birinchidan,
bu
bemorlarning aksariyati passiv, kam harakat bo'lishadi, sport bilan ham
kam yoki um um an shug'ullanishm aydi;
ikkinchidan,
ular ovqatlanish
rejim ini doim b u zish ad i va k o 'p ro q u g lev o d larn i xush k o 'ris h a d i;
uchinchidcin,
trankvilizatorlarni k o'p iste’mol qilishadi, ular esa ichaklar
peristaltikasini susaytiradi. Shuningdek, doim iy ruhiy z o 'riq ish la rd a
b a’zan y o 'g 'o n ichakda suyuqlikning so'rilishi kuchayishi aniqlangan.
Bu esa qabziyatga olib keladi. Ichaklarda suyuqlik so'rilishining susayishi
203
esa ich ketishga sabab b o 'la d i. Ich kelishning buzilishi sim patik va
parasim patik tonusning holatiga ham bog‘liq. Simpatik tonus oshganda
peristaltika sekinlashib, atonik qabziyat, parasim patik tonus oshganda
esa peristaltika kuchayib, spastik qabziyatga olib keladi. Peristaltikaning
kuchayishi nafaqat qabziyatga, balki diareyaga ham sabab bo'ladi.
Psixogen qabziyatlarda bem or doimo ichagida guldiragan tovushlarni
eshitadi. Q orinning pastki qismi siqib og'riydi, ichi k o 'p gazga to 'lib
yuradi. H ojatxonaga kirsa, asosan ichakdan yel chiqadi va axlati qo'yning
a x la tig a o 'x s h a b d u m a lo q -d u m a lo q b o 'la d i, s o a tla b o 't ir s a - d a ,
d e fe k a ts iy a d a n q o n iq m a y d i. B e m o rn in g q o rn i p a lp a ts iy a q ilib
te k s h irilg a n d a (ay n iq sa, sp a stik ta rz d a g i q a b z iy a tla rd a ), y o 'g 'o n
ichakiarn in g q attiq , silindrsim on ekanligi aniqlanadi. B em orlar ichi
kelishini istab turli xil usullarni va dorilarni q o 'lla b k o 'rish ad i. U lar,
odatda, har qanday yangilikka ishonuvchan bo'lishadi.
H a r qanday qabziyatda oshqozon-ichak sistem asida suyuqlikning
so'rilishi va ajralishi buziladi. N orm al holatda oshqozon-ichak sistemasida
suyuqlikning o'tish yo'llari qanday bo'lishi 32-rasmda ko'rsatilgan.
K eyingi p ay tlard a «ichaklarni turli xil shlaklardan tozalaydigan»
dorivor vositalar, y a ’ni «ovqatga qo'shim cha vositalar» k o 'p reklama
qilinmoqda. Ularning ko'pchiligi foydali bo'lib, tarkibi ichak faoliyatini
yaxshilovchi, organizm tonusini oshiruvchi m oddalar va vitam inlarga
boy. U lar chiroyli idishlarda ishlab chiqariladi va shunga loyiq etiketkalar
yopishtiriladi. Bunday idishdagi dorilar, albatta, inson psixologiyasiga
ijobiy t a ’sir ko'rsatadi. Lekin bunday vositalam i iste’mol qilishdan oldin
vrach bilan albatta, maslahatlashish zarur.
X orij gazetalarining birida «Xorij dorilari biznikidan nim asi bilan
afzal» nomli m aqola chop qilindi. U nda jurnalistning savollariga klinik
farm akolcg, professor javob beradi. U tana haroratini tushiruvchi va
og'riq qoldiruvchi dorilar haqida shunday deydi: «Bu yaqin orada tez
o g 'riq qoldiradigan va tana haro ratin i tushiradigan vosita hali kashf
qilingani yo'q. Hammasi bundan yuz yil oldin kashf qilingan aspirinning
o'zginasidir, faqat ular sh ak l\ rangi va ularga qo'shilgan xushbo'y hid
ta ra tu v c h i b o 'y o q la ri bilan b ir-b irid an farq qiladi». U intervyusini
quyidagi so'zlar bilan tugallaydi: «Aspirinni 10 sentga yoki 100 sentga
sotib olish, albatta, bemorning o'ziga havola».
Bemorlarni davolashda ju d a ehtiyot bo'lish kerak. Ularga «Sizdagi
qabziyat
jahlingiz tez chiqishidan, k o 'p ruhiy ezilishingizdan, m ana bu
tinchlantiradigan dorini ichsangiz, tuzalib ketasiz», degan bilan ish oson
kechmaydi. Bu yerda platseboterapiya usulini qo'llashga to 'g 'ri keladi.
Bizga bir bemor m urojaat qilib: «Meni doimo qabziyat bezovta qiladi,
avval terapevtlarda davolandim, ichaklaringni «shamollatibsan» deyishdi
204
Tushiah
Umumiy hajmi
9000 ml/sut
Tupuk
Ovqat
Ketish
1000 ml
100 ml
3 2 -ra s m . O d a m o rg a n iz m i (o s h q o z o n -ic h a k siste m a si) d a su yuqlik
s u rilis h in in g d in a m ik a s i.
«Sham ollashga» qarshi d av o lan d im , ozgina foyda berdi, so ‘ng yana
q a b z iy a t davom etav erd i. J a h lim tez -te z ch iq a d ig an b o 'lib q o ld i.
Nevropatologga yuborishdi, u «H am m asi asabdan», deb tinchlantiruvehi
dorilar buyurdi va tuzalib ketishimga ishontirdi. Biroq qabziyat davom
etayapti, endi qornimning pasti ham o g ‘riydigan va tinchlantiruvehi dori
ichmasam. uxlay olmaydigan boMib qoldim », deb shikoyat qildi.
205
Biz b em ornin g tibbiy-psixonevrologik statusin i o 'rg a n ib chiqib,
haqiqatan ham uning dardi og'ir emasligini, faqat doktorlar va dorilardan
shifo izlayvermasdan, o ‘zi ham davolash jarayonida faol ishtirok etishi
zarurligini uqtirdik. Davolash jarayoni bir oyga cho‘zilishi mumkinligini
ham aytdik. Bir hafta ichida unga uchta antiqa dori tayyorlab berishimizni,
uning bittasini ichishi, ikkinchisini qornining pastki qismiga surishi va
uchinchisini har kuni kechasi issiq vannaga tashlab, bir soat mobaynida
bo'ynigacha suvda ch o‘milib yotishi zarurligini tayinladik. Bu m uolajalar
bir kunda bir m ahal, faqat kechasi qilinishi zarurligi aytilib, aniq bir
soat belgilandi. Tayyorlab berilgan dorilarimizning uchalasi ham suyuq
bo‘lib, tarkibida tinchlantiruvehi, ichni suruvchi vositalar bor edi. Bemor
spirtli ichim liklar ham iste ’mol q ilarkan . Biz unga bu o d atid an voz
kechmasa, hech qaysi dok tor va hech qaysi dori yordam berolmasligini
uqtirdik. Shundan so‘ng psixoterapiya, platseboterapiya m uolajalari ham
o'tkazilgach, ijobiy natijaga erishildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |