Psixologiya kafedrasi umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti


-Mavzu: Tarbiya jarayonining mohiyati



Download 9,98 Mb.
bet564/837
Sana29.12.2021
Hajmi9,98 Mb.
#79171
1   ...   560   561   562   563   564   565   566   567   ...   837
Bog'liq
Umumiy pedagogika маж 2018

15-Mavzu: Tarbiya jarayonining mohiyati
Reja:

  1. Tarbiya o’quvchi shaxsini shakllanishini boshqarish jarayonidir. Tarbiyaning ijtimoiy voqyealikni o’zlashtirishga yo’naltirilganligi.

  2. Tarbai jarayonidagi ziddiyatlar va uning harakatlantiruvchi kuchlari.

  3. Maktab o’quvchisini tarbiyalash jarayonining o’ziga xosligi, tarbiya, o’z-o’zini tarbiyalash va qayta tarbiyalash masalalari.

  4. Tarbiya jarayonining qoidalari va qonuniyatlari.


Tayanch so’z va iboralap

Asosiy maqsad, barkamol, sharqona axloq, odob, ma’naviy kamalot, najod, xalokat, hayot, yangicha fikrlaydigan, uzoq, uzluksiz jarayon, hokim, tobe, ichki tashqi ziddiyatga, o’z-o’zini tarbiyalash, qayta tarbiyalash, aql kuchi moddiy manfaat kuchi, tashkilotchi, qoida, qonuniyat, talablar, majmui, milliy tarbiya, milliy ong, o’zlikni anglash, insonparvarlik, demokratiya, inson shaxsini hurmatlash, milliy, umummilliy qadriyat, jamoa, mehnat va hokazo.

Inson, uning har tomonlama uyg’un kamol toptirish va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro’yobga chiqarishning sharoitlari va ta’sirchan maxanizmlarini yaratish eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o’zgartirish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohatlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchi sifatida qaralmokda.

Tarbiya hayotning eng muhim tirgagi (tayanchi) bo’lib hisoblanishi lozim. Har bir yoshni shunday tarbiyalash zarurki, u avvalo yaxshi o’qishni va so’ngra esa yozishni o’rganish bilan eng yuksak pog’onaga ko’tarilsin! (Avesto).

Avvalom bor, tarbiya nazariyasi Markaziy Osiyo faylasuflarining va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalariga tayanadi, tarbiya nazariyasi o’z qoidalarini asoslash uchun falsafa, sosiologiya, etika, estetika huquqshunoslik, psixologiya fanlari ma’lumotlaridan foydalanadi. (Tarbiya nazariyasi o’z navbatida pedagogika fanining boshqa bo’limlari: pedagogikaning umumiy asoslari, pedagogika tarixi, ta’lim nazariyasi, maktabshunoslik bilan uzviy bog’langandir).

Hozirgi zamon pedagogikasida tarbiya tarbiyachining tarbiyalanuvchi shaxsiga oddiy shunchalik ta’sir ko’rsatishi emas, balki tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarning aniq bir maqsadga qaratilgan, bir-biri bilan hamkorlikda qiladigan munosabatlari va o’zaro ta’sir ko’rsatishi ekanligi alohida ta’kidlanadi.

Hozirgi vaqtda amalga oshirilayotgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi "Ta’lim to’g’risidagi" O’zbekiston Respublikasi qonunining qoidalariga muvofiq tayyorlangan bo’lib, uning "Asosiy maqsadi - ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to’la xalos etish yuksak ma’naviy va axloqiy tarbiyalarga javob beruvchi malakali kadrlar tayyorlash", zarurligi (39 bet) va "Uzluksiz ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxs shakllanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi" (43 bet) deb, ta’kidlanishi bejiz emas albatta.

"Biz sog’lom avlodni tarbiyalab, voyaga yetkazishimiz kerak" - deb ta’kidlaydi I.Karimov - sog’lom kishi deganda, faqat jismoniy sog’likni emas, balki sharqona axloq-odob va umumbashariy g’oyalar kamol topgan insonni tushunamiz".

Bugungi kunda XXI asr bo’sag’asida shunchaki bilim egasi bo’lgan insonni emas, balki ijodkor, o’z iste’dodi bilan ajralib turuvchi insonnn tarbiyalash zamon taqozosidir.

Tarbiya jarayonida kishining qobiliyatlari rivojlanadi, g’oyaviy-axloqiy, irodaviy, estetik hislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch-qudratlari mustahkamlanadi.

Hamma davrning ilg’or kishilari tarbiyaga yuqori baho berganlar. Xalq donishmandlari va mutafakkirlaridan Zardusht, Muhammad al-Xorazmiy, Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Ahmad Farg’oniy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Axmad Yassaviy, Maxmud Koshg’ariy, Shayx Najmiddin Kubro, Jaloliddin Manguberdi, Burxoniddin Zarnujiy, Burxoniddin Naqshband, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Alisher Havoiy, Zaxiriddin Bobur, Zavqiy, Furqat, Avaz O’tar, Hamza, Abdulla Avloniylar inson kamolotini ilm-fan va tarbayada deb bilganlar.

Tarbiya jarayoni shaxsning ijtimoiy qimmatli fazilatlarini shakllantirishga, uning atrofdagi dunyoga, jamiyatga, odamlarga, o’ziga nisbatan munosabatlari doirasinn vujudga keltirishga va kengaytirishga qaratilgan.

Shaxsning turmushdagi turli jihatlarga munosabatlari tizimi keng, xilma-xil va chuqur bo’lsa, uning ma’naviy dunyosi shunchalik boy bo’ladi. Tarbiya shaxsni ijtimoiylashtirish, uning aniq hayotiy mavqyeini shakllantirish jarayonidir. Tarbaya shaxsning ongliligi, faolligi, fidoiyligi, vatanparvarligi, insonparvarligi va boshqa fazilatlarini shakllantiradigan jarayondir. Tarbiya o’z tabiatiga ko’ra ko’p faktorli xarakterga ega. Buning ma’nosi shuki, bola shaxcining qaror topishi maktab, oila, jamoatchilik, ijtimoiy muhit va yaqin atrofdagi vaziyatga bevosita yoki bilvosita ta’siri ostida ro’y beradi. Hamma narsa: odamlar, ashyolar, hodisalar, voqyealar, avvalo ota-onalar va pedagoglar tarbiyalaylilar. (A.S.Makarenko)

Tarbiya jarayonini mashhur pedagog A.Avloniy "Al-xosil tarbiya bizlar uchun yo hayot, - yo mamot, yo najot, - yo halokat, yo saodat, - yo falokat macalacidip" deb ta’riflagan va yana "Har mamlakatning saodati, davlatlarning tinch va rohati yoshlarning yaxshi tarbiyachiga bog’liq" X.X.Niyoziy "Agar yaxshi tarbiya kishining qimmatbaho boyligi bo’lsa, yomon tarbiya uning uchun haqqoniy baxtsizlik hisoblanadi va qo’shimcha uni halox etadi", - deb tushungan.

Ta’lim orqali nazariy kamolotga erishiladi. Tarbiya esa Farobiy fikricha "bu kishilar muloqotda etnik qadr-qimmatni va amaliy faoliyatni yaratishga olib boradigan yo’ldir", deb ta’riflaydi hamda "Insoniy maqsad - oliy baxt saodatga erishuvni o’ziga g’oya va oliy maqsad qilib olish kerak".

A.S.Makarenko "Tarbiya bu nisbatan keksaroq avlodning o’z tajribasi, o’z ehtirosi, o’z e’tiqodini yosh avlodga topshirish demakdir ", deb ta’riflagan.

Yuqoridagi ta’riflarning barchasi shaxs tarbiyasining u yoki bu qirralarini ilmiy jihatdan asoslashga qaratilgandir.

Pirovard natijada har tomonlama kamol topgan, yetuk, barkamol shaxsni shakllantirishga qaratilgandir. Tarbiya jarayonining eng asosiy maqsadi har tomonlama va uyg’un kamol topgan yangicha fikrlaydigan shaxsni shakllantiriщdir. Bu qiyin jarayon ikki tomonlama bo’lib, uyushtirishni va rahbarlikni, boshqarishni ham, tarbiyalanuvchi shaxsning faollik ko’rsatishini ham talab qiladi. Ammo bu jarayonda pedagog yetakchi rol o’ynaydi va tarbiyaning umumiy maqsadini amalga oshipadi.

Tarbiya uzoq davom etadigan va aslida uzluksiz jarayon bo’lib, bu jarayon bola maktabga kelishidan ilgariroq boshlanadi va butun umr bo’yi davom etadi. Tarbiya ko’pgina sabablarga, o’quvchilarnnng individual-tipologik tafovvutlarga, ularning hayotiy va ma’naviy tajribasiga, shaxsiy faolligiga boqliq.


Download 9,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   560   561   562   563   564   565   566   567   ...   837




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish