Psixologiy asi


B a r c h a r u h iy k u c h la r n in g m a n b a i m iy a d ir



Download 8,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/287
Sana04.02.2022
Hajmi8,34 Mb.
#429226
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   287
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi, Ibodullayev Z., 2009

B a r c h a r u h iy k u c h la r n in g m a n b a i m iy a d ir .
Abu Ali ibn Sino
II BOB.
N E Y R O P S IX O L O G IY A A S O S L A R I
2.1. Neyropsixologiya fani haqida tushuncha va uning 
qisqacha tarixi
Neyropsixologiya fani miya va psixologik jarayonlar orasidagi o'zaro 
munosabatlami, bosh miyaning lokal va diffuz zararlanishlarida oliy ruhiy 
funksiyalarning buzilishlarini o ‘rganuvchi fandir. Neyropsixologiya 
psixologiya, fiziologiya va nevrologiya fanlarining yutuqlariga tayangan 
holda XX asrning 40-yillarida alohida fan sifatida shakllana boshladi. 
Lekin dastlabki neyropsixologik tekshiruvlar o'tgan asrning boshlarida 
o'tkazila boshlangan. Bu davrda neyropsixologiyaning rivojlanishiga 
G.Xed, K.Goldshteyn, K.Kleyst, U.Penfild, M.Gazzaniga, X.Lipmann, 
G.Jasper kabi olimlar katta hissa qo'shdilar. Lekin dastlab alohida fan 
bo'lib shakllanishiga ulkan hissa qo'shgan olim, uning asoschilaridan 
biri akademik 
Aleksandr Romanovich Luriyadir 
(1902-1977).
Neyropsixologiya fani quyidagi masalalami o'rganadi:
1
) psixologik sistemalar ta ’limoti;
2
) oliy ruhiy funksiyalarning shakllanish qonuniyatlari va ularning 
dinamik joylashuvi;
3) bosh miya k atta yarim sharlarining spetsifik funksiyalari yoki 
funksional asimmetriya ta ’limoti;
4) 
neyropsixologik 
b u zilish larn in g
sindromolik tahlili;
5) topografik diagnostika usullari (Luriya 
usullari);
6
) neyropsixologik korreksiya usullari va 
hokazo.
Bugungi kunda neyropsixologiya fanining 
vazifalari biroz boshqacha talqin qilinadi. O'z 
ilmiy yo'nalishlarini y o 'q o tm ag an holda, 
neyropsixologiya fani tibbiy amaliyotga keskin 
kirib keldi. Neyropsixologlar jam iyati safi 
nevrologlar hisobiga kengaydi. K o 'p g in a 
tibbiy universitetlarda klinik neyropsixologiya 
bo'lim lari (kafedralari) faoliyat k o 'rsa ta
boshladi. Mashhur klinik psixologlar - Judit
Luriya
(1 9 0 2 -1 9 7 7 )
46


P .B r o k
( 1 8 2 4 -1 8 8 0 )
Todd va A rtur K .Bogart (2001) neyropsi­
xologiya fanini bosh miya zararlanishlarida 
kuzatiladigan barcha psixologik buzilishlarni 
(xulq-atvor, shaxs va h.k.) o ‘rganuvchi fandir 
ham da neyropsixologlar miya jaro hatlarin i 
davolashda faol ishtirok etishlari kerak, deb 
ta ’kidlashadi.
Bu fanning tarixiga nazar tashlaydigan 
bo‘lsak, u bosh miya katta yarim sharlarining 
p o ‘s tlo g ‘ida oliy ruhiy fu n k siy alarn in g
m a rk a z la rin i an iq lashga u rin ish la rd an
boshlangan. 1836-yili Fransiyaning kichik bir 
shahrida tibbiy jam iyatning yig‘ilishlaridan 
birida oddiy vrach Mark Daks jamiyat raisidan 
o 'zin in g ku zatuvlari to ‘g‘risida m a ’lum ot 
berishga ru x sat so 'ra y d i. U ning n u tq id a
quyidagi jum lalar bor edi: «Men bosh miyaning 
chap yarim shari zararlangan bemorlarning barchasida nutq buzilishlarini 
kuzatdim, lekin bosh miyaning o ‘ng yarim shari zararlangan bemorlarning 
birortasida ham nutq buzilishi uchramadi. Demak, aynan bosh miyaning 
chap yarim shari nutq bilan bog'langan, ya’ni u yerda nutq markazlari 
joylashgan». Bu paytgacha nutq uchun bosh miyaning ikkala yarim shari 
ham jav o b beradi, deb faraz qilinardi. Lekin u o ‘z m ulohazalarini 
anatomik tekshiruvlar bilan tasdiqlamagan (bunga imkoniyat bo‘lsa-da) 
va chop qildirmagan. Shuning uchun ham M.Daksning og‘zaki bergan 
m a’lumoti tez orada unut bo'lib ketdi.
1861-yili yosh fransuz olimi P.Brok nutqi buzilgan va tanasining o'ng 
tomoni falajlangan bemorni kuzatadi. Bu bemor tez orada vafot etadi. 
Uning bosh miyasi ochib tekshirilganda, chap yarim shaming pastki 
peshona pushtasining orqa qism ida infarkt o 'ch o g 'i aniqlanadi (bu 
markaz hozirgi kunda Brok markazi deb ataladi). Bemor atrofdagilarning 
gapiga tushunsa-da, o'zi gapira olmasdi. N u tq buzilishining bu turi 
keyinchalik «motor afaziya» deb nom oldi. O 'sha davrdan boshlab bosh 
miyada turli markazlami izlash k atta qiziqish bilan boshlanib ketadi. 
Biroz vaqt o'tm ay, nemis psixiatri K.Vemike 1874-yili bosh miyaning 
chap chakka bo 'lagining ustki p u sh tasi zara rlan g an d a ham nutq 
buzilishini kuzatib, sensor nutq markazini aniqlaydi.
1876-yili Ferriyer chakka bo'lagida eshituv markazini, 1881-yili Munk 
itlarn in g ensa so h alari olib ta sh la n g a n d a « n a rsa la rn i k o 'rs a d a , 
tanimasligini», o'sha yili Eksner o 'rta peshona pushtasining orqa qismlari 
zararlanganda yozishning buzilishini aniqlaydilar.
47


A lbatta, bu kashfiyotlar o ‘sha davrdagi 
olim larni hayratga soladi, y a ’ni ular bosh 
miyada turli markazlarni, hatto ong, xotira, 
tafakkur markazlarini izlay boshlashadi. Shu 
davrdan boshlab, «lokalizatsionizm» degan 
oqim yuzaga keladi. Fransuzchada bu so‘z 
«joy» degan m a’noni bildiradi.
1870-yili Finkelnburg lokalizatsionchilarga 
qarsh i chiqib, bosh miya p o ‘stlo g ‘i 
zararlanganda «asimboliya» rivojlanadi, deb 
aytadi, ya’ni simvollami ishlatish qobiliyati 
buzilishi natijasida nutq, narsalami tanish va 
turli ongli harakatlar buziladi, degan fikrni 
ilgari suradi. L okalizatsionchilar nuqtai 
nazarin i 
1864-1874-yillari 
o 'zin in g
kuzatuvlariga asoslanib, mashhur ingliz nevrologi D. Jekson tanqidiy tahlil 
qildi. D. Jekson, asosan, nutqning dinamik tomonlari bilan qiziqdi. U 
«Bosh miyada nutq buzilishiga sabab bo‘lgan zararlanishni joylashtirish» 
va «nutqning o'zini joylashtirish» ikki xil narsadir», degan edi.
D. Jekson afaziyada nutq funksiyasining to‘la yo‘qolmasligiga e’tibor 
berdi. Afaziya kuzatilgan bemorda maqsadga yo'naltirilgan nutq buzilishi 
mumkin, biroq hissiy nutq saqlanib qoladi, deb fikr yuritadi. Masalan, 
biron-bir so'zni bemor affekt holatida aytib yuborishi, ixtiyoriy holda 
esa gapira olmasligi mumkin. D. Jekson «Nutqini yo'qotgan odam 
so'zlardan ham judo bo'lgan, degani emas, chunki so'zning anglanmagan 
qismi ham mavjud», degan edi. Shuning uchun «nutqidan judo» bo'lgan 
bem orning fikrlash jaray o n i biroz pasaysa-da, hali fikr yuritishga 
qobiliyatli. D. Jekson «M aqsadga yo'naltirilgan nutq bosh miyaning 
chap yarim shari, hissiy nutq o'ng yarim shari faoliyati bilan bog'liq», 
deb aytgan.
D. Jekson birinchilardan bo'lib, markaziy asab tizimi funksiyalarming 
murakkab tuzilishi to'g'risidagi g'oyani ilgari surdi.
D. Jekson fikriga ko'ra, har bir funksiya uchta bosqichdan iborat: 
«quyi» (orqa miya, miya ustuni), «o'rta» (bosh miya po'stlog'ining 
harakat va sezgi markazlari) va «oliy» (bosh miyaning peshona bo'lagi). 
«Oliy» markazlar zararlanganda nafaqat patologik simptomlar paydo 
bo'ladi, balki ijobiy o'zgarishlar ham kuzatiladi: «quyi» markazlar «oliy» 
markazlar nazoratidan xalos bo'lib, o'z faoliyatini kuchaytiradi. Bunga 
m arkaziy piram idal y o 'lla r zara rla n g a n d a spinal reflek slarn in g
kuchayishini misol qilib ko'rsatish mumkin. 

Download 8,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish