Psixologiy asi


Yurak ritmining psixogen buzilishlari



Download 8,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/287
Sana04.02.2022
Hajmi8,34 Mb.
#429226
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   287
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi, Ibodullayev Z., 2009

Yurak ritmining psixogen buzilishlari
Y u rak ritm in in g psixogen b u zilish lari, o d a td a , y u rak urishining 
tezlashuvi bilan ifodalanadi. Bu paytda yurak urishlari bir daqiqada 100 
dan 120 gacha yetadi va k o'pincha o'lim vahimasi bilan kechadi. Bunda 
bem orlar yurakning har bir urishini aniq sezib turadi. Nafas yetishmaydi, 
sovuq terga botadi, oyoqlari titraydi va bemor, odatda, yotib oladi. Y urak 
ritmining psixogen buzilishlari jism oniy zo'riqishlardan emas, balki hissiy 
zo'riqishlardan so'ng paydo bo'ladi.
A ffe k tiv -ip o x o n d rik b e m o rla r o 'z la rin in g o d a td a g i ishlash yoki 
yashash uslubini o'zgartirishsa, uzoq vaqt transportda yurishsa yoki hissiy 
va aqliy z o 'riq ish la rg a olib keluvchi h a r q an d ay v aziyatlarda yurak 
u r is h la r i te z la s h ib k e ta d i. U la r y o z n in g issiq k u n la r in i yom on 
o 'tk az ish ad i, doim o salqin jo y g a intilishadi, asosan kunning ikkinchi 
yam iida y urak urishi kuchayadi va nafas yetishmaydi. O vqat (ayniqsa, 
xam ir ovqat) ni to 'y ib yeyish, m ehm onda uzoq vaqt qolib ketish ham 
yurak urishining kuchayishiga olib keladi. Psixogen taxikardiyalarda EKG 
da organik o'zgarish lar kuzatilm aydi. Bem orlarda sim patik tonusning 
oshishi sin u sli ta x ik a rd iy a , p a ra s im p a tik to n u sn in g oshishi sinusli 
bradikardiya bilan namoyon bo'ladi. O datda, bradikardiya kam uchraydi 
va qon bosim ining tushib ketishi, bosh aylanishi, ichak peristaltikasining
191


kuchayishi bilan kechadi. Bu bem orlarda yurak sohasi «qotib qolgandek», 
yurak urishdan «t xtagandek» tuyuladi, nafas yetishmaydi, b o ‘g‘ilib 
y o rd am g a c h a q ira b o sh lay d i. Y u ra k u rish in in g fu n k sio n a l tarz d a
o'zgarishi affektiv holatlarda k o ‘p kuzatiladi. Psixogen taxikardiya unga 
q arsh i d o rila r bilan d a v o la n g a n d a emas, balki sedativ d o rila r yoki 
antidepressantlar berilganda kamayadi.
Psevdorevmatizm
O yoq-qo‘llar va turli b o ‘g ‘imlardagi o g 'riqlardan shikoyat qiluvchi 
b e m o rla r so n -s a n o q s iz d ir. «B od» (rev m atizm ) tash x isi q o 'y ilg a n
bemorlarni keyinchalik yana chuqur klinik va laborator tekshiruvlardan 
o'tkazilganda, ularning deyarli yarm ida bu og'riqlar nevrogen xususiyatga 
ega b o 'lib chiqqan. Hozirgi gipodinam iya asrida artralgiyalar dolzarb 
m uam m o bo'lib, niqoblangan depressiyaning yaqqol, ham m avaqt ham 
aniqlash qiyin b o 'lg a n b elgilaridan biri b o 'lib qo lm oqda. Suyak va 
b o 'g 'im la r d a k u z a tila d ig a n va h a d e g a n d a o 't ib k e ta v e rm a y d ig a n
artralgiyalar, od atd a, boshqa psixonevrologik sim ptom lar bilan birga 
kechadi. A ksariyat atoqli nevrologlar «serebral revmovaskulit» tashxisini 
q o'yish k o'pchilik shifoxonalar, ayniqsa, poliklinikalarda o dat tusiga 
aylanib ketganini, buning uchun bosh, yurak sohasi va bo'g'im lardagi 
og'riqlarning o'zi yetarli emasligini, bu belgilar nevrotik xususiyatga ega 
bo'lishi m umkinligini ta ’kidlab o'tishgan. B a’zi m a’lum otlarga k o 'ra, 
p o lik lin ik a la r va s ta tsio n a rla rd a «revm ovaskulit» va «revm okardit» 
tashxislari 50-60 foiz hollarda n o to 'g 'ri bo'lib chiqqan. Hozirgi davrda 
ham bu m uam m o dolzarb b o 'lib qolm oqda. B a’zan anam nezida bod 
kasalligi mavjudligini asos qilib ham da psixogen xususiyatga ega bo'lgan 
bosh og'riqlar, psevdonevrologik, psevdokardiologik belgilar va EEG, 
R E G dagi funksional o'zgarishlarga qarab, aniq ifodalangan nevrologik 
belgilarni topm asdan, eksperim ental va gistom orfologik tekshiruvlar 
o 'tk az m asd a n , jiddiy xulosalar qilib, klinik tashxis q o 'y ish holatlari 
kuzatilib turadi. XX asrning 70-yillarida aksariyat nevrologlar serebral 
rev m o v ask u litd a bosh m iya qon to m irla ri va uning a tro fid a g i nerv 
to 'q im alarid a chuqur organik o'zgarishlar kuzatilishi va aniq ifodalangan 
nevrologik belgilar aniqlanishin i k o 'rs a tib o'tish g an . H ozirgi kunda 
n e v ro lo g la r «serebral rev m o v a sk u lit» a ta m asi m av h u m tu sh u n c h a
ekanligini aytishm oqda, chunki u bosh miya qon tom irlarida kechadigan 
organik o'zgarishlarni va shu sababli kelib chiqadigan klinik sindrom larni 
aniq ta ’riflab bera olmaydi.
P six o g e n o g 'r iq l a r f a q a t b o 'g 'i m l a r d a k u z a tilm a y , su y a k va 
m ushaklarga tarqab, bemorning h arakat qilishiga butunlay xaiaqit berishi
192


mumkin. Uzoq vaqt bir xil holatda turib qolish, stanok yonida bir necha 
soat tik turib ishlash bemor oyog‘idagi og'riqlarni kuchaytiradi. «Ikkala 
oy o g ‘imga xu dd i tosh osib q o ‘ygandek, y u ray o tg a n d a o y o q larim n i 
q im irla ta olm ay m an , q a d a m tash la g an sayin yurishim q iy in la sh ib
boraveradi», deb shikoyat qiladi bemorlar. Bunday bemorlar, k o ‘pincha, 
« o y o q d a v e n o z qon a y la n is h in in g b u z ilish i» x u lo sa s i b ila n
angioxirurglarga yuboriladi. Ular bu yerda davolanadi yoki yana qay ta’ Ian 
«nevroz» tashxisi bilan nevropatologga yuboriladi. Psixogen artralgi} alar 
va mialgiyalar uchun og'riqlarning ko'chib yurishi ju d a xosdir. Bu k o ‘chib 
yurish aniq b ir nerv tolasi b o ‘ylab em as, balki b e ta rtib y o 'n a lish d a
nam oyon bo'ladi: og‘riq b o ‘g‘imdan yuqoriga yoki pastga, b a ’zan boshqa 
sohalardan b o 'g 'im tom onga qarab yo'naladi. Bemor o ‘z og'riqlariga 
ta ’rif berayotganda, hech joyi og'rim ay turadi yoki og'riqlam i sezmaydi. 
Bemor shikoyatlarini aytib bo'Igandan so‘ng doktor tekshirishga kirishsa. 
o g ‘riq yana p ay d o b o ‘ladi. Bunga psixogen o g 'riq la r bilan organik 
xususiyatga ega b o 'lg an og 'riq larn i qiyoslash paytida, alb atta, e ’tibor 
berish kerak.
Psixogen artralg iy alard a b o 'g 'im la rd a shish paydo b o 'lib , hattoki 
atrofiga suyuqlik to 'p lan ish i m umkin. Bu holat o g 'riq kuchli b o 'lgan 
paytlarda yuz beradi. Shunisi e’tiborliki, bu « o 'tk ir b o 'g 'im sindrom i» 
affektiv b u z ilish la rd a an iq bir v a q td a ro 'y b e ra d i, y a ’ni b e m o rlar 
navbatdagi xurujning vaqtini aniq aytib bera olishadi (masalan, har uch 
kunda, har haftada). Y allig'lanishga qarshi davo choralari o'tkazilm asa- 
da, bu sindrom o 'tib ketadi. B a’zan tashxis tasd iq lan m asd an , faq at 
og'riqning kuchini asos qilib olib, b o 'g 'im b o'shlig'idan suyuqlik olinadi 
va un in g ich ig a g o rm o n y u b o rila d i. Bu m u o la ja ik k i-u c h m a rta
tak ro rlan g an d an so 'n g o 't a toza b o 'lg an b o 'g 'im yorig 'ig a infeksiya 
tushib, haqiqiy yallig'lanish jarayoni boshlanib ketishi m umkin.
B a’zi hollarda artralgiyalarning sababi affektiv buzilishlar ekanligi 
aniqlanmasdan, konservativ usul yordam bermagach, bem orlarga jarrohlik 
usullari tavsiya qilinadi. XIX asrning m ashhur nevrolog olim laridan biri 
Oppengeym (1894) shunday bir voqeani misol keltiradi: «Tizza bo'g'im ini 
rez e k siy a q ilis h ta v s iy a q ilin g a n b ir b e m o rn i j a r r o h l a r d a n biri 
operatsiyadan oldin m enga m aslahatga yuborgan ekan. Ik k ita q o'ltiq 
hassada kirib kelgan bemor biroz vaqtdan so'ng ularni q o'lida ushlab, 
m ening xonam dan o 'z i yurib chiqib ketadi. C hunki unda b o r-y o 'g 'i 
«b o 'g 'im nevrozi» edi, xolos».
Xuddi shunga o'xshash voqea bizning tajribam izda ham ro 'y bergan. 
Viloyatdan A. ismli 15 yashar qizni travm atologiya-ortopediya bo'lim iga 
davolan ish ga y uborishadi. B em orning hech joyi o g 'rim a sd i, u faqat 
tizzalarini buka olm as edi, xolos. K asallikning boshlanganiga uch oy
193


b o 'lib , qilingan barcha ch o ralar yordam berm agani sababli bemorni 
Toshkentga davolanishga yuborishadi. Unga turli tashxislar qo'yilgan 
edi: «revm atoid artrit», «revmatizm», « b o 'g 'im lar orasiga suyak o'sib 
chiqqan» va hokazo. Lekin rentgenogram m ada tizza bo'g'im larida hech 
qanday patologik o'zgarish yo 'q edi. Bunga viloyatdagi doktorlar ham 
e ’tib o r q ilis h g a n , a lb a tta . L ekin d a v o la s h m u o la ja la ri y o rd a m
berm ayotgani sababli bemorni m arkazga m aslahat uchun yuborishgan. 
Bemor tashqi k o 'rin ish id a n ju d a tinch, o'ziga bino qo 'y g an , yoshiga 
qaraganda gavdali edi. U ning otasidan (bem or otasi bilan kelgan edi) 
qizning xulq-atvori haqida so'raganim izda, qiziga ijobiy t a ’rif bergan 
edi: «Uydagi ham m a ishlarni qiladi, onasiga qarashadi, lekin sal erkaroq, 
aytganini qildiradi». «Qizda kasallik boshlanishidan oldin ruhiy siqilishlar 
bo'lganm i», deb so 'rag an im izd a, otasi « Y o ‘q», deb jav o b berdi. Biz 
bemom i xonada yurgizib, kursida o'tqazib va karavotda yotqizib tekshirib 
ko'rdik. Bu h arakatlam i u ikkala oyog'ini tizzasida bukm asdan bajardi. 
Bemoming otasidan qizning kechqurun uxlaganda oyoqlari qay holatda 
bo'lishini bilib berishini so'radik. U viloyatga, qizning onasiga telefon 
qilib, qizi kechasi uxlab yotganda, u yoq-bu yoqqa qayrilib yotishini, 
b a ’zan esa g'ujan ak b o 'lib olishini bilib berdi. Bizda kasallik psixogen 
xususiyatga ega ekanligiga hech qanday shubha qolmadi. Shu zahotiyoq 
p s ix o lo g ik s u h b a td a n s o 'n g d a v o la y b o s h la d ik . Bu y e rd a h am
platseboterapiya usulini qo'lladik, ya’ni bemorga «Germ aniyada ishlab 
chiqarilgan, tizzani darrov bukib-ochib yuboradigan dorini shpritsga 
tortib tizza qopqog'ining atroflariga yuborishimizni» va bem om ing tizzasi 
10
daqiqa o 'tg ac h , qizib ketishini, ana shunda uning o 'zi asta-sekin 
tizzasini bukib-ochishi kerakligini uqtirdik. X uddi kutganim izdek, 10 
daqiqadan so'ng bemor ikkala tizzasining qizib borayotganini aytdi. Biz 
unga tizzasini endi bukib-ochishi zarurligini qattiq tayinladik. Bemor 
bizning talabim izni bajarib, bemalol xonada yura boshladi.
Ikki kundan so'ng bizga qizning onasi q o 'n g 'iro q qilib, m uhim bir 
m a ’lu m o t b erd i. M a ’lum b o 'lish ic h a , qiz o ta sid a n d u g o n asin ik ig a 
o'xshash qim m atbaho palto olib berishini so'ragan. Otasi rad javobini 
bergan va qizini urishgan. On*si ham otasining tarafini olgan. Qiz yig'lab- 
yig'lab uxlab qoladi va ertalab tursa, ikkala oyog'i ham qotib qolgan 
b o 'la d i. T ab iiy k i, o ta -o n a qizidagi bu h o latn i kechagi ja n ja l bilan 
b o g 'la m a g a n va « Q izim izn in g o y o q la ri sh a m o lla b q o lib d i» , deb 
kasalxo n ag a yugurishgan. Bu voqea otasining esidan chiqib ketgan, 
o n a s in in g esa fa q a t biz « R u h iy s iq ilis h la r b  Im a g a n m i? » deb
so'raganim izdan so'nggina esiga tushdi.
Bunday psixogen buzilishlar yosh bolalarda ham bo'ladi. Uch yoshdan 
sal oshgan bola yugurib o'ynab yurgan paytida qattiqroq yiqilib tushadi
194


va chap oyog'ining sonidan lat yeydi. Og'riqdan oyog'ini qimirlata olmay 
qoladi, q attiq yig‘laydi. Bolani o 'sh a zahoti kasalxonaga olib b orib, 
travmatologga ko'rsatishadi. Oyog'i rentgen qilinganda, bolada suyakning 
singan belgilari topilmaydi. Lekin bolaning oyog'i ozgina lat yegan edi
shuning uchun bolaga og'riqsizlantiruvchi ukollar qilib, lat yegan joyni 
bog'lab uyiga jo'natiladi. Bolani bir hafta mobaynida ehtiyot qilish, iloji 
boricha oyoq'ini avaylash buyuriladi. Bir hafta doktorning tavsiyalari 
bajariladi va bola iloji boricha qo 'ld a k o 'tarib yuriladi. Lat yegan joy 
butunlay bitib ketadi. D oktor bog'lamlarni olib tashlaydi va bolani yerga 
q o 'y ib «Endi o'zing yur!» deydi. Bola bu iltimosni rad qilib, chinqirib 
yig'lab onasiga yopishadi. Onasi bolani k o 'ta rib olgandan so 'n g bola 
yig 'lashd an to 'x ta y d i. Bola yiqilganda, nerv tolalari ezilgan b o 'lish i 
mumkin, og'riq o'shandan bo'lsa kerak, deb nevropatologga m aslahatga 
borish tavsiya qilinadi. Bolani bizga olib kelishadi. Uning injiqligi va 
buning ustiga, q attiq q o 'rq q an i bilinib tu rar edi. Uni kursiga o 'tqizib
tekshirayotganda, yig'lab yuborishi, onasining oldiga o'tqizib tekshirganda 
esa jim o'tirishi e’tiborimizni tortdi. Chalg'itish uslubiga o'tdik. Bolaga: 
«Men tekshirayotganimda sen kursida indamay o'tirsang, mana shu konfetni 
olasan», deb uqtirildi (bola uj'da tekshirilayotgan edi). Bola aytganimizni 
qildi. T o p sh iriq y an ad a m u rak k ab lash tirild i: «Endi k u rsidan o 'z in g
tushsang, m ana bu o'yinchoqni beraman». 
0
‘yinchoq (tank) juda chiroyli 
bo'lganidan bola «og'riqni» ham esidan chiqarib, kursidan sakrab tushdi. 
«Endi sen m ana shu o'yinchoqni o'ynab tur, biz onang bilan maslahatlashib 
olamiz», deb bolaning harakatlarini chekkadan kuzatib turdik. Bola gilam 
ustiga cho'kkalab olib, xonaning u yog'idan bu yog'iga g'ildirakli tankni 
h aydab rosa o 'y n a d i. O na-bola ketishga shaylanishganda, bola yana 
ko'taring, deb onasiga yopishib oldi. Bolaga «Agar sen zinapoyadan pastga 
o 'z in g y u rib tu sh sa n g , m en senga b a lk o n d a n m ana sh u k o p to k n i 
tashlay m an » , deb v a ’da berdik. Bola besh qavatli uyning beshinchi 
qavatidan onasi bilan o'zi yurib pastga tushdi. Koptok balkondan pastga 
tashlanganda, dum alab ancha joyga ketib qoldi. Bola xursand bo'lganidan 
koptokning izidan yugurib ketdi.
Poliklinika va statsio n arlarda bo'g 'im lard agi o g 'riqlardan shikoyat 
qiladigan bem orlarning psixologik statusini yaxshilab tekshirm asdan 
kuchli antibiotiklar, gorm onlar, salitsilatlar, fizioterapevtik m uolajalar 
bilan uzoq vaqt m uvaffaqiyatsiz davolash hollari uchrab turadi. Bunday 
uslubda ishlaydigan vrachlarni m ix kirib yorilgan ballonning teshigini 
mixni olib tashlam asdan turib har xil zamonaviy b o'yoqlar va yelimlar 
bilan yopishga uringan ustalarga o'xshatishgan. X o'sh, unda qanday qilib 
bem orda psixogen artralgiya borligini aniqlash mumkin? G ap shundaki, 
h o z irg i d a v rd a p six o g e n a r tr a lg iy a , k o 'p in c h a , ta s o d ifa n y o k i
195


« revm atizm ga» q arsh i d o rila r fo yd a b e ra v e rm a g a n id a n s o ‘nggina 
aniqlanadi. Bu davrda bemor deyarli barcha m utaxassislam ing qabulida 
boMadi va nihoyat, unda psixogen artralgiya borligi aniqlanadi. Shuning 
uchun ham b a’zi mutaxassislar artralgiya aniqlangan bemorlarni psixiatr 
yoki nevropatologga k o ‘rsatish zarurligini aytib o'tishgan.

Download 8,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish