Bitiruv malakaviy ishi mavzulari va uni bajarish bo’yicha tavsiyalar.
Bitiruv malakaviy ish talabaning oliy ta’lim muassasasidagi barcha ta’lim olish davrlarida egallagan nazariy bilimlarini tizimlashtirish, tadqiqot, tajriba-sinov va loyihalash metodikalarini amaliyotda qo’llay olish ko’nikmasini nazorat qilish, shuningdek, bitiruvchi talabaning zamonaviy kasb-hunar ta’limi sohasida kasbiy majburiyatlarni mutaxassis sifatida bajarishga tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi. BMI mavzulari Respublikamizda o’rta maxsus ta’lim muassasalari o’quv dasturlariga mos ravishda, DTS larida belgilangan talablarga asoslangan holda, zamonaviy fan yutuqlari va texnologiyalarini xisobga olgan xolda tuziladi.
Bitiruv malakaviy ishining asosiy vazifalari:
- olingan mutaxassislik va biror ixtisos bo’yicha tayyorlash sohasida ilmiy-tadqiqot va amaliy ishlarda bilimlarni mustahkamlash;
- mustaqil ma’lumotlarni izlash va muayyan muammolar yuzaga kelish maqsadlarida vaziyatlarni o’rganishga bo’lgan bilimlarni egallash;
- BMI da qo’yilgan vazifalarni bajarishda tadqiqot, tajriba-sinov va loyihalash metodikalarini o’zlashtirganlik darajasini namoyish etish;
- real sharoitlarda talabaning ishga tayyorgarlik darajasining namoyon bo’lishi;
- tanlangan mavzu bo’yicha kasbiy, pedagogik va psixologik kategoriyalar, xodisalar va muammolar mohiyatini ochish;
- mavjud materiallarni tizimlashtirish, tahlil qilish va qayta ishlash;
-kasb-hunar ta’limini samaradorligini oshirishga yo’naltirilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish va h.k. lardan iborat.
Bitiruv malakaviy ishi mavzulari:
Ajdodlar merosi asosida kollej o’quvchilarida milliy g’ururni tarbiyalash.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar jarayonida kollej o’quvchilarining iqtisodiy madaniyatini shakllantirish.
Tizimli yondoshuv asosida pedagogik kollejlarida tarbiyaviy ishlarni boshqarish
Pedagogik kollej o’quvchilarida tolerantlik madaniyatini shakllantirish.
Pedagogik kollejlarda interfaol ta’limni tashkil etishning samarali yo’llari.Orziyev Umidjon Muxammadiyevich
Zamonaviy yondashuvlar asosida pedagogik kollejlarda tarbiyaviy ishlarni boshqarish.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” asarida ma’naviy-axloqiy g’oyalar talqini.
Har tomonlama rivojlangan barkamol shaxsni tarbiyalashda ta’lim muassasalarining o’rni.
Ta’lim jarayonining tashkil etishning samarali metodlari.
Ta’lim jarayonida zamonaviy metod va vositalardan foydalanishning pedagogik aspektlari.
O’quvchilarda ijtimoiy dunyoqarashni shakllantirish.
Shaxsda ma’naviy-ahloqiy sifatlarni tarbiyalash.
Ta’lim muassasalarida fuqarolik tarbiyasini tashkil etish.
Turli toifadagi ijtimoiy yordamga muhtoj bolalarga ta’lim berish yo’llari.
“Avesto” asarida komil inson qiyofasi talqini.
Imom Ismoil al-Buxoriyning “Al-adab al-mufrat” (“Adab durdonalari”) asarida ma’naviy-axloqiy masalalarning yoritilishi.
Muhammad al-Xorazmiyning ilmiy merosi va didaktik qarashlari.
Ta’lim-tarbiya masalalari Abu Nasr Forobiy talqinida.
Abu Rayhon Beruniyning ilmiy merosining pedagogik ahamiyati.
Mahmud Qoshg’ariyning ijtimoiy tarbiyaga munosabati.
Unsurul-Maoliy Kaykovusning mumtoz pedagogik g’oyalari.
Ahmad Yassaviy merosida pedagogik g’oyalarning o’rni.
Umar Hayyomning ijodiy merosining falsafiy-pedagogik tavsifi.
Amir Temurning ma’naviy-axloqiy, ma’rifiy masalalarga yondashuvi.
Zahiriddin Muhammad Boburning ma’naviy-ma’rifiy qarashlari.
Komil inson va uni tarbiyalash masalasi Alisher Navoiy talqinida.
Jahon Otin Uvaysiy va Anbar Otinlarning qizlar maktabi.
Muhammad Sodiq Qoshg’ariy tomonidan umumlashtirilgan odob-axloq kodeksi.
Jadidchilik harakatining Turkiston ijtimoiy-madaniy hayoti va ta’lim taraqqiyotidagi o’rni.
Shaxsga xos ijobiy va salbiy sifatlar Abdulla Avloniy talqinida.
Qadimgi Sparta va Afina maktablari tajribasi.
Yan Amos Komenskiyning pedagogik tizimi.
K.D.Ushinskiyning pedagogik ta’limoti.
Rivojlangan davlatlar ta’lim tizimi taraqqiyotining omillari.
Jahon ta’lim tizimi standartlari.
Sharq va G’arbda komil inson qiyofasini o’rganilishiga bo’lgan tarixiy yondashuv.
Do'stlaringiz bilan baham: |