Psixologiyada shaxs nazariyalari



Download 27 Kb.
Sana01.02.2022
Hajmi27 Kb.
#420949
Bog'liq
shaxs nazariyalari


Pedagogika va psixologiya yo'nalishi 1-bosqich magistranti Xolmatov Davronning Shaxs psixologiyasi va Kouching fanidan yozgan essesi
ESSE
Psixologiyada shaxs nazariyalari.
Inson, odam ko’plab fanlarning o’rganish ob’ekti bo’lib hisoblanadi. Ular odamlarning turli tomonlarini va hayot tarzini, rivojlanishi o’rganadi. O’z obektini belgilash va ta’riflash uchun turli tushunchalar qo’llaniladi. Psixologiya fani odamni jamiyatda, boshqalar bilan munosabatda bo’luvchi ongli faoliyat sub’ekti sifatida o’rganadi. Shaxs tushunchasi ko’p qirralidir. Mehnat qila olish ko’nikmasining mavjudligi, insonlar bilan birgalikda faoliyat munosabatni amalga oshirayotgan kishi asta-sekin shaxsga aylanib boradi. Individning shaxs bo’lib shakllanishida bir qancha omillar zarur hisoblanadi va bu borada turli qarashlar mavjud.
Psixalogiya fanida shaxsning kamoloti uning rivojlanishi to’g’risida xilma-xil nazariyalar yaratilgan bo’lib, tadqiqotchilar inson shaxsini o’rganishda turlicha pozitsiyada turadilar va muammo mohiyatini yoritishda o’ziga xos yondashuvga egadirlar. Mazkur nazariyalar qatoriga biogenetik, sotsiogenetik, psixogenetik, kognitiv, psixoanalitik, bixevioristik kabilarni kiritish mumkin.
Biogenetik nazariyaning negizida irsiyat bosh omil sifatida qabul qilingan. Biogenetik qonunni F.Myuller va Gekkellar kashf qilishgan. Biroq fanning individual va tarixiy taraqqiyoti munosabatlarini tushuntirishda xatolikka yo’l qo’yilgan. Biologik qonunga ko’ra shaxs psixalogiyasining individual taraqqiyoti ya’ni ontogenez filogenezni qisqacha takrorlaydi degan g’oya edi.
Mening fikrimcha biogenetik nazariya asoschilarining g’oyalarida ilgari surilgan irsiyat haqiqatdan ham inson taraqqiyotida muhim o’rin tutadi, ba’zi kasalliklar va ba’zi qobiliyatlar irsiyat orqali o’tadi ammo individ shaxs bo’lib shakllanishida ijtimoiy muhitning ham o’rni beqiyos. Bunga misol qilib bolaligida hayvonlar orasiga tushib qolgan “Maugli” yoki “Tarzanni” olishimiz mumkin.
Biogenetik nazariya tarkibiga psixolog Zigmund Freydning psixoanaliz borasidagi qarashlarini ham kiritishimiz mumkin. U 1856-yil 6-mayda Moraviyaning Frayberg shahrida, hozirgi Chexoslavakiyaning kichik shaharchasida tug’ilgan. 20-asr psixologlari orasida doctor Zigmund Freyd alohida o’rin tutadi. Uning asosiy asari “Tushlarning talqini” 1899-yilda nashr etilgan. Freyd va uning tadqiqotlari har bir davrda ham qiziqish uyg’otgan. Bu uning XX asrda psixalogiya qiyofasini o’zgartirgan asarlarida shaxsning ichki dunyosi, uning motivlari va his-tuyg’ulari, istaklari va burch hissi o’rtasidagi ziddiyatlarning asosiy masalalarini yoritib berganligi bilan izohlanadi.
Ma’lumki, ong inson xatti-harakatlarining asosiy tartibga soluvchisi hisoblanadi. Freyd ong pardasi ortida inson tomonidan amalga oshirirlmaydigan kuchli intilishlar, istaklarning chuqur “qaynoq” qatlami yashiringanligini aniqladi.
Freyd o’z amaliyotida ongsiz tajriba va motivlar nevropsixiatrik kasalliklarning sababiga aylanishi mumkinligi bilan duch keldi. Bu unga bemorlarni ongi aytganlari va yashirin ongsiz motivlar o’rtasidagi ziddiyatlardan xalos qilish yo’llarini topishga yordam berdi.
Shunday qilib, psixoanaliz deb ataladigan Freydning ruhini davolash usuli tug’ildi. Freyd nazariyasi ko’plab mamlakatlarda psixalogiya, psixoterapiya, falsafa shuningdek san’at va adabiyotga ta’sir ko’rsatadi va Freydning ijtimoiy hodisalarni bilish metodologiyasi ongsiz mexanizmlarni, bostirilgan istakalarni ochishni talab qiladi.
Ko’plab psixologlar Freydning nazariyasiga qarshi chiqishgan, uning ulg’aygandan keyin paydo bo’ladigan psixologik stresslar negizida bolalikdagi stresslar yotadi degan g’oyasi edi.
Mening fikrimcha Freydning qarashlarida ham asos bor, chunki bolalikdagi patalogiyalar hayot davomida o’z asoratini ko’rsatmasdan qolmaydi.
Psixologiyada shaxs borasida nazariyalardan yana biri sotsiogenetik nazariya bo’lib, ushbu nazariyaning mohiyati shaxsda ro’y beradigan o’zgarishlar jamiyatning tuzilishi ijtimoiylashish usullari va uni qurshab turgan odamlar bilan o’zaro munosabati vositalaridan kelib chiqqan holda tushuntiriladi.
Haqiqatdan ham individning shaxs bo’lib shakllanishida ijtimoiy muhitning, bilim va tajribaning o’rni beqiyosdir. Bola ijtimoiy muhitda yashash va turli ijtimoiy rollarni kattalar olamiga taqlid orqali o’zlashtiradi. Bilim va tajribalar esa uning ongini o’sishiga yordam beradi. Nutq orqali insonlar bilan muloqot o’rnatilib, nutq shaxs bo’lib shakllanishdagi asosiy omillardan biridir.
Psixologiyada psixogenetik yondashuv ham mavjud bo’lib, u biogenetik va sotsiogenetik nazariyalarini ahamiyatini kamsitmaydi, balki psixik jarayonlar taraqqiyotini birinchi darajali ahamiyatga ega deb hisoblaydi.
Mening fikrimcha insonni hayvonot olamidan ajratib turadigan omillardan biri bu uning yuksak hislari hisoblanadi. Inson faqat moddiyat bilan shaxs bo’lib qolmaydi, uning psixalogiyasi muhim ahamiyat kasb etadi. Misol uchun bilish jarayolari sirasiga kiruvchi diqqatni olsak, inson diqqatini jamlamas ekan u o’qib o’rganolmaydi. Buning uchun yana iroda kuchini sarflashi, sezgi orqali tashqi muhitdagi reaksiyalarni qabul qilishi, eslab qolishi, kerak vaqtda ulardan foydalana olishi va albatta tafakkur yuritishi lozim. Xayolot olami esa bizni ijodkorlikka chorlasa, hissiyotlarimiz hamdardlik orqali boshqalar g’am tashvishini tushunishimizga, ularga yordam qo’lini cho’zishimizga, sevgi, do’stlik kabi yuksak hislarni o’zimizda his qilishimizga yordam beradi.
Xulosa qilib aytganda shaxs shakllanishida har bir nazariyaning o’z o’rni bor. Ularning hech birini ahamiyatini rad etib bo’lmaydi. Inson dunyoga biologik tur sifatida keladi va ijtimoiy tajribalar, bilim ko’nikmalar, shaxsning faolligi va nutq orqali shaxsga aylanadi. Uning psixalogiyasi to’g’ri shakllangani ya’ni unda pozitivizmning rivojlanganligi o’zi, yaqinlarining hayotini go’zal qilishiga va qisqagina umrimizni chiroyli o’tkazishimizga yordam beradi.
Download 27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish