Elektron ta’lim resurslari
1. www. pedagog. uz
2. www. Ziyonet. Uz
16-Seminar mavzusi: XVIII asrda Rossiyada psixologik bilimlarning rivojlanishi. XIX asrda klassik nemis falsafasi, nemis empirik psixologiyasining shakllanishi va psixologik g‘oyalar. (2soat)
Reja:
1. XVIII - XIX larda Empiriklar» psixologiyaning rivojlanishi
2. Nemis empirik psixologiyasi vakillarining qarashlari
XVIII asming oxiri — XIX asming boshlaridayoq psixologlar
o‘rtasida psixik hodisalami o‘rganishda eksperimentni tatbiq qilish
mumkin emasmikan, degan masala maydonga chiqdi. Bu masala
bo'yicha filosof Kant o‘z fikrini aytdi. Uning fikricha, psixologiyada
eksperimentning bo'lishi mumkin emas, ularga matematikani tatbiq qilish mumkin emas. XIX va XX asrlarda psixologiya faqat empirik (tajribaga asoslangan) fan sifatida taraqqiy etadi. Bu davrda uning predmeti,
ya’ni o'rganadigan voqelik sohasi kuchli ravishda kengaydi; bu
fanning alohida yangi sohalari paydo bo‘ladi va shakllanadi,
yangi, yanada samaraliroq tekshirish metodlari kashf qilinadi.
Psixologiyaning bergan ma’lumotlaridan amaliy faoliyatning turli
sohalarida foydalanila boshlaydi. Ayni vaqtda, XIX va XX asrlarda
idealizm bilan materializm o‘rtasidagi kurash yanada chuqurlashadi.
Ma’lumki, XIX asr fizika, biologiya, fiziologiya, kimyo va boshqa
tabiat fanlarining gullab-yashnashi bilan harakterlanadi. Fanda paydo
bo‘lgan eksperimental metodning keng qo‘llanilishi fanlarning
rivojlanishiga turtki bo‘ldi.
Kant Immanuil hayoti: (1724-1804) Germaniyalik mutaffakkir
Immanuil Kant Kyonigsberg shahrida hunarmand-usta oilasida tug‘ilib
o‘sdi. U oiladagi 9 nafar farzandning to ‘rtinchisi bo'lgan. I. Kant
bolalik va o'smirlik chog‘larida tez-tez kasalga chalingani sababli
rimjon, jizzaki hamda vahimachi edi.
1745-yilda и Kyonigsberg universitetining ilohiyot fakuVtetini
tamomlagcm. 1755-yildan to 1797-yilgacha shu yerda metafizika,
mantiq, axloqiy falsafa, fizika, riyoziyotdan dors bergan. Umrining
oxirigacha bo'ydoq o'tgan. 57 yoshida «Sof tafakkur tanqidi» deb
nomlangan asosiy asarini yozib tugallagan.
Uning quyidagi asarlari та ’lum: «Osmonning umumiy tabiiy tarixi
va nazariyasi» (1755), «Mantiq» (1800), «Amaliy mantiq tanqidi»
(1788), «Antropologiya» (1798). Bular I. Kantning eng yirik va mashhur asarlari sirasiga kiradi.
Olim shaxsiy hayotida falsafiy masalalar xususida suhbatlasxishni
xush ко ‘rmagan. Aftidan, о‘zining tinglashga emas, faqat о ‘qitishga
qobiliyatli ekanini yaxshi anglagan. Hayotining har bir lahzasi muayyan tartibga solingan faylasuf har kecha roppa-rosa 10 da uyquga yotgan, tonggi soat 5 da uyg'ongan. U 30-yil davomida bir marta ham bu tartibni buzmagan. Roppa-rosa
I echki soat 7 da sayrga chiqqan. Kyonigsbergda yashovchilar Kantga
arab soatlarini tekshirishgan. Psixik hodisalami o‘lchash mumkinligi, binobarin, psixoiogiyada eksperimetning bo‘lishi mumkinligi haqida nemis psixologi I. Gerbart (1776-1841-y.) ijobiy fikr aytgan. U «psixologiyada matematikani tatbiq etish mumkin va zarurligi haqida» shunday degan: «Mening tekshirishlarim amalda
faqat psixologiyaning o ‘zi bilan cheklanib qolmasdan, balki
fizikaga va umuman, tabiat fanlariga ham qisman aloqadordir».
Gerbartning fikricha, asosiy psixik element tasavvurdir, qolgan
barcha jarayonlar — xissiyot, iroda, tasavvurlar kombinatsiyasidan. va munosabatlaridan iboratdir. Ruhiy holatlar doimo o ‘zgarish jarayonida bo‘ladi.
Tasavvurlarning bu doimiy o ‘zgarish va almasxish jarayonida m a’lum darajada
doimiylik, qonuniyat bor. Bu doimiylikning miqdor tomonini olchash mumkin. Shuning uchun ham, Gerbartning fikricha, psixologiyaga matematikani tatbiq qilish
mumkin. Gerbart, garchand, psixologiyada G erbar eksperimentdan foydalanishning zarurligi va foydaliligini isbotlagan bo‘lsa ham, lekin uning o ‘zi bu metoddan foydalanmagan. Eksperimental psixologiya taraqqiyotida, ayniqsa, nemis fiziologi va psixologi Vilgelm Vundt (1832—1920-y.)ning ishlari
katta ahamiyatga ega bo‘ldi. V. Vundtgacha faqat ichki tajribadan
va o‘z-o‘zini kuzatishdan foydalanib kelgan psixologiya faqatgina
tasviriy fan edi. V. Vundt eksperiment va o‘lchash metodlarini
zarur deb topib, psixologiyani izohli fanga aylantirishni maqsad
qilib qo‘ydi. V. Vundt psixologiya uchun klassik metodlar bo‘lib qolgan bir
qancha metodlami, ya’ni qo‘zg‘atish metodi, ifodalash metodi va
reaksiya metodlarini kashf etdi hamda rivojlantirdi.
V. Vundt 1879-yili Leypsigda birinchi eksperimental psixologiya
laboratoriyasini tashkil qildi. Oradan kocp vaqt o‘tmasdan (1881-y.)
u Berlin universiteti huzurida eksperimental psixologiya institutini
tashkil qildi. V. Vundt shug‘ullangan masalalardan biri o‘sha vaqtda astronomlar
tomonidan ochilgan diqqatni bir vaqtda ikkita har xil qo‘zg‘atgichga
to‘plash mumkin emasligi haqidagi masala edi. Bu hodisani aniq lash
uchun V. Vundt (laboratoriya tashkil qilingunga qadar) 1861-yilda
alohida mayatnik ish o‘ylab chiqardi (Vundt mayatnigi). Bu mayatnik
graduslarga bo‘lingan yoy atrofida harakatlanadi va har bir ma’lum
vaqtdan keyin jiringlaydi. Bu psixologik elementlar uchun kashf etilgan
birinchi asbob edi.
XIX asming oxirida Rossiyada ham bir qancha eksperimental psixologiya laboratoriyalari tashkil qilindi: Moskvada Tokarskiy, Qozonda Bexterev, Odessada
N. N. Langerlar tomonidan shunday laboratoriyalar ochildi. 1911-
yil Moskva universiteti huzurida, maxsus qurilgan binoda professor
Chelpanov rahbarligida eksperimental psixologiya instituti tashkil
qilindi. Hozirgi vaqtda bu institut RF Pedagogika fanlari akademiyasi
sistemasiga kiradi. Professor A. F. Lazurskiy (1874—1917-y.) tomonidan eksperimental metodning alohida turi - tabiiy eksperiment ishlab chiqildi. Eksperimentning bu turidan bizda bolalar psixologiyasini o‘rganishda,
pedagogika masalalarini, ayniqsa, ta’lim psixologiyasi masalalarini hal
qilishda keng va unumli foydalanilmoqda. Eksperimental metodning tatbiq qilinishi psixologiya fani taraqqiyotiga juda unumli ta’sir ko‘rsatdi. Bu metod yordamida oddiy kuzatish yoki o‘z-o‘zini kuzatish yo‘li bilan aniqlash qiyin bo‘lgan yoki butunlay mumkin boMmagan ko‘p ma’lumotlar aniqlandi, ayrim psixik hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishlar aniqlangan, psixik jarayonlardagi, ayniqsa, sezgi, diqqat, idrok, xotira sohasidagi ba’zi bir qonuniyatlar ochilgan. Eksperimental tahlil yo‘li bilan murakkab psixik jarayonlar (idrok, xotira, tafakkur)ning alohida komponentlari tarkibiy qismlari ajratilgan, psixik jarayonlaming fiziologik hodisalar bilan, shuningdek, tashqi fizik muhit hamda ijtimoiy muhit bilan bo‘lgan bog‘lanishlari ochilgan. Eksperimental tekshirishlaming yakunlari, shuningdek, eksperimental metodning usullaridan foydalanish amaliy faoliyatning turli
sohalarida - o‘quv tarbiya ishlarida, meditsinada, mehnatni tashkil
qilish va ratsionalizasiyalashtirishda, sud ishlarida, san’atda juda ko‘p
foyda keltiradi. Psixologiyada eksperimentni tatbiq qilish bo‘yicha dastlabki
ishlarni fiziolog Veber (1796-1878-y.) va fizik Fexner (1803-
1887-y.)lar amalga oshirdilar. Veber va Fexnerning maqsadi tashqi
ta’sirotlar (fizik omillar) va ularning muvofiqi - sezgilarning o ‘zaro
munosabatlari sohasidagi qonuniyatlami topishdan iborat edi.
Fexner eksperimental metodlar asosida sezgilarning ortib borishi
bilan ularni qo‘zg‘atuvchi taassurotlar ta’siridagi qiyosiy munosabatni
aniqlab, sezgi qo‘zg‘atgich logarifmasiga proporsionaldir, degan psixofizik qonunni kashf etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |