159
I X BOB.
PSIXOGIGIYENA, PSIXOPROFILAKTIKA VA
DEONTOLOGIYA ASOSLARI
Shifokor yuksak darajada axloqli, jonkuyar,
ozoda va xush ko'rinisfiga ega bo'lishi kerak.
Gippokrat
9.1. Psixogigiyena
Psixogigiyena - bu ruhiy salom atlikni saqlash va m ustahkam lashga
qaratilgan fan bo‘Iib, umumiy gigiyena va klinik tibbiyotning ajralmas
qismiga aylangan.
Psixogigiyena fani boshqa tibbiy-biologik fanlar bilan birgalikda
psixosom atik buzilishlarning oldini olish yo'llarini izlaydi va gigiyena
talablariga javob beruvchi sharoit yaratish usullarini ishlab chiqadi.
P sixo g igiy ena tash q i salbiy o m illa rn in g asab tizim iga t a ’sirini
kamaytirish, asab m arkazlarining «immunitetini» m ustahkamlash bilan
ham faol shug'ullanadi. Psixogigiyena m uam m olari psixoprofilaktika
m u am m o larig a o 'x sh a b k etad i. C hunki h a r q an d ay psixogigiyenik
m uolajalar ruhiy, asab va boshqa kasalliklar kelib chiqishining oldini
olishda muhim ahamiyat kasb etadi.
M asalan, psixogigiyena talablariga amal qilish nevrozlar, psixozlar,
m iokard infarkti, insult kabi o g 'ir kasalliklarning oldini olishga yordam
beradi. Ayniqsa, xafaqon kasalligining rivojlanishida ruhiy omillarning
ta ’siri ko'pgina ilmiy tadqiqotlar bilan isbotlab berilgan.
Sivilizatsiyaning jadal rivojlanishi davrida asab-ruhiy kasalliklar va
yurak-qon tom ir kasalliklari soni kundan-kunga ko'payib borm oqda.
Bu o 'z navbatida psixogigiyena faniga k atta vazifalarni yuklaydi.
K uchli hayajonlanish, o g 'ir m usibat, aqliy zo'riqish organizm ning
u m u m iy h o la tig a n o jo 'y a t a ’s ir k o 'r s a t a d i. B un ing n a tija s id a
g o m eo stazn in g norm al fa o liy a ti b u zilib , ichki a ’zo lar k a sa llik la ri
rivojlanishiga sharoit yaratiladi. Dem ak, ruhiy salomatlikni saqlash butun
bir organizmni turli kasalliklardan asrash demakdir. Psixogigiyena asab-
ruhiy kasalliklar, shaxs o'zgarishlari, ichkilikka ruju qo'yish, giyohvandlik
kabi illatlam ing oldini olish bilan ham faol shug'ullanadi. Psixogigiyena
m uam m olari inson shaxsini e’tiborga olgan holda yechiladi. Vaholanki,
shaxsning shakllanishi organizmning ruhiy-asabiy holatiga k atta t a ’sir
ko 'rsatad i.
H a r bir vrachning bu fanni chuqur egallashi va uning qonunlarini
bilishi k asallik larn i davolashi va uning oldini olishda, shuningdek,
p six o p ro -fila k tik a d a n yangi d a s tu rla r tay y o iia sh id a k a tta y o rd am
160
beradi. Ruhiy zo'riqishlar ichki a ’zolar kasalliklariga sabab bo'lsa, o 'z
vaqtida ichki a ’zolar patologiyasi inson ruhining buzilishiga olib kelishi
mumkin.
Doimiy hasad, vahimaga tushaverish, har narsaga arazlayverish kabi
h o la tla r inson ru h in i ish d an c h iq a r a d i. B u nday o d a m la r ru h iy
salomatligidan ayrilib, ichkilikka ruju qo'yadigan, hech kimga ishonmay-
digan, o'zining sog'ayib ketishiga ham k a tta shubha bilan qaraydigan
bo'lib qolishadi. Ruhiy buzilish «yuqumli» kasallikdir. A lbatta, oilada
asabi buzilgan yoki bir so'z bilan aytganda, nevroz yoki psixozga chalingan
odam bo'lsa, buning yomon ta ’siri oila a ’zolariga ham tezda o'tish i,
ularning ruhiy salom atligiga katta ziyon yetkazishi m umkin. Dem ak,
p six o g ig iy en a n in g y a n a b ir k a tta m u a m m o la rid a n b iri, bu o ila
psixogigiyenasidir. Bir odamning ruhiy salomatligini tiklab berish, uning
atrofidagi qarindosh-urug'lari, yor-birodarlarining ruhiy salom atligini
ham tiklash yoki buzilishdan saqlab qolish demakdir.
Psixogigiyena m uam m osi va m u v a ffa q iy a tla rin i keng m a ’n o d a
tushunmoq kerak. Chunki psixogigiyena bevosita jam iyat muam molarini
ham hal qilishga ulkan hissa qo'shadi, ruhiy sog'lom bo'lgan shaxsgina
biror-bir kasbni egallab, uning u d d asid an chiqishi m um kin. R u h an
sog'lom kishigina yaxshi vrach, quruvchi, haydovchi, o'qituvchi yoki
uchuvchi bo'lishi mumkin.
X o'sh, psixogigiyenaning asosiy vazifalari, yo'nalishlari nim alardan
iborat? Psixogigiyena quyidagi m aqsadlarni o 'z oldiga qo'yadi:
1) sog'lom shaxsni tarbiyalash va shakllantirish;
2) tibbiy m askanlarda gigiyena talablariga javob beradigan sharoit
yaratish;
3) insonning salomatligiga ziyon keltiruvchi omillami kamaytirish va
tugatish;
4) b em orlarn i jism oniy tarb iy a va s p o rtg a qiziqtirish, uni keng
ommaga yoyish;
5) har bir insonni o 'z salomatligiga e’tib o r bilan qarash ham da uni
saqlashga o'rgatish.
Psixogigiyena shartli ravishda quyidagi turlarga bo'linadi:
1) yoshga oid;
2) aqliy va jismoniy mehnat;
3) o'rganish va o'rgatish;
4) oila va jinsiy hayot;
5) turmush;
6) bemor psixogigiyenasi.
Yoshga oid psixogigiyena bolalik davridan, y a’ni chaqaloq tug'ilgan
davrdan boshlanishi kerak. Chunki insonning shaxs sifatida shakllanishi
161
juda erta boshlanadi. Bolaning yashash faoliyati o ‘yinlarga asoslangan
bo'ladi. Uning idroki yoshiga mos bo'ladi. Bola o'zi qiziqqan narsa bilan
shug'ullanadi. Bolaning yonida ehtiyot bo'lib gapirish, uni to 'g 'ri yo'lga
boshlash, kam chiliklarini o 'z v aqtida tu zatib borish o 'ta m uhim dir.
Bolani q attiqq o 'llik bilan emas, faqat uqtirish yo'li va tayinlash bilan
tarbiyalash mumkin. Bolani ortiqcha erkalatib yuborish, uning aytganini
qilaverish, talablarini bajaraverish ham yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi,
u qaysar, o 'jar, ota-onani hurm at qilmaydigan bo'lib o'sadi. Bolani uning
yoshiga mos turli o 'yinlar bilan m ashg'ul qilish kerak. Uni teatr, sirk va
hayvonot bog'lariga olib borish, tab iat qo'ynida tarbiyalash, bolaning
sinxron rivojlanishida ju d a muhim aham iyat kasb etadi.
B olalar psixogigiyenasida k a tta la r x u lq -atv ori, avvalam bor, ota-
o n asin in g x u lq -a tv o ri o 't a m uhim a h a m iy a tg a ega. D o im o ja n ja l
bo 'lad ig an , ichkilik ichiladigan, kitob m u to laa qilinm aydigan oilada
yaxshi farzand voyaga yetishi ancha m urak kab dir. Bola ota-onaning
yaxshi fazilatlariga ham, yomon qilig'iga ham taqlid qiladi. Hali bolada
bo sh m iya y a rim s h a rla ri p o 's t l o g 'i fu n k sio n a l jih a td a n t o 'l a
shakllanm aganligi sababli ularda yaxshi-yom onni tahlil qilish imkoni
past bo'ladi. Bola tafakkuriga mos hikoyalar, ertaklar aytish, hayotdan
misollar keltirib borish unda hayotga qiziqish uyg'otadi, insonlarga mehr-
m uhabbatli bo'lishga undaydi.
Agar ota-ona bolada fan, san ’at yoki hunarning qaysidir bir turiga
qobiliyatni sezib qolsa, unga har to m o n lam a yordam berib, barcha
sharoitni yaratib berishi zarur. Lekin bolani ilmli qilam an deb, unga
keragidan ortiqcha talab qo'yib yuborish, dars qilishga m ajbur qilaverish,
k o 'c h a d a biro z o 'y n a g a n i q o 'y m a s lik u n d a dep ressiya a lo m a tla ri
rivojlanishiga sabab bo'ladi. Bunga shunday misol keitirish m umkin:
hali 8 yoshga to'lm agan G. ismli qizchani bizga ko'rsatishdi. Qizcha bosh
og'rig'idan shikoyat qilar edi. Ota-onasi vrach qabulida bo‘lib, qizchada
bosh og 'rig 'i sabablarini aniqlay olishm aganini va berilayotgan dorilar
foyda berm ayotganini aytishdi. Qizcha ju d a kam gapirar, bir nuqtaga
qarab turaverar, doktor bergan savollarga z o 'rg 'a javob berar edi. Vrach
o'zi h aqid a gapirib berishini iltim os qilg an d a, faq a t boshi og'rishini
aytgan. Qizni tekshirayotib unda depressiya alom atlarini aniqladik. Qiz
avval hech qanday kasal b o'lm agan, m iya jaro h a tla ri olm agan, ichki
a ’zo lari ham s o g 'lo m edi. Q izch ad an b o sh in g d o im o o g 'riy d im i,
og'rim agan payti bormi desa u: «Ha, doim og'riydi, lekin noyabr oyida
og'rim adi», deb javob beradi (bem or fevral oyida tekshirilayotgan edi).
Qizdagi bosh og'riqning sabablari h ar tom onlam a tekshirilib, kasallik
anam nezi yaxshilab o'rganilgandan so 'n g shu narsa m a ’lum bo'ldiki,
qizni 6 yoshidan boshlab o'qitish kuchaytirilgan m aktabga berishgan.
162
Bundan tashqari, qizcha m aktabdan qaytgach, ingliz tili o'qituvchisi uyda
u bilan m ashg'ulot olib borgan, so‘ng ota-onasi bilimini tekshirish uchun
doim o savol-javoblar o ‘tkazgan. Qizcha 6 yoshga to 'lg a c h k o 'ch ag a
tengdoshlari bilan o ‘ynagani chiqishga qo'yilm agan. A lb atta, bolaga
q o 'y ilg a n b u o rtiq c h a t a l a b la r u n i ru h a n c h a rc h a tib q o 'y g a n .
O 'qituvchilar va ota-onasi oldida doimiy m as’uliyat sezgan qizchaning
miyasi doim o hissiy z o 'riq ish d a b o 'lib , b o ra-b o ra u kam g ap , faq at
savollargagina javob beradigan, tengdoshlari bilan o'ynam aydigan bo'lib
qoladi. S o 'n g ra esa qizchada doim iy bosh o g 'riq rivojlanadi. N oyabr
oyida qizcha m aktabdan t a ’tilga chiqqan, otasi esa boshqa shaharga
xizmat safariga ketgan edi. Qizcha bu davrda, tabiiyki, dars qilm agan va
ko 'p vaqtini toza havoda tengdoshlari bilan o'ynab o'tkazgan. Bundan
xulosa qilib, qizchaning ota-onasiga barcha talablam i kamaytirish, ularni
qizning yoshiga moslash, ingliz tili o'qitishni vaqtincha to'xtatish, toza
havoda sayr qilishga imkon berish zarurligi tavsiya qilindi. Bu talablar
bajarilgach, qizchada depressiya alom atlari (kamgaplik, ishtaha yo'qligi,
hech narsaga qiziqmaslik va bosh og'rig 'i) o'tib ketdi.
B undan xulosa shuki, ko'p chilik asab-ruhiy buzilishlarning sababi
n o to 'g 'ri hayot tarzi, ortiqcha hissiy zo'riqish, yoshga mos bo'lm agan
talablarning qo'yilishidir. Bu salbiy om illar bartaraf qilinmas ekan, dori-
darm onlarning ta ’siri ko'zlangan m aqsadni bermaydi.
Psixogigiyenaning asosiy m aqsadi ham salbiy asab-ruhiy omillarni
b a r t a r a f q ilis h d ir. B o la la rn i m a x s u s k u c h a y tirilg a n m a k ta b g a
berayotganda psixologga ko'rsatish zarur va ular keyinchalik ham vaqti-
vaqti bilan psixolog nazoratida turishi kerak.
S h un day ekan, m aktab yo shidagi b o lala r psixogigiyenasi haqida
alohida to 'x talib o'tish o'rinlidir. Shu o 'rin d a darslardagi ortiqcha yuk,
o 'q u v c h ila r o ra s id a g i y o k i o 'q u v c h i b ila n o 'q itu v c h i o ra s id a g i
kelishm ovchiliklarni o'rganish va u larni b a rta ra f etish y o 'lla rin i izlab
topish zarur.
Psixologiya va umuman tibbiyot uchun eng dolzarb m uam m olarga
to'la bo'lg an d a v r - bu o'smirlik davridir. O'smirlik davrida nafaqat ruhiy
o'zgarishlar, balki aqliy va jism oniy o'zgarishlar ham keskin kechadi. Bu
davr - o‘tish davri hisoblanadi. O 'sm ir - hali kechagi bola, lekin u hali
k atta kishi ham emas. U oldida turgan m uam m olam i o'zi yechishga
ruhan hali tayyor bo'lmasligi m um kin. Lekin uni «Hali sen yoshsan»,
deb h a d e b tergay v erish q a y sa r q ilib q o 'y ish i m um kin. O 'sm irn in g
mustaqilligini tan olgan holda, uning oldida har bir narsaga m as’uliyat
hissini t u g 'd ir a borish o 't a m u h im d ir. U yechishi k e ra k b o 'lg a n
m uam m olardan qo'rqmasligi, shu bilan birga, bu muammoga yengiltaklik
b ila n q a ra m a s lig i k e ra k . Bu d a v rd a o 's m ir u c h u n eng k a tta
163
m uam m olardan biri seksual muam modir. Qizlarda esa hayzning kelishi
ham chuqur hissiy hayajonlanishlar, qo'rquvlar bilan kechishi mumkin.
Bunday paytlarda ota-onasi, yaqinlarining maslahati juda zarur. Vrach-
psixologning vazifasi esa o'sm irda kechayotgan jarayonlarni o ‘z vaqtida
hal qilib borishdan iborat. Sport va badantarbiya mashqlarini bajarish,
m ehnatning o ‘ziga yoqqan turi bilan shug'ullanish, organizmni chiniqtirib
borish o ‘smir uchun g'oyat muhimdir.
K atta yoshdagilar psixogigiyenasi, ko'pincha, kishining egallab turgan
lavozimi, kasbi va ish faoliyatiga bog'liq. Bu davrda oila va jinsiy hayot
psixogigiyenasi alohida e’tibor talab qiladi. Zigmund Freyd jinsiy hayotda
baxtsizlikka uchragan oila psixologiyasini chuqur o'rganib, jinsiy hayot
nuqtai nazaridan insonlarda nevroz, psixoz kabi kasalliklarning kelib
chiqish mexanizmlarini yoritib berdi. Jinsiy zaiflik bor oilada baxtli hayot
b o'lm ayd i, ana shunday oilalarning jam iyatda ham o 'z o 'rn in i topib
k eta olm asliklarini kuzatuvlariga asoslanib isbotlab bergan. Er-xotin
orasidagi nafaqat yaxshi m unosabat va xushmuomalalik, balki normal
jinsiy m unosabatlar ham m ustahkam oilaning asosini tashkil qiladi.
Jinsiy hayot - hayot m azm unini ifodalab beruvchi vosita bo'lib, usiz
avlodni davom ettirib bo'lm aydi. Jinsiy hayotdagi keskin o'zgarishlar
klim akterik va involyutsion davrda salbiy tom onga ketishi kishi ruhiy
faoliyatiga t a ’sir qilmasdan qolmaydi. Shuning uchun ham jinsiy hayot
psixogigiyenasini alohida o 'rg an ish talab qilinadi. Oila m u stah k am
b o 'lis h i uchun nikohga k a tta e ’tib o r q a ra tilm o g 'i kerak. T u rm ush
qurayotgan ikki yosh, albatta, tibbiy k o 'rik ham da genetik va psixologik
tekshiruvlardan o'tib, salomatligi haqida maxsus tibbiy m a’lum otnom ani
olgach, turmush aurish haqida xulosaga kelish mumkin. Aks holda, bu
nik o h baxtsiz bo 'lad i. «Qiz bersang ham , olsang ham yetti avioaini
s u ris h tirib ish qil», deb b ek o rg a a y tm a g an xalqim iz. B ir o ilan in g
baxtsizligi, uning qarindoshlari, qolaversa, butun jam iyatning baxtsizligi
sifatida qaralishi kerak. H aqiqatan ham shunday.
Jinsiy a ’zo larn in g an ato m iy asi va fiziologiyasi h a q id a tu rm u sh
q u ray o tg a n yoshlar d astlab k i ilm ga ega b o 'lish lari kerak. T urm ush
qurayotgan yigit yoki qizda ruhiy kasallik bormi-yo'qmi, nevropatolog
yoki psixiatrlarning tibbiy xulosasi qanday? Bularga e’tibor, ko'pincha,
turm ush qurishdan oldin emas, balki buzilgach beriladi. Biz turm ush
qurgach, turm ush o 'rto g 'in in g ruhiy kasali borligi va uning ota-onasi
to 'y d an oldin farzandining «aybini» yashirganidan katta janjallar chiqib,
butun boshli oilalar sudlashib yurganining guvohi bo'lganm iz.
Q a riy a lar m uam m osi h a r q an d a y jam iy a td a k o 'n d a la n g tu rg an
m u am m o d ir. C hunki u lar ishga yaroqsiz b o 'lib qolishgach, b a ’zan
farzandlari e’tiboridan ham chetda qolib ketishadi. Ayniqsa, doim o faol
164
hayot kechirib kelayotgan kishi nafaqaga chiqib, ishsiz qolganda, uning
ruhiyatiga katta ziyon yetishi mumkin.
Shuning uchun qariyalam i mahalla yoki o'zining aw algi mutaxassisligi
bilan bog‘liq ishlarga jalb qilish, ularning jismoniy va ruhiy salomatligini
tiklash va saqlashga yordam beradi.
Psixogigiyena fani doimo takom illashib boradigan fandir. Bir necha
y illa rd a n s o ‘ng p six o g ig iy en a n in g m a q s a d va v a z ifa la rid a yan g i
yo‘nalishlar paydo boMishi tabiiy.
Do'stlaringiz bilan baham: |