Tarbiyaning xususiyatlari
Shuni nazarda tutish kerakki talim va tarbiya yagona jarayondir. Ammo ularni aynan bir jarayon deb o’ylash mumkin emas.
Chunki har bir insonning o’ziga xos xususiyatlari va belgilari bor. A.S.Makrenkoning fikricha tarbiya mantiqi ta’lim mantiqini takrorlamaydi.
Bolalarni tarbiyalash ishlari (ijtimoiy muhit, oila, bolalar doimo duch keladigan xilma - xil odamlar, bolalar va o’smirlar tashkilotlaridagi ishlar, radio, televideniye, adabiyot va san’at) kabi ta’sirlar bilan qo’shilib ketadi. Shuning uchun ham tarbiyani ko’p qirrali jarayon deyish mumkin. Ta’limda esa o’qituvchiga hyech kim qarshilik ko’rsatmaydi. Tarbaya jarayonining birinchi xususiyati - uning ko’p qirrali jarayon ekanligidir. Tarbiya jarayonining ikkinchi xususiyati - uning uzoq muddat davom etishidir. Buning uchun oylar va yillar mobaynida qunt bilan ishlash talab etiladi.
Tarbiya masalasi murakkab, qiyin masala ekanini, u maktab doirasi bilan cheklanib qolmaganini, balki bolalarni tarbiyalash uchun hamma mas’uldir. Unda bolalar uzluksiz tarbiyalanib boradilar.
Tarbiyaning ta’limdan farqlantiruvchi yana bir xususiyati shundaki, u yaxlit holda va konsentrik asosda amalga oshiriladi. Tarbiyaning turli tomonlari bir-biri bilan uzviy bog’langandir. Ta’limda biror predmetga doir bilimlar, bo’limlar, mavzular, dasturlarga bo’linib, ma’lum bir vaqtda beriladi.
Tarbiya jarayonida esa doimo takrorlanishga duch kelamiz. Maktabdagi boshlang’ich, o’rta va yuqori sinflarda: jamoatchilik, do’stlik, o’rtoqlik, mehnatga va ijtimoiy muhitga ongli munosabat va boshqa sifatlarni tarbiyalash qo’zda tutiladi. Lekin ularning mazmuni bolalarning yoshi va hayotiy tajribasiga muvofiq kengayib va chuqurlashib boradi.
Tarbiyaning yana bir xususiyati shundaki, bu jarayon ikki tomonlama xususiyatga ega bo’lib, unda bolaning o’zi ham faol ishtirok etadi. O’quvchi tarbiyaning faqat obyektigina emas, balki atrofdagi voqyealarga ta’sir etuvchi subyekt hamdir. Shuning uchun tarbiyachi bolaning imkoniyatlarini, istak va xoxishlarini, intilishlarini, unga bo’layotgan boshqa ta’sirlarni tashqi axborotlar manbaini hisobga olishi lozim. Agar bular unutib quyilsa tarbiyalash qiyinlashadi. Mana shulardai tarbiya jarayonining yana bir asosiy xususiyati - tarbiyada qarama-qarshiliklar g’oyat ko’pligi kelib chiqadi. Bu qarama-qarshiliklar bolalarda o’z tushunchalariga muvofiq dastlabki paydo bo’lgan sifatlar balan tarbiyachi tomonidan tarkib toptiriladigan sifatlar o’rtasida, ya’ni qo’yiladigan talablar bilan uni bajarish imkoniyatlari o’rtasidagi kurashda namoyon bo’ladi. Undan tashqari, bunday qarama-qarshiliklar ko’pincha bolaning ongi bilan xulqi bir-biri bilan muvofiq bo’lmasligida, o’qituvchining bolalarning yosh va individual xususiyatlari, fe’l-atvori, qiziqish va intilishlarini yaxshi bilmasdan munosabatda bo’lishida sodir bo’ladi.
Agap tarbiyalanuvchi sust bo’lsa, faoliyatsiz bo’lsa, har qanday tarbiyaning ta’siri kuchsiz bo’ladi, o’qituvchilarning urushishlari yetarli darajada samara bermaydi.
Tarbiyaning yana bir xususiyati - ya’ni uning natijasi kelajakka qaratilganligini ko’rsatadi. Shuning uchun bolalarning tarbiyalanganlik darajasini darhol tezda aniqlash qiyin. Tarbiyachi o’z faoliyatida kelajak maqsadlarni qo’zda tutib ish kurishi kerak. Tapiya jarayonida shy kun talabining kelajax maqsadlar bilan uyg’unlashtirilishi ishimizning muvaffaqiyatini ta’minlaydi. "Eskini o’zlashtirgan va yangini tushunishga qodir insongina tarbiyachi bo’la oladi" - degan xitoylix Konfusiy.
Do'stlaringiz bilan baham: |