4-ilova
BLIS-o’yin
fikrlar
|
guruh javobi
|
guruh xatosi
|
kalit
|
indiv. xato
|
indiv. javob
|
|
Pedagog-
olimlar
|
Ustoz shogirdiga zug’um qilishga, ko’p hollarda yon berishga intilmasligi kerak
|
|
|
|
|
|
|
Alisher
Navoiy
|
Ilm beruvchining ovozi tinglovchilarning hammasiga eshitilarli, me’yorida bo’lishi kerak
|
|
|
|
|
|
|
Abu Nasr
Forobiy
|
Mudarris ota-onasining mansabi, boyligiga qarab bolaga muomala qilmasligi lozim.
|
|
|
|
|
|
|
Imom Al-
Buxoriy
|
Yaxshi o’qituvchi o’quvchilarga tayyorini bermaydi, tushuntirishga o’rgatadi
|
|
|
|
|
|
|
Abu Ali ibn
Sino
|
Bolalar bilan muomalada bosiq, jiddiy bo’lish lozim
|
|
|
|
|
|
|
Adolf
Disterverg
|
O’yinni o’tkazish tartibi:
1) talabalarga jadvalning chap tomonida berilgan tushunchalar bilan tanishib chiqish taklif etiladi;
2) dastlab individual ravishda tushunchalarga mos javobni o’ng tomondagi fikrlar orasidan tanlab, tartiblangan raqamini “indiv. javob” ustuniga (masalan “1” raqamli tushunchaga “10” raqamdagi javob) yozish so’raladi;
3) so’ngra xuddi shunday tartibdagi ish kichik guruhlarda amalga oshiriladi. Ya’ni “guruh javobi” ustuni to’ldiriladi. Kichik guruh a’zolarida mazkur ustunga yozish uchun yagona javob bo’lishi lozim;
4) o’qituvchi to’g’ri javoblarni o’qiydi. Talabalar o’zlariga berilgan qog’ozning “kalit” ustuniga javoblarni yozib chiqishadi.
5) talabalar mustaqil ravishda kalitga asoslanib, “individual xato” va “guruh xatosi” ustunlarini to’ldiradi. Har bir talabaning va kichik guruh natijalari tahlil etiladi.
2.3. “Pedagogika fan sifatida. Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari” mavzusidagi laboratoriya mashg’ulotining texnologik modeli
Mashg’ulot vaqti – 2 soat
|
Talabalar soni: 20-30 nafar
|
Mashg’ulot shakli
|
Seminar-laboratoriya
|
Laborotoriya mashg’ulotning tuzilishi
|
Pedagogika fanining paydo bo’lishi hamda pedagogika fanining obyekti, predmeti, maqsad va vazifalarini o’rganish.
Pedagogikaning asosiy kategoriyalarini o’rganish va tahlil etish.
Pedagogikaning ilmiy-tadiqot metodlariga doir amaliy topshiriqlarni bajarish.
Ochiq va yopiq javobli anketa tuzish.
|
Laboratoriya mashg’ulotining maqsadi: talabalarning pedagogika fanining paydo bo’lishi va rivojlanishi, pedagogika fanining metodologik asoslariga doir bilimlarini mustahkamlash hamda ularda pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlaridan foydalanishga doir ko’nikma va malakalarni tarkib toptirish.
|
Pedagogik vazifalar:
1. “Pedagogika” tushunchasining kelib chiqishi, pedagogika fanining obyekti, predmeti, maqsad va vazifalari haqida konkret bilim va tasavvurlarni shakllantirish.
2. Talabalar tomonidan pedagogikaning asosiy kategoriyalari va ularning mohiyatini o’zlashtirilishiga erishish.
3. Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlarini o’zlashtirishga doir amaliy topshiriqlarni taqdim etish va ularni bajarishga doir tushuntirish berish.
4. Talabalarni ochiq va yopiq javobli anketalar tuzishga doir ko’rsatmalar bilan qurollantirish.
|
O’quv faoliyati natijalari:
1. “Pedagogika” tushunchasining kelib chiqish tarixini o’rganishadi hamda pedagogika fanining obyekti, predmeti, maqsad va vazifalarini bilib oladilar.
2. Pedagogikaning asosiy kategoriyalari (ta’lim, tarbiya, ma’lumot, shakllanish, rivojlanish)ni o’rganadilar.
3. Pedagogikaning nazariy (analiz, sintez, kllasifikasiyalash, strukturalash, modellashtirish, ta’lim muassasasi hujjatlarini o’rganish) va empirik (anketa, pedagogik kuzatish, suhbat, pedagogik eksperiment)dan foydalanish ko’nikma va malakalarini o’zlashtiradilar.
4. Ochiq va yopiq javobli anketalar tuzish orqali dastlabki tadqiqotchilik ko’nikmalariga ega bo’lishadi.
|
Ta’lim metodlari
|
Tushuntirish, suhbat, erkin yozish, BLIS-so’rov, muqobilini tanlab olish testi.
|
O’quv faoliyatini tashkil etish shakllari
|
Individual va guruhlarda ishlash.
|
O’quv vositalari
|
Uslubiy qo’llanma, proyektor, markerlar, tarqatma materiallar
|
Ta’lim berish sharoiti
|
Texnik ta’minlangan, guruhlarda ishlash uchun mo’ljallangan auditoriya
|
Nazorat va baholash
|
Yozma (topshiriqlarni daftarga yozish) va og’zaki (izohlash, bayon etish va tushuntirish) nazorat; besh ballik shkala asosida baholash.
|
“Pedagogika fan sifatida. Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari” mavzusidagi laboratoriya mashg’ulotning texnologik kartasi
Do'stlaringiz bilan baham: |