mehnat taklifi ko'pavadi, kamaysa taklif qisqaradi. Ammo mehnatni tirik odam taklif etganidan, taklif mehnat ahlining nimani afzal ko'rishiga ham bog'liq. Turmush darajasi past bo'lib, moddiy muhtojlik sharoitida ko'p ishlab, ko'p pul topishga intilish ustunlik qiladi. Moddiy to'kinchilik va yuqori turmush darajasi muhayyo sharoitlarda ozi ishlab yaxshi yashash mumkin boiganidan qo'shimcha pul topishga nisbatan dam olish afzal ko'riladj. Natijada ish vaqti qisqarib, bo'sh vaqt ko'payishi mumkin. Nimani afzal ko'rishga qarab, mehnatning taklifi o'zgaradi.
Mehnatning bahosi ish haqidir. Ish haqi bu - ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdori va sifatiga to'lanadgan pul shaklidagi to'lovdir.Ish haqi stavkasi esa (ta'rif stavkasi) vaqt birligi ichida bajarilgan mehnatga to'lanadigan haq.
Agar mehnat bozorida sof raqobat mavjud bo'lsa. mehnatning muvozanat bahosi talab va taklifning o'zaro nisbati asosida shakllanadi. Mehnat bozorida monopsoniya kasaba uyushmalari va minimal ish haqi to'g'risidagi qonunlarning ta'siri katta.
Monopsoniya - faqat mehnat bozoriga xos boiib, uning mohiyati shundan iboratki, ishga yollovchi ya'ni, mehnatga talabgor bitta yirik korxona, ishga yollanuvchilar miqdori esa juda ko'p, monopsonist mehnat bozorining yakka hokimi bolgani uchun ish haqi stavkasini pasaytirishga harakat qiladi va mehnatga bo'lgan talab chizig'i monopson talabiga keladi.
Monopsoniya sharoitida mehnatga bolgan chegaraviy harajatlar chizig'i mehnat taklifi egri chizig'idan yuqorida bo'ladi, bunda monopsonist qo'shimcha ishchilar yollagan holda yuqori ish stavkasi to'lashga majbur bo'ladi. Shuning uchun, MKRA = MKSA qoidaga amal qilib, ko'proq foyda olish maqsadida kam ishclii yollashi va ish haqi stavkasini ham pasaytirishi lozimdir.
Davlat ish haqining minimal miqdorini belgilavdi. Minimal ish haqini belgilash ishlovchilarning daromadlarini oshishiga va shu bilan birga ba'zi toifadagi ishchilarning ishsiz qolishiga olib keladi.
2. Davlatning bozor mexanizmiga aralashuvi jamiyatda to`liq yo`qotishga olib keladi. Shuning uchun ham davlat o`zining iqtisodiy siyosatini shlab chiqqanda to`liq yo`qotishlarni hisob-kitobdan chetda qoldirmasligi kerak. Lekin, bundan davlatning raqobatlashgan bozorga aralashuvi har doim ham yo`qotishlarga olib kelaveradi, deb bo`lmaydi. Quyidagi ikki holda davlatning aralashuvi raqobatlashgan bozorda iste′molchilar va ishlab chiqaruvchilarning turmush darajasini o`sishga olib keladi.
Birinchidan, iste′molchilar va ishlab chiqaruvchilarning harakati natijasida vujudga keladigan yutuq yoki yo`qotish bozor narxida o`z ifodasini topmasa. Bunday yo`qotish yoki yutuqlar bozorga nisbatn tashqi samara deyiladi, nima uchun deganda, ular bozorga nisbatan tashqarida ro`y beradi. Bozorga nisbatan tashqi samaraga misol qilib ishlab chiqaruvchilar tomonidan atrof-muhitni zaharlash natijasida vujudga keladigan jamiyat xarajatlarini keltirish mumkin. Ushbu xarajatlarni faqat davlatning aralashuvi orqali bartaraf qilish mumkin (bu masalaga keyingi boblarning birida batafsil to`xtaymiz).
Ikkinchidan “bozor qiyinchiligi” - bu yerda mahsulotning sifati, kim tomonidan, qachon ishlab chiqarilganligi to`g`risida axborotning to`liq bo`lmasligi, iste′molchilarni ortiqcha yo`qotishlarga olib kelishi mumkin, ya′ni iste′molchi naflikni maksimallashtiradigan tovarlarni sotib olish bo`yicha to`g`ri qaror qilolmasligi mumkin. Bunday holda davlatning aralashuvini (tovarlar yorlig`ida tovar to`g`risida to`liq axborot bo`lishni davlat tomonidan talab qilinishi) samarali deb qarash mumkin.
Raqobatlashgan bozorning muvozanat holatda ishlashi iste′molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligini maksimal bo`lishini ta`minlaydi, demak, muvozanat holatda iste′molchilr o`z talabini mavjud ishlab chiqarish xarajatlarida mumkin bo`lgan eng past narxda qondiradi. Raqobatlashgan bozor samaradorligi ishlab chiqarishni ta`minlaydi.
Uzoq muddatli oraliqda raqobatlashgan bozorning muvozanat holati
sharti quyidagicha tenglik bilan ifodalanadi 1-rasm
Ma`lumki qisqa muddatli oraliqda, raqobatlashgan bozor sharoitida firma ortiqcha foyda olishi yoki zarar ko`rishi mumkin. Lekin, uzoq muddatli oraliqda bunday holat istisno qilinadi, nima uchun deganda, tarmoqga kirish, undan chiqish erkin bo`lganda, tarmoqdagi yuqori foyda boshqa firmalarni o`ziga jalb qiladi, tarmoqdagi zarar bilan ishlaydigan firmalar boshqa tarmoqqa o`tadilar.
P
Do'stlaringiz bilan baham: |