O’quvchilarni hurmat qilish va talabchanlik qoidasi
O’quvchilarni tarbiyalashning muhim qoidalaridan biri bolalarga nisbatan qattaq talabchan bo’lish va ular shaxsini hurmat qiliщdir. Ajoyib pedagog A.S.Makarenko: “Mening asosiy pedagogik prinsipim hamisha odamga mumkin qadar ko’proq talab qo’yish, shu bilan birga uni mumkin qadar ko’proq hurmat qilish bo’lib qolsin" – deb ta’kidlagan.
O’quvchilar g’amxo’r, mehribon va talabchan o’qituvchini sevadilar, hurmat qiladilar va unga to’liq ishonadilar. Mana shunday o’qituvchilarning bolalarga tarbiyaviy ta’siri ko’proq bo’ladi. O’qituvchi o’quvchiga nisbatan qattiq talabchan bo’lishi va qo’ygan talablarining o’quvchilar tomonidan so’zsiz bajarilishiga erishilmog’i lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |