Psixologiy asi


V  blok - ruhiy faoliyatni boshqaruvchi



Download 8,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/287
Sana04.02.2022
Hajmi8,34 Mb.
#429226
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   287
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi, Ibodullayev Z., 2009


blok - ruhiy faoliyatni boshqaruvchi,
3-rasm. Bosh miyaning funksional bloklari
(A.R.Luriya bo‘yicha, 1970): A - birinchi
funksional blok - umumiy tonus va
tetiklikni ta’minlab turuvchi blok; B - ikkinchi
funksional blok - tashqi ta’sirlarni qabul
qiluvchi, qayta ishlovchi va xotirasida
saqlovchi blok; V - uchinchi funksional
nazorat qiluvchi va dasturlar tuzuvchi
blok.
31




V
4-rasm. Bosh miya katta varim sharlari po‘stIog‘ining tashqi yuzasi: Л - birlamchi
maydonlar; B - ikkilamchi maydonlar; V - uchlamchi maydonlar.
va obyektlarning tasviri shakllanadi. Ammo u yoki bu tasvir shakllanishi 
uchun analizatorlar orasidagi o'zaro bog'liqlik saqlangan bo'lishi kerak. 
Analizator deb, tashqi va ichki muhitdan keluvchi signallarni analiz va 
sintez qiluvchi neyronlar guruhiga aytiladi (1-rasm). Analiz - bu miyaga 
kelib tushgan signallarni bo'laklarga bo'lib o'rganish bo'lsa, sintez - bu 
bo'laklardan yagona bir tasvir yaratish. Narsa va hodisalarni idrok etish 
asosida esa turli analizatorlarning o'zaro aloqasi va xotira mexanizmlari 
yotadi. Analizatorlar sistemasi iyerarxik tuzilishga ega (2-rasm).
Shunday qilib, bosh miya k a tta yarim sharlari p o ‘s tlo g ‘i turli 
analizatorlar orqali (ko'ruv, eshituv) qabul qilinadigan ta’sirlarni analiz 
va sintez qiladi. Po'stloq qabul qilingan m a’lumotlarni xotirasida saqlab, 
boshqa signallar bilan solishtirib, taqqoslab, xatolarini tuzatib, qayta 
ishlab turuvchi hujayralar tizimidan tarkib topgan.
M ashhur neyropsLxolog A.R. Luriya har qanday ruhiy faoliyat 
miyaning uchta funksional bloklari bir vaqtning o ‘zida barqaror ishlashi 
natijasida amalga oshirilishini ta’kidlab o'tgan (3-rasm). Birinchi blok -
tetiklik va tonusni boshqaruvchi blok. Bu blokka lim bikoretikulyar 
kompleks kiradi. Evolyutsiya mobaynida bu tuzilmalar birinchilardan 
bo'lib paydo bo'lgan. Birinchi blok qo'zg'alishni birinchi bo'lib qabul
32


qiladi. Bu signallar ichki hamda sezgi (ko'ruv, eshituv, hid, ta’m bilish, 
teri) a ’zolari orqali tashqi muhitdan keluvchi signallardir. Birinchi blok 
bu signallarni qayta ishlab, impulslar oqimiga aylantiradi va har doim 
ularni bosh miya po‘stlog‘iga yuborib turadi. Bu impulslar po‘stloqning 
faolligini ta’minlab turadi, ularsiz po‘stloq «so‘nib» qoladi.
Ikkinchi blok 
- m a’lum otlarni qabul qiluvchi, qayta ishlovchi va 
xotirasida saqlovchi blok. Bu blok bosh miya yarim sharlarida joylashgan 
b o ‘lib , ensa (k o ‘ruv), ch ak k a (eshituv) va tepa (um um iy sezgi) 
sohalaridan iborat. Ikkinchi blokka taalluqli bu sohalar iyerarxik 
tuzilishga ega. Shartli ravishda ularning birlam chi, ikkilamchi va 
uchlamchi soha (maydon) lari farqlanadi (4-rasm). Birinchisi tashqi 
olam dan qabul qilingan ta ’sirotlarni (eshituv, ko'ruv, sezgi) mayda 
belgilarga parchalaydi. Ikkinchi blokning ikkinchi sohasi bu belgilardan 
har xil tasvirlar yaratadi, uchinchisi esa ko'ruv, eshituv, hid bilish va 
teridan keluvchi m a’lumotlarni jamlaydi.
Uchinchi 
blok - ruhiy faoliyatni nazorat qiluvchi va dasturlar tuzuvchi 
blok. Bu blokni, asosan, miyaning peshona bo'lagi tashkil qiladi. Peshona 
bo'lagi zararlangan bemoming xulqi buziladi, oddiy harakatlami bajara 
olmaydigan bo'lib qoladi. Bir so'z bilan aytganda, insonning shaxsi 
buziladi.
Miyaga kelib tushayotgan m a’lumotlaming analiz va sintezi natijasida 
aniq shartlarga javob beruvchi harakat dasturi ishlab chiqiladi. Mabodo 
ushbu dastur yordamida «topshiriq» bajarilmasa, miyada ketma-ket yangi 
dasturlar yaratilaveradi. Buning natijasida tushayotgan signallarga bosh 
miya, albatta, javob qaytaradi. Shunday qilib, bosh miyada murakkab 
qarom ing paydo bo'lish jarayoniga qo'zg'alishning zanjirli reaksiyasi 
sifatida qarash kerak. Bu aylana bosh miya va uning turli bo'limlari 
faoliyatining asosini tashkil qiladi. Bosh miyada assotsiativ yo'llaming 
k a tta im k o n iy atla ri b o rlig i va p o 's tlo q n ey ro n larin in g keng 
ixtisoslashganligi turli-tuman neyronlararo aloqalarning yuzaga kelishi 
va har xil vazifalarni bajaruvchi m urakkab neyronlar to'plam ining 
shakllanishiga imkon yaratadi.
Bu jarayonlarni yanada to 'laroq tushunish uchun asab sistemasining 
filogenezi va ontogenezi bilan qisqacha tanishib chiqamiz.

Download 8,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish