2. “Tavsiyanoma” texnologiyasi talabalarda muayyan yo’nalishda tashkil etiladigan pedagogik faoliyat samaradorligini ta’minlash yuzasidan muayyan tavsiyalarni ilgari surish ko’nikmasini shakllantiradi. Ilgari surilayotgan tavsiyalar mazmunan masalaning yechimini topishga yordam berishi, ilmiy jihatdan pedagogik amaliyotga mos kelishi talab etiladi. Metodni qo’llashda quyidagi tartibda ish ko’riladi: 1) o’qituvchi tavsiyanoma tayyorlash talab etilgan masalani aniqlashtiradi; 2) talabalarga bu haqida e’lon qiladi; 3) talabalar fikr yuritish asosida masalaning yechimini topishga harakat qiladilar; 4) masalaning umumiy mohiyatini qayta yodga olish orqali uning muhim jihatlarini belgilab olinadi; 5) belgilangan muhim jihatlarga tayangan holda muayyan tavsiyalar ishlab chiqiladi; 6) ilgari surilayotgan tavsiyalar va ularning samaradorligi muhokama qilinadi; 7) yakuniy xulosaga kelinadi.
Texnologiyani qo’llashda talabalar guruh yoki juftliklarga birikkan holda yoki alohida faoliyat yuritishlari mumkin. Mashg’ulot jarayonida talabalar tomonidan ilgari surilgan barcha tavsiyalar umumlashtiriladi.
4-mavzu: Didaktika ta’lim nazariyasi sifatida. Ta’lim paradigmalari. Ta’lim jarayoni yagona pedagogik tizim sifatida. Ta’lim tamoyillari
Do'stlaringiz bilan baham: |