n a r s a l a r a g n o z i y a s i
-
bemor ko'z oldida turgan narsalarning yoki
narsalar tasvirining nomini bilmaydi, lekin bu narsalar nima uchun
ishlatilishini aytib bera oladi;
2
)
b e t ( y u z ) a g n o z i y a s i
-
bem or avval o 'z ig a ta n ish b o 'lg an
odam larning yuzi yoki suratiga qarab ularning kimligini aytib bera
olmaydi;
3)
o p t i k - f a z o v i y a g n o z i y a
- atrofdagi obyektlaming fazoviy tuzilishini
tasvirlash buziladi;
4)
h a r f a g n o z i y a s i
-
harflarni tanimaslik (o'zi yozganlarini ham);
5)
r a n g l a r a g n o z i y a s i
-
ranglarni to'g'ri ajrata olmaslik, tanimaslik;
6
)
s i m u l t a n a g n o z i y a
-
bemor obyektning ba’zi qismlarini taniydi, biroq
to'laligicha tanimaydi (bilmaydi). Simultan agnoziya Balint sindromi
deb ham ataladi.
Endi ko'ruv agnoziyalarining klinik holati bilan tanishib chiqamiz.
Narsalar agnoziyasi
agnoziyaning keng tarqalgan turidir. Bunda bemor
obyektni go'yoki ko'radi, hatto uning ba’zi belgilarini aytib ham beradi,
lekin nomini ayta olmaydi. Masalan, bemorga qalam ko'rsatilsa, u yozish
va chizish uchun ishlatilishini biladi, biroq «Bu qalam» deb ayta olmaydi,
49
chunki tanimaydi. Agar narsalar bir-biriga qalashtirib tashlansa, ularning
nomini aytish yanada qiyinlashadi. Masalan, qaychi, pichoq, bolg‘acha,
qoshiqlar (yoki ularning tasviri) ni bir-biriga qalashtirib tashlab, ularni
birin-ketin topish so'ralsa, bemor bu ishni bajara olmaydi. U faqat turli
tomonga ketgan chiziqlami ko‘radi, xolos. Bu usulni Poppelreyter 1917-
yili taklif qilgan. Shunisi e’tiborliki, bemor narsalarga qarab ularni chizib
beradi, lekin o'sha o'zi chizgan narsalaming nomini aytib bera olmaydi,
ya’ni tanimaydi.
Yuz agnoziyasi (prozopagnoziya). Aytib o ‘tganimizdek, agnoziyaning
bu turida bemor avval o'ziga tanish bo'lgan chehralarni tanimaydi. Bu
bemorlar narsalami tanishi mumkin. Ular yuzda joylashgan burun, qosh,
ko'z va quloqlaming nomini aytib berishi mumkin, lekin bu odam kimligini
aytib bera olmaydi, ular hatto rafiqasi, bola-chaqalari, davolovchi vrachni,
shu bilan birga avvaldan tanish odam larni, yaqinlarining, mashhur
kishilarning suratlarini ham tanishmaydi. Og'ir holatlarda bemor hatto
oynadagi o'z aksi yoki suratini ham tanimaydi. Shuningdek, bemor ayol
va erkak yuzining farqiga bormaydi, ularning taxminiy yoshini chalkashtirib
yuboradi. Bu bemorlar odamlarni ovozi, kiyimi yoki yurishidan tanib
olishlari ham mumkin. Ba’zan tanib olishda tanish-bilishlarining soch
tuzilishi, yuzidagi xollari, ko'zoynak taqishi kabi ortiqcha belgilar yordam
beradi. Agar doimo ko'zoynak taqib yuradigan tanishi ko'zoynagini
taqmay ko'rinsa, bemor uni tanimay qoladi. Ba’zan bunday bemorlarga
sochi kalta ayol erkak kishidek ko'rinadi.
Yuz agnoziyasi nisbatan kam uchraydi va ko'pincha agnoziyaning
boshqa turlari bilan birga kuzatiladi. Yuz agnoziyasi bosh miyaning orqa-
ensa sohalari zararlanganda kuzatiladi.
Optik-fazoviy agnoziya. Agnoziyaning bu turi, k o 'pincha, bosh
miyaning o'ng yarim shari (tepa-ensa sohalari) yoki ikkala yarim shar
ham zararlanganda kuzatiladi. Bunda bemorlar narsalam ing fazoviy
belgilarini tasvirlab bera olmaydilar. Bu yerda narsalaming yoki atrof-
m uhitdagi obyektlam ing katta-kichikligining aham iyati yo'q. U lar
geometrik figuralar (uchburchak, romb, kvadrat) ning rasmini to 'g 'ri
chiza olmaydilar. Agnoziyaning bu turida chap va o'ng tom onlarni
farqlash ham buziladi va bemor obyektlaming bir tomonini tan olmaydi,
masalan, daraxt, uy, gul (
6
-rasm,
A, B).
Bu holat «bir tom onni tan
olmaslik» sindromi deb ataladi. U asosan, bosh miya o'smalarida va og'ir
jarohatlarda kuzatiladi. Bu sindromni biz bosh miya o'ng yarim sharining
a.cerebri posterior qon bilan t a ’minlaydigan sohaning o 'tk ir ishemik
insultlarida ham kuzatganmiz. Optik-fazoviy agnoziya bosh miyaning
o 'n g yarim shari zararlang an d a k o 'p kuzatilgani uchun bem orlar
obyektlarning chap tomoni borligini go'yoki inkor qilishadi. Bunday
50
6 -rasm . F a z o n in g bir to m o n in i in k o r qilish sin d ro m i (Z .R .Ib o d u Ila y e v k u z a tu v i,
2 0 0 0 -y ): Л - k o m p y u te r to m o g ra m m a d a b o sh m iy a o ‘ng y a rim shaT ining en sa
so h a s id a ish e m ik o ‘choq; B - b e m o rg a uy v a d a r a x tn in g ra s m i k o ‘r s a tils a , u la rn in g
c h a p to m o n in i in k o r q ilg an .
bemorlar hatto o'zining chap tomonini ham tan olishmaydi, q o ‘l-oyoqlari
harakati saqlangan bo‘lsa-da, bemor k o ‘ylagi va shimini kiyayotganda
chap qo'lini ishlatmaydi. Bu sindrom chap tomonlama fazoviy agnoziya
deb ham atalad i. Bu sim ptom lar bosh miyaning o 'n g yarim shari
zararlanishi uchun juda xosdir.
51
7 -ras m . B o sh m iy a o ‘n g y a rim sh a rin in g tc p a v a e n sa s o h a la ri z a r a r la n g a n d a
k u z a tila d ig a n a g n o z iy a la r: Л - a u to to p o g n o z iy a - b e m o r o ‘z ta n a sin in g q ism la rin i
ta n im a y d i, b ilm a y d i; B - a n o z o g n o z iy a - b e m o r ta n a s id a g i k a m c h ilik la r (m a s a la n ,
g c m ip a re z ) ni a n g la m a y d i, in k o r q ila d i; V - k o ‘ru v a g n o z iy a s i - bem or n a r s a la r n i
k o ‘rib tu r s a - d a , u la rn in g n o m in i a y tib b e r a o lm ay d i.
Shuningdek, anozognoziya - tanad ag i defekt (gem iplegiya) ni
anglamaslik va autotopognoziya - o 'z tanasining qismlarini bilmaslik
yoki ularni n o to 'g 'ri (kattadek, kichikdek yoki boshqa buyumdek)
idrok qilish ham o 'n g yarim shar zararlanishiga xos belgilardir (7-
rasm).
Bem orning ahvoli o g 'irlash g an h o la tlard a n afaq at o 'n g -ch ap
tomonlami, balki yuqori-quyi koordinatlami ham farqlashi buziladi. U
rasmlarda obyektlaming fazoviy belgilarini ta ’riflab bera olmaydi (uzoq-
yaqin, katta-kichik, chap-o‘ng, tepa-past). Masalan, bem ordan biror
jonzot yoki odam suratini chizib berish talab qilinsa, uning b a’zi qismlari
(q o 'li, o y o g 'i, k o 'z va q u lo q lari) ni ta n a d a qanday va qay erd a
joylashtirishni bilmaydi, go'yoki «unutadi» (
8
-rasm,
A, B).
Optik-fazoviy buzilishlar b a ’zan o'qish jarayoni buzilishi bilan ham
kechadi. Bunday holatlarda bemorlar harflardagi chiziqlarning qanday
va qaysi tom onga q a ra b y o 'n a lg a n in i bilishm aydi, ayn iq sa kirill
alifbosidagi E, Ш, П, Я harflami o'qisholmaydi, «Д» va «JI» kabi harflami
farqlay olishmaydi. K linik am aliyotda optik-fazoviy agnoziyalarni
aniqlash uchun harflami bilishni tekshirish usulidan ko'p foydalaniladi.
H arf agnoziyasida bemorlar harflam i to 'g 'ri ko‘chirsa-da, ularning
nomini aytib bera olmaydi, chunki ularni tanimaydi. Shuning uchun ham
bu bemorlarda o'qish qobiliyati buziladi (birlamchi aleksiya). Bunday
bemorlar narsalarni to 'g 'ri taniydi, ularning tasviriga to 'g 'ri baho bera
52
8 -rasm . K o ‘ru v a g n o z iy a s i k u z a tilg a o b e m o m in g c h iz g a n ra s m la ri (A .R . L u riy a d a n
o lindi, 1 9 7 3 ): A - fil ra sm id a n n u s x a k o ‘c h irish ; B - tu y a n in g b oshini ch izish g a
urin ish ; V - o d a m n i y o d d a n ch izish .
oladi va hatto murakkab fazoviy tasvirlami to ‘g ‘ri farqlay olishadi-yu,
harflami tanishmaydi, ulami o ‘qiy olishmaydi.
Agnoziyaning bu turi bosh miya chap yarim sharining (o'naqaylarda)
chakka-ensa sohalari zararlanganda kuzatiladi.
R anglar agnoziyasi ikki xil tu rg a b o 'lib o 'rg an ilad i. R an g lar
agnoziyasining haqiqiy turi va ranglarni tanib olish (anglash)ning
buzilishlari (ranglarga ko'rlik) farqlanadi. Ranglarga ko'rlik va ranglarni
tanishning buzilishi ko'ruv yo'llarining ham periferik, ham markaziy
qismlari zararlanganda, ya’ni ham to 'r parda, ham ko'ruv sistemasining
po'stloq osti va po'stloq tuzilmalari zararlanganda kuzatiladi. M a’lumki,
ranglarni qabul qilishning buzilishi ko'z to 'r pardasining degeneratsiyasi
va kolbachalar patologiyasi bilan ham bog'liq.
1887-yili Vilbrand bemorning ranglarni tanimasligini birinchi bo'lib
aniqlagan va uni ranglar amnestik afaziyasi deb atagan. 1908-yili
I. Levandovskiy qaysi narsalar qanday rangda bo'lishini aytib bera
olmagan bem orni kuzatib, ranglar agnoziyasining ranglarni ajrata
olmaslikdan farqini ko'rsatib berdi.
53
Ranglar agnoziyasida bem orlar ranglarni ajratib olib va qanday
narsalar qaysi ranglar bilan (olma, yaproq, apelsin va h.k.) bo'yalganini
aytib bera olmaydi. Agar bemorda rangni aytishda qiyinchiliklar tug'ilsa,
bu ranglar amnestik afaziyasi, ranglarning nomi bo'yicha o'sha rangni
ajrata olmasa, ranglar sensor afaziyasi deyiladi.
Ko'pincha, ranglar agnoziyasi narsalar agnoziyasi bilan birgalikda
uchraydi. Ba’zan esa birlamchi aleksiya bilan ham kuzatiladi. Ranglar
agnoziyasi kuzatilgan bem orlarda k o ‘ruv maydoni qisqarishi b a’zan
uchrasa-da, u agnoziyaga xos belgi emas.
Agnaziyaning yana bir murakkab turi bu simultan agnoziyadir. Bunda bemor
narsalarni butunlay emas, balki ularning bo‘lagini, bir qismini ko'radi, xolos.
Agar bemorga aylana ichiga chizilgan kvadrat ko'rsatilsa, bemor yo
kvadratni yoki aylanani ko'radi, ularning ikkalasini birga ko'rmaydi.
Bemorlar uchun bitta so‘zni o'qib, ikkinchisiga o'tish ham qiyin. Shuning
uchun Baiint (1909) ko'ruv agnoziyasining bu turini «nigohning ruhiy
falaji» deb atagan, ba’zi mutaxassislar bu holatni «okulomotor ataksiya»
deb ham atashadi. Sim ultan agnoziyani aniqlash uchun bem ordan
geometrik figuralar bilan ishlash, matnni ko'chirish yoki yozishni talab
qilib ko'rish kifoya (9-rasm,
Do'stlaringiz bilan baham: |