Psevdourologik sindromlar
S iydik a jra tish s iste m a sid a k u z a tila d ig a n p six o g e n (n evrog en)
buzilishlar bilan nevropatolog yoki psixonevrologga m urojaat qilish juda
kam uchraydi. Bunday bem orlar, k o 'p in ch a, «piyelonefrit», «glomeru-
lonefrit», «buyrak tosh kasalligi», «sistalgiya», «sistit», «uretrit» tashxislari
207
bilan nefrolog yoki urologlarda davolanib yurishadi. Shu narsaga e ’tibor
qaratish lozimki, bu tashxislar davolash mobaynida bir necha bor o'zgarib
turadi. N ihoyat, bu kasallarga ham m a urologik sim ptom larni o ‘zida
m ujassam lashtirgan umumiy tashxis - «nevrogen siydik pufagi» qo'yiladi.
Affektiv buzilishlarda siydik yo'llarida turli belgiiarmug paydo bo'lishi
niqoblangan depressiyaning klinik ko'rinishlaridan biri bo'lishi mumkin.
T ez-tez h o ja tx o n a g a q a tn a s h , sh u n d a ham q o v u g 'i b o sh a g an id a n
qoniqm ay chiqish va q orn in in g p astid a o g 'riq sezish h o latlari asab
tizimining funksional buzilishlari uchun xosdir. Siydik ajralib chiqishining
nevrotik buzilishlari ikki xil ko'rinishda kechishi mumkin: tez-tez siygisi
kelishi va siyishning ushlanib qolishi. Q attiq kulganda, aksirganda, yo'tal
paytida, o g 'ir narsa k o 'targanda ozgina siyib yuborish yoki soatlab siydik
tutilishlar niqoblangan depressiya uchun xosdir.
Tez-tez siyish (pollakiuriya) ko'pchilik urologik kasalliklar (sistit,
uretrit, p ro statit) uchun ham , niqoblangan depressiyalar uchun ham
xos bo'lganligi uchun bu bem orlar zarur bo'lgan tekshiruvlardan to 'la
o 'tish lari lozim. Ik kala h o latd a ham sovuq joyda k o 'p turib qolish,
sh o'r, achchiq, nordon narsalar va spirtli ichimliklar (ayniqsa, pivo) ni
is te ’m ol q ilish , q a ttiq siqilish siyishning tezlash uv iga olib keladi.
E rkaklarda, ayniqsa, jinsiy aloqadan so'ng ana shunday holat yuzaga
keladi. Biroz rivojlangan affektiv buzilishlarda uchraydigan dizuriya
tran sp o rtd a yurganda, k atta m ajlislar bo 'lay o tgan paytda, o'zi biror
n a rs a n i k o 'p c h ilik o ld id a o 'q ib b e ra y o tg a n d a n a m o y o n b o 'la d i.
N atijada ularda ipoxondrik sindrom rivojlanadi: bunday bem orlar butun
fikri va d iq q a tin i siydik pu fagiga q a ra tis h a d i, s h a rm a n d a b o 'lib
qolishdan qo 'rqishadi. Tabiiyki, bu vaziyat bem orning asabiga putur
yetkazadi va kasallik belgilarini yanada kuchaytiradi. Bunday bem orlar
m abodo begona ayol bilan jinsiy yaqinlik qilgan b o 'lsa , bu hoiatni
hali ta sd iq la n m a g a n v en erik k asallik bilan b o g 'la y d i. R a fiq a sig a
yaqinlasha olm aydi, doim x av o tird a yashaydi va xiy o n at qilganini
bildirib q o'yadi.
Bolalik davridan boshlab ortiqcha talablar qo'yib tarbiyalash, uydan
tashqariga chiqarm aslik, o 'rto q la ri bilan o'ynashga ruxsat berm aslik
keyinchalik o g 'ir oqibatlarga olib kelishi m um kin. C hunki insonning
ruhiy rivojlanishi tarbiya va uning atrofidagi m uhitga bog'liq bo'ladi.
Shu m asalada B.D. Karvasarskiy (2002) qiziq bir misolni keltiradi. Ilmiy
tekshirish institutlarining birida ishlaydigan 37 yoshli K. ismli ilmiy xodim
jam oat joylaridagi hojatxonaga kira olmasligidan shikoyat qiladi. Bu
n a rsa uni 17 y o sh id a n buyon bezovta q ilsa d a , 20 yil m o b a y n id a
u y a lg a n id a n d o k to rla rg a m u ro ja a t q ilm a g a n . B e m o rn in g h a y o t
anamnezidan shu narsa m a’lum bo'ladiki, u onasining qattiq nazoratida
208
o 'sg a n . Uning onasi k o 'c h a d a b o la la r bilan o 'y n a sh i va um um iy
hojatxonalaiga borishini «U yerga hamma boradi, ularning kasali senga
yuqishi m um kin», deb q a t'iy a n m an qilgan edi. Bola k o 'p q a v a lli
uylardagi xonadonda yashagani uchun u xohlaydimi-yo'qmi, ishtoniga
«yuborib» qo'ym asin deb, onasi uni doim o tuvakka o ‘tqizgan, yoniga
esa o -;.;ч«Л.:>qlarini q o ‘ygan. Bola tuvakda o 'y n ab o 'tirgan, onasi esa
uning yonida o'tirib ertaklar aytib bergan, kuylagan, odob haqida tarbiya
bergan. Shunday qilib. har bir odamning o'zi bajarishi zarur bo'lgan bu
m uhim fiz io lo g ik ja r a y o n « o z o d a » y u ra d ig a n o n a to m o n id a n
boshqarilgan. Bola tu vak da uzoq vaqt o 'tir ib q o la r va onasi kelib
olmaguncha turmasdi. O naji tuvakda axlat yoki siydikni ko'rm asa, bolani
yana o'tqazib qo'yavergan. Mola b a’zan ishtoniga siyib qo'ysa, onasidan
rosa dakki yegan. Bu aybni qilib qo'ym aslik uchun u doim o q o 'rq ib ,
x a v o tird a y ash ag an . M a b o d o o n a -b o la m eh m o n g a k e tish m o q c h i
bo'lishsa, bola, albatta, uyidagi hojatxonaga kirib chiqishi, m ehm onda
esa siygisi kelsa h am iloji b o ric h a k u tib tu ris h i va f a q a t u y g a
qaytgandagina hojatxonaga borishni onasi aniq belgilab qo'ygan. Buning
oqibatida bola atrofdagi narsalardan jirkanadigan va noziktabiat bo'lib
o'sadi.
Siydik yo'llaridagi funksional buzilishlar kelib chiqishida bemorning
jinsiy rivojlanishi ham alohida o 'rin tutadi. Bemor 16 yoshida bir qiz
bilan jinsiy yaqinlik qilishga urinadi, lekin darrov pollyutsiya ro'y bergani
uchun uni am alga oshirolm aydi. Bu yangi alom atdan u ju da q o 'rq ib
ketadi va tez kunlarda ichi qotib hojatxor.aoa k o 'p o'tirib qolsa, siydik
y o 'lid a n sh illiq n a rs a c h iq a b o s h la g a n in i k o 'r a d i. S p e rm a n i
« y o 'q o tish d an » q o 'rq ib , siyish ja ra y o n in i iloji boricha to 'x ta tish g a
intiladi. Agar avval jam oat hojatxonalarida odam lar bor joyda siyishdan
o'zini tiyadigan bo'lsa (chunki siyayotganda ereksiya ham kuzatilgan),
keyinchalik atrofda oyoq ovozi eshitilsa ham siya olm aydigan b o 'lib
qoladi. Keyinchalik institutni tugatadi, aspiranturaga kiradi, nomzodlik
dissertatsiyasini yoqlaydi. Uylanadi, 3 nafar farzandlik bo'ladi. Qisqa
davom etganligi sababli jinsiy aloqalardan qoniqmaydi. U rologda uch
yil natijasiz davolanadi. N evrolog k o 'rib quyidagi tashxisni qo'yadi:
«psevd o u rologik sim p to m la r bilan kechuvchi ipoxondrik nevroz».
M uolajalar individual psixoterapiya bilan birgalikda olib boriladi va
bemor tuzalib ketadi.
Bundan xulosa shuki, odam ning psixologiyasini boshqarish mumkin,
biroq normal kechayotgan fiziologik jarayonlarga sun’iy yo'l bilan ta ’sir
q ilm ag a n m a ’qul. S iydik c h iq a rish siste m a sin in g asab to m o n d a n
m ukam m al boshqarilishining shakllanishi ikki-uch yoshlardan so'ng
boshlanadi.
209
Urologik kasalliklarga chalingan bem orlar juda ko‘p tibbiy tekshiruv
lardan o 'tish adi, har xil doktorlarda bo'lishadi, doimo davolanishning
yangi usullarini izlashadi va o 'zlarid a q o 'lla b ko'rishadi. Bu doimiy
tashvishlar, a lb a tta , jinsiy quvvatsizlikka olib keladi. B em orlarda na
davolanishga, na oilasiga va na hayotga qiziqish qoladi (bu haqda biz
«Jinsiy buzilishlar» ga bag'ishlangan bobda fikr yuritamiz).
Statistik m a ’lumotlarga ko'ra bolalarda uchraydigan enurezning 65-80
foizi bosh m iy a p o 's tlo q d is fu n k s iy a s i h iso b ig a riv o jla n a d i.
M utaxassislarning fikricha, diurezning buzilishi affektiv buzilishlarda
yuzaga keladig an siydik pufagi q o 'z g 'a lu v c h a n lig in in g oshishi yoki
pasayishi hisobiga kuzatiladi. Tunda tagini ho'l qilib qo'yadigan bolalar,
o d atd a, o 'ta injiq, tinib-tinchim as, yig 'lo q i va k o 'p tush k o 'ra d ig a n
bo'lishadi. U lar shu qadar rang-barang tushlar ko'radiki, xuddi kattalarga
o 'x sh a b , uning m azm unini ota-o n asig a berilib so 'zlab berishadi. Bu
belgilar nevroz alom atlari bo'lib, uning sabablarini aniqlash va o 'z vaqtida
davolash zarur.
Funksional polidipsiyalar (ko'p suyuqlik ichish) va poliuriyalar (k o 'p
siyish) asab buzilishlarida k o 'p u chraydigan sim ptom lardir. B unday
bem orlar kuniga 5 litr va undan ham k o 'p suv ichishadi. U lar doim o
chanqab yurishi va suv ichganda qoniqm asligidan shikoyat qilishadi.
Tabiiyki, bunday paytlarda qandsiz diabet haqida fikr paydo bo'ladi.
Shunday bo'lsa-da, bemor ichgan suv va ajralib chiqqan siydik m iqdori,
uning hissiy holatiga jud a b o g 'liq b o 'lad i. H atto sog'lom o d am larda
ham ortiqcha hissiy zo'riqishlar paytida, m asalan, abituriyentlar, talabalar
im tihon topshirayotgan, ilmiy xodim dissertatsiya himoyasi paytida yoki
ikki kishi bir-biri bilan janjallashayotganda og'zi qurib suv ichgisi keladi
va tez-tez hojatga qatnaydi. U larning terisi k o 'p suv ichishiga qaram ay
quruq (tum bochkasi har xil krem larga boy bo'ladi), qon bosimi past,
boshi tez-tez og'riydigan bo'ladi, biror ish qilishsa, tez charchab qolishadi.
K o 'p suv ichganlari sababli organizm da elektrolitlar almashinuvi buziladi
va b a tta r chanqab, suv ichgisi kelaveradi. Buning natijasida, a lb a tta ,
qan dsiz d ia b e t tashxisini in k o r qilish uchun lab o ra to r te k sh iru v la r
o'tkazishga to 'g 'ri keladi.
Buyrakning konsentratsiya qobiliyati buzilmaganligi, siydikning nisbiy
zichligi
1010
dan yuqori ekanligi bem orda kuzatilayotgan o'zgarishlarning
nevrotik (psixogen) xususiyatga ega ekanini ko'rsatadi. Qandsiz diabetda
poliuriya birlam chi, polidipsiya esa ikkilam chi ekanini unutm aslik
kerak, ch un ki p o liu riy a plazm an in g quyuqlashuviga sab ab b o 'la d i;
siydik nin g nisbiy zichligi q o tg an no n yeganda ham 1007-1010 dan
o sh m a y d i; s u y u q lik ic h ish n i k a m a y tir g a n d a , h a tto k i, b u tu n la y
to 'xtatgan d a ham poliuriya yo'qolm aydi. Buni quyidagi usul bilan sinab
2 1 0
k o ‘rib bilish m u m k in : b e m o rg a
6-8
s o a t ich id a b ir n e c h a b o r
suvsizlantirilgan non beriladi. Agar b uning n atijasida diurez keskin
pasayib, siydikning nisbiy zichligi
1012
dan oshib, bemor tana og'irligini
ko‘p y o ‘qotmasa va uning umumiy ahvoli qoniqarli holda saqlanib qolsa,
demak, unda qandsiz diabet yo‘q.
Do'stlaringiz bilan baham: |