"psixologiya"



Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/253
Sana28.04.2020
Hajmi1,78 Mb.
#47964
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   253
Bog'liq
psixologiya

        - Nizolarni hal etish  strategiyasini qo’llaydi. 
 
Tayanch iboralar: 
Rahbarlik  sifatlari,  rahbarlik  nazariyalari,  nizo  turlari,  bosqichlari,  hal 
etish  yo‘llari,  boshqaruv,  muloqot,  munozara,  psixologiya,  ziddiyat,  lider, 
mezon,  toqat,  talant,  temperament,  tinimsiz  mehnat,  tashabbus,  guruh, 
munosabat 
 
        Asosiy savollar
1. Boshqaruv muloqoti. 
2. Munozaralar jarayoni psixologiyasi. 
3. Nizoli holatlar. 
4. Nizolarni hal etish.  
1. Boshqaruv muloqoti 
Boshqaruv  muammosi  XX  asrning  oxiri  va  XXI  asr  boshlaridagi  eng 
dolzarb muammolardan biriga aylandi. Bu holat inson omilining barcha ijtimoiy 
jarayonlardagi  oshgan  roli  bilan  izohlanadi.  Bundan  tashqari,  insonlarning 
o‘zida  ham  ilk  yoshlikdan  liderlikka  ishtiyoq,  xizmat  lavozimlarida 
muvaffaqiyatga  intilishga  moyillik  kabi  shaxsiy  sifatlar  ham  namoyon  bo‘la 
boshladi.  Bunday  ijtimoiy  psixologik  hodisalar  eng  avvalo  boshqaruv  sohasini 
yanada  takomillashtirish,  uning  samaradorligini  oshirish,  mehnat  maxsuldorligi 
va  insoniy  munosabatlarni  yaxshilash  kabi  masalalarda  ushbu  omilning 
ta’sirchan rolini oshirishni kun tartibiga dolzarb qilib qo‘ydi. 
Mustaqil  rivojlanish  yo‘lidan  borayotgan  O‘zbekiston  uchun  ham 
boshqaruv  tizimini  takomillashtirish,  rahbar  kadrlarni  tanlash,  tayyorlash, 
malakasini  oshirish,  ularning  bilim  saviyalarini  yanad  yuqori  bo‘lishi  bilan 
bog‘liq  shart-sharoitlarni  yaratish  masalasi  taraqqiyotning  muhim  omiliga 
aylanib bormoqda.  
Psixologiya  boshqaruv  faoliyatining  sub’ekti  bo‘lgan  insonlarni  o‘rganda, 
ikkita  kategoriya  borligini  e’tirof  etadi.  Bu  -  “rahbar”  va  “lider” 
tushunchalaridir.  Birinchi  tushuncha  ko‘proq  rasmiy  munosabatlar  tizimida 
faoliyat  ko‘rsatadigan,  asosiy  vazifasi  tashkilotning  davlat  va  jamiyat  oldidagi 
vakolatlarini  yurituvchi  shaxsga  taalluqli  bo‘lsa,  lider  jamoa  ichidagi  norasmiy 
munosabatlarning  mahsuli,  jamoadagi  ma’naviy-psixologik  muhitga  bevosita 
javobgar  insonga  nisbatan  ishlatiladi.  o‘arbda  lider  tushunchasi  bilan  umuman 
boshqaruv  tizimi  muammolarini  uyg‘unlashtirishga  intilish  bor.    To‘g‘ri, 
boshqaruv  masalalariga  aloqador  “menejer”,  “boss”,  “shef”  kabi  qator 
tushunchalar  ham  bor,  lekin  ilmiy  nuqtai  nazardan  ushbu  fenomen  liderlik 


 
55 
doirasida amalga oshiriladi. 
Agar  ushbu  hodisalarning  tarixiga  nazar  tashlaydigan  bo‘lsak,  boshqaruv 
nazariyoti  va  amaliyoti  sohalarida  tadbiqiy  ishlarning  tashabbuskori  F.  Teylor 
hisoblanadi.  Keyinchalik  bu  yo‘nalish  “ilmiy  menedjment”  deb  atala  boshladi. 
Teylor  yangicha  funksional  ma’muriyatchilik  tizimining  asoschisi  sifatida 
boshqaruv  uslublariga,  intizomiy  sanksiyalar  va  rag‘batlantirish  tizimiga  katta 
ahamiyat  berish  lozimligini  ta’kidladi.  U  moddiy  rag‘batlantirishning  alohida 
rolini  ta’kidlagan  tarzda,  odamlardagi  mehnatga  motivatsiyaning  asosi  sifatida 
mehnatga haq to‘lashning differensial tizimini tavsiya etdi. 
Uning  izdoshlaridan  biri  -  D.  Jilbert  esa  odamlar  yaxshi  va  unumli 
ishlashlari uchun ularning ish joylarini va u erdagi shart-sharoitlarni yaxshilash 
shartligi g‘oyasini ilgari surdi. 
Ishlab  chiqarishni  samarali  tashkil  etishning  muhim  omili  sifatida  insoniy 
munosabatlarni  ilgari  surgan  E.  Meyo,  boshqaruvchi  eng  avvalo  odamning  o‘z 
professional  va  ijtimoiy  holatidan  qoniqishini  inobatga  olishi  zarurligini 
isbotlagan.  U  birinchi  marta  boshqaruvda  aniq  belgilangan  boshliq  - 
buysunuvchi  ierarxiyasi  bo‘lishi  mumkin  emasligini,  bu  narsa  jamoadagi 
psixologik muhitga faqat salbiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlagan.  SHuning uchun 
ham  u  indivivdual  rag‘batlantirishni  gruppaviy  bilan,  iqtisodiyni  -  ijtimoiy-
psixologik omillar bilan almashtirish kerakligi g‘oyasini ilgari surdi.  
Meyo  fikrlarini  rivojlantirib,  R.  Laykert  yaxshi  boshqaruvning  quyidagi 
omillarini belgiladi: 

 
boshqaruv  uslublaridan  shundayi  mavjudki,  bunda  rahbar  xodimlarga 
ishonadi; 

 
xodimni  faol  mehnatga,  gruppaviy  faoliyatga  tortadigan  motivatsiya 
shakllari; 

 
hammaga teng etib boradigan kommunikatsiya turi; 

 
barcha  a’zolar  ishtirokida  va  ularning  fikrlarini  inobatga  oladigan 
qarorlar qabul qilish; 

 
jamoaning umumiy muhokamasi natijasida belgilangan maqsadlar; 

 
markazlashmagan nazorat shakli. 
Boshqaruv  muammolariga  bag‘ishlangan  nazariyalar  orasida  De  Mak-
Gregorning “X” va “Y” nazariyalari alohida diqqat talab qiladi. “X nazariyasi” 
ma’lumki,  boshqaruvga  yondashuvning  ma’muriy-buyruqbozlikka  asoslangan 
tamoyillarini  nazarda  tutsa,  “Y  nazariyasi”  undan  tubdan  farq  qiladi.  “X” 
yondashuv quyidagilarga tayanadi: 
1. Odamning aslida mehnatga toqati yo‘q, unga ishdan qochishga moyillik 
kuchli. 
2.  Oddiy  odamga  tavakkal  qilishdan  va  mas’uliyatlardan  qochish  xos 
bo‘lib, u passiv va boshqarishlariga muhtoj. 
3.  Oddiy  odamga  ko‘p  narsa  shart  emas,  uni  tinch  qo‘yishsa  bas,  u 
himoyaga, xavfsizlikka muhtoj.. 
“Y - nazariyasi” esa quyidagilarga asoslanadi: 
Odamning  jismoniy  va  intellektual  imkoniyatlarini  sarflashga  intilishi 


 
56 
tabiiy bo‘lib, uning uchun mehnat faoliyati o‘yin yoki o‘qish kabi maroqlidir. 
Odam  mehnat  jarayonida  o‘z-o‘zini  boshqarish  va  nazorat  qilish 
qobiliyatiga ega. 
Odatda  odam  o‘z  bo‘yniga  mas’uliyatlarni  olishga  intiladi  va  o‘z 
iqtidorini namoyon qilishga ehtiyoj sezadi. 
Odamni  o‘z  bo‘yniga  mas’uliyat  olishga  undagan  narsa  -bu  umumiy 
faoliyatda ishtirok etishga moyillikdir. 
Ko‘pchilikda  ijodiy  ishlash  va  tashabbuslar  ko‘rsatishga  ishtiyoq 
mavjud, bu narsa boshqaruvga ham taalluqlidir.  
SHulardan  kelib  chiqqan  holda  D.  Mak-Gregor  yangi  “X”  va  “Y” 
nazariyalarining tamoyillarini ilgari surdi.  

Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish