Jazolash metodlari
O’quvchilarni tarbiyalash metodlari orqali majbur etish, jazolash tadbirlari ham mavjud. Turli odobsizlik, jaholatlardan o’zini tiyish, o’zini tuta bilish faqat ishontirish yo’li bilan emas, balki majbur etish va turli jazo choralarini qo’llash yo’li bilan ham tarbiyalanadi.
Maktabda qo’llanadigan jazo choralari: o’qituvchi, sinf rahbari, maktab direktori va o’rinbosarlarining tanbehi, parta sinf doskasi yoniga tikka turkizib qo’yish, bajarilmagan topshiriq yoki uy ishini darsdan so’ng bajartirish uchun olib qolish, pedagogika kengashiga chiqarish xulqiga quyilgan bahoni pasaytirish, sinfni iflos qilgani uchun uni tozalashga majbur etish, bir sinfdan boshqa sinfga va maktabga o’tkazish va h.k.
Bundan tashqari do’q-po’pisa qilish, uyaltirish-qizartirish, qopalash yullari ham qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |