peshona va chakka bo‘lakIarining rivojlanishi yuksak darajaga yetdi.
Hozirgi kunda odam bosh miyasining 78 foizini po‘stloq tashkil qilib,
uning 30 foizi peshona bo‘lagiga to ‘g‘ri keladi.
Evolyutsion rivojlanishning sefalizatsiya davrida bosh miyada paydo
bo'lgan m arkazlar quyi joylashgan tuzilmalarni o'ziga bo'ysundira
boshladi. Natijada bosh miyada hayotiy muhim markazlar paydo bo'lib,
ular organizmning turli-tuman faoliyatini avtomatik tarzda boshqara
boshladi. U shbu m ark a zlararo alo q alar iyerarxik tarzd a faoliyat
ko'rsatadi. Integrativ jarayon va boshqarish funksiyasining vertikal
uslubda faoliyat ko'rsatishi muhim ahamiyatga ega.
Fiziologiyaning dastlabki rivojlanish davrida oliy nerv markazlari quyi
markazlarga doimo tormozlovchi ta ’sir ko'rsatadi, degan fikr mavjud
edi. Shuning uchun oliy m arkazlar zararlang an d a quyi m arkazlar
qo'zg'aladi, go'yoki ular faollashadi. Lekin fiziologik jarayonlar doim
bu ta rz d a kechaverm aydi. E volyutsion jih a td a n yosh m ark azlar
zararlanganda, keksa markazlar faollashadi, go'yoki evolyutsion jarayon
teskarisiga davom etadi. Bu nazariya dissolyatsiya nazariyasi deb nom
olgan. Darh; qiqat, yuqori pog'onada joylashgan markazlar zararlanganda
quyi markazlar faollashganini ko'ramiz. Bunga markaziy harakat neyroni
zararlanganda orqa miyaning oldingi shoxida joylashgan periferik harakat
neyronlarining faollashuvini misol qilib keltirish mumkin. Ammo bu
buzilishlarning asl sababi dissolyatsiyada yoki quyi markazlarning yuqori
markazlar «tutqunligidan» ozod bo'lishida emas. Chunki oliy markazlar
quyi m a rk a z la r fao liyatin i fa q a t to rm o zlab g in a qolm aydi, balki
faollashtiradi ham. Markaziy ta ’sirlar susayganda, quyi jarayonlaming
avtomatizmi va boshqarish «san’ati» pasayadi, jarayon qo'pol va sodda
b o 'lib qoladi. Bundan tashqari, quyida joylashgan m arkazlarning
faollashuvi kompensator jarayonning bir ko'rinishi sifatida qabul qilinishi
ham mumkin.
Nerv m arkazlari iyerarxiyasida bosh miya k a tta yarim sharlari
po'stlog'i asosiy o'rinni egallaydi. Butun organizm va funksional sistema-
lardan m a ’lum otlarning po'stloqqa oqib kelishi, ularning m urakkab
analiz va sintez qilinishi, assotsiativ yo'llarning paydo bo'lishi oliy nerv
faoliyatining asosiy mexanizmlaridan biri hisoblanadi.
X o'sh, asab tizimi tuzilmalarining ontogenezda rivojlanishi qanday
kechadi va bu jarayondagi buzilishlar ruhiyatning shakllanishiga qanday
ta ’sir ko'rsatadi?
Do'stlaringiz bilan baham: