Mehnatda tarbiyalash qoidalari
Insonni mehnat qoidalari asosida tarbiyalash tarbiyaning asosiy qoidalaridandir. O’quvchini mehnat qoidasi asosida tarbiyalashning maqsadi mehnatning mazmuni, mohiyatini anglatishdan iboratdir. O’quvchi o’zi bajarayotgan mehnatning natijalarini ko’rsa, undan manfaat olsa, undan qoniqsa, rohatlansagina mehnat tarbiyalaydi. Mehnat jarayonida odamda do’stlik, ahillik, hamkorlik, o’zaro yordam, jamoa bo’lib ishlash, madaniyat, ma’naviyat singari sifatlar shakllanadi. A.N.Farobiy "Har bir o’quvchiga bekitilgan ma’lum bir ish bo’lishi kerak, toki u kishi o’ziga bekitilgan ishni kechiktirmasdan o’z vaqtida bajarsin" degan talabni qo’yadi (Risolalar 117-bet). Eng muhimi mehnat kishini muhtojlikdan, bekorchilikdan, yurak siqilishidan va axloqning buzulishidan saqlaydi. A.R.Beruniy "Har bir insonning qadr-qimmati uning bajaradigan mehnati bilan o’lchanadi", deb ta’kidlagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |