Yakuniy bosqich
(20 daqiqa)
|
3.1. Mashg’ulot yuzasidan umumiy xulosalarni chiqaradi va talabalar tomonidan yo’l qo’yilgan xatolarni tuzatadi.
|
Tinglaydilar va o’zlarining xatolarini daftarlariga tuzatadilar
|
3.2. Talabalar tomonidan to’plangan ballarni e’lon qiladi va mashg’ulotni yakunlaydi.
|
O’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishadi.
|
1-ilova
3-laboratoriya ishi. Mavzu: Pedagogika fan sifatida. Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari.
Mashg’ulot topshiriqlari (uy vazifasi uchun):
Pedagogika fanining paydo bo’lishi hamda pedagogika fanining obyekti, predmeti, maqsad va vazifalarini o’rganish va konspekt qilish (Pedagogika // M.X.Toxataxodjayeva umumiy tahriri ostida. – T.: Faylasuflar Milliy jamiyati, 2010. – B. 28-31; Ibragimov X., Abdullayeva Sh. Pedagogika nazariyasi. – T.: “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2008. – B.26-28; Podlasыy I.P. Pedagogika. – M: Vыssheye obrazovaniye, 2008. – S.39-50).
Pedagogikaning asosiy kategoriyalarini o’rganish, tahlil etish va jadval ko’rinishida daftarga qayd etish (Pedagogika // M.X.Toxataxodjayeva umumiy tahriri ostida. – T.: Faylasuflar Milliy jamiyati, 2010. – B. 31-32; Ibragimov X., Abdullayeva Sh. Pedagogika nazariyasi. – T.: “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2008. – B.29-31; Podlasыy I.P. Pedagogika. – M: Vыssheye obrazovaniye, 2008. – S.51-61).
Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlariga doir amaliy topshiriqlarni bajarish.
1-topshiriq. Quyidagi keltirilgan fragmentlar bilan tanishing. Ularda qaysi pedagogik ilmiy-tadqiqot metodi haqida fikr yuritilayotganligini aniqlang.
1-lavha. Mazkur ilmiy-tadqiqot metodi bevosita va bilvosita olib borilib, ta’lim-tarbiya jarayonidagi mavjud muammoni aniqlashga xizmat qiladi.
2-lavha. O’quv mashg’ulotlarining jadvali, o’quv dasturi, guruh (yoki sinf) jurnallari, o’quvchilarning shaxsiy varaqalari, Pedagogik Kengash yig’ilishi bayonnomalari yozilgan daftar, Pedagogik Kengash qarorlari, tarbiyaviy ishlar rejasi, o’quv-tarbiya ishlarini tashkil etish borasidagi hisobotlar mazkur metod uchun manba bo’lib xizmat qiladi.
3-lavha. Bu metod pedagogik kuzatish jarayonida ega bo’lingan ma’lumotlarni boyitish, mavjud holatga to’g’ri baho berish, muammoning yechimini topishga imkon beruvchi pedagogik shart-sharoitlarni yaratish, tajriba-sinov ishlari subyektlari imkoniyatlarini muammo yechimiga jalb etish maqsadida qo’shimcha ravishda tashkil etiladi va savol-javob tarzida amalga oshiriladi.
4-lavha. Maqsadiga ko’ra asoslovchi va ta’kidlovchi bosqichlarda amalga oshirilib, uzoq va qisqa muddatga tashkil etiladigan hamda qat’iy rejim asosida pedagogik kuzatuv olib boriladi. Ta’lim-ta’lim tarbiyani amalga oshirishga doir yangi metod, usul, vosita va texnologiyalar sinovdan o’tkaziladi.
5-lavha. Sosiologik tavsifga ega tadqiqotlarda qo’llanilib, oshkora muhokamaga asoslanadi. Savollar va javoblar oldindan tayyorlanadi.
6-lavha. Biror obyekt haqida yangi ma’lumotlarni olish maqsadida uning tarkibiy qismlari abstrakt holatga ko’chirish asosida o’rganiladi va yaxlit andozasi yaratiladi.
2-topshiriq. Quyida keltirilgan misollar bilan tanishing va ularning qaysi ilmiy-tadqiqot metodiga tegishli ekanligini aniqlang.
1-misol. Siz mazkur ta’lim muassasasini tanlaganingizdan xursandmisiz? 1) ha, xursandman; 2) juda xursand emasman; 3) yo’q. 4) javob berishga qiynalaman.
2-misol. 2.1. O’rganilayotgan fanlarni o’zlashtirishga sizning ta’limning avvalgi bosqichidagi tayyorligingiz yetarlimi? 2.2. Sizning-cha, oliy ta’limda o’qishning maktab, akademik lisey va kasb-hunar kollejidan farqi nimada?
3-misol. 3.1. Innovasiya deganda nimani tushunasiz?__________________________
_____________________________________________________________________________
Innovasiya va yangilik tushunchalari o’rtasida tafovut mavjudmi? O’z
fikringizni asoslang__________________________________________________________
_____________________________________________________________________________
4-misol. 4.1. Kerakli so’zni topib qo’ying.
O’zbekiston – ... davlat.
Savolga javob bering.
Amir Temur qanday davlat tuzgan?
Gapni davom ettiring.
1999 yil Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi keng nishonlandi. Uning tavallud sanasi munosabati bilan …
“Pedagoglik kasbini tanlashdan maqsad”ni aniqlashga doir ochiq va yopiq javobli anketa tuzish.
Do'stlaringiz bilan baham: |