Psixologiy asi


bet17/208
Sana25.03.2022
Hajmi
#508614
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   208
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi, Ibodullayev Z., 2009

davrlarin 
t kuzatiladigan har 
qanday asab-ruhiy kasallik o'z vaqtida aniqlanib, unga davo qilinishi 
g'oyat muhim masala hisoblanadi.
E ndi eng m u rak k a b m u am m o lard an b iri b o 'lm ish b o la la rd a
uchraydigan giperaktiv sindrom haqida so'z yuritamiz.
1.4. Giperaktiv sindrom
Giperaktiv sindrom, ayniqsa, erta maktab yoshidagi bolalarda ko'p 
kuzatiladi. Ota-onalar bolasining bebosh bo'lib qolganligi, bir joyda o'tira 
olmasligi, gapga quloq solmasligi, qo'lidagi narsalarni hadeb tushirib 
yuborishi, sergapligi va uni hech tarbiyalab bo'lmayotganligidan shikoyat 
qilishadi. Ular aksariyat hollarda bu bolalarni psixologga ko'rsatmasdan 
qattiq tarbiyaning turli yo'llarini ishga solib «mayib» qilib qo'yishadi.
Bolalar yashashni hayotdan o'rganadilar. Agar bola tanqid qilinaversa,
nafratlanishga, adovatda yashasa, tajovuzkorlikka o'rganadi, masxara
qilinsa, u indamas, odamovi bo'lib qoladi, hadeb tanqid qilinaversa, u o ‘zini
gunohkor his qilib o‘sadi. Agar sabr-toqat, xotirjamlik bilan o‘stirilsa, u
boshqalarni tushunishni, maqtalsa, u minnatdor bo'lmoqlikni o'rganadi. Agar
bola vijdoniylik va halollikda ulg'aysa, u adolatli bo‘lishni, xavfsizlikda
yashasa hamda qo‘llab-quwatlansa, unda o'z kuchiga ishonch paydo bo‘ladi
va boshqa insonlarga ishonish lozimligini o'rganadi.
X o 'sh , gip erak tiv sindrom ning s a b a b la ri n im alard a n ib o rat? 
H o m ila d o rlik p ay tid ag i tu rli k a s a llik la r (anem iya, avitam in o z, 
infeksiyalar, aroqxo'rlik, chekish, nevrologik kasalliklar va h.k), tug'ish 
paytidagi asoratlar, go'daklik davridagi kasalliklar va albatta, ota-ona 
orasidagi urush-janjallar, n o to 'g 'ri tarbiya bu sindrom ning asosiy 
sabablaridandir.
Giperaktiv sindromning asosiy belgilari bola irodasi, his-tuyg'ulari 
va xulq-atvorining buzilishidan iborat. Shuningdek, bu holat quyida 
ko'rsatilgan holatlarda ham yaqqol namoyon bo'ladi:
1
) impulsiv harakatlar.
2
) bir joyda tinch o'tira olmaslik;
24


3) boshlagan o'yinni oxiriga yetkazmaslik;
4) birovning (ayniqsa, ota-onaning) gapiga quloq solmaslik;
5) o‘z bilganidan qolmaslik, qaysarlik;
6
) diqqatning pasayishi, uquvsizlik;
7) atrofdagilar ishi va boshqa bolalar o ‘yiniga aralashish, ularga xalaqit 
berish;
8
) tez-tez janjal chiqarish, ukalariga azob berish yoki ularga butunlay 
befarqlik;
9) o ‘zining narsalarini bog‘cha, m aktab yoki boshqa joyda unutib 
qoidirish;
10
) berilgan savolga shoshib javob berish;
1 1
) tez xafa bo‘lish, yig'loqilik;
1 2
) enurez;
13) boshi og‘rib turishi;
14) fikrining tez chalg‘ ishi;
15) sergaplik.
Giperaktiv bolalarning aksariyati o'z tengqurlaridan zehni o ‘tkirligi 
bilan ajralib turadi. Shunday bo‘lsa-da, ularning nutqi yaxshi bo‘lmasligi, 
nozik h a ra k a tla r ta la b qiluvchi ish la rn i bajarish yoki yangi 
mashg‘ulotlarni o ‘zlashtirishda qiynalishlari mumkin. Ularning ba’zilari, 
um um an, rasm solishga n o 'n o q b o ‘lsa, boshqa birlari (ayniqsa, 
chapaqaylari) juda kuchli rassom bo‘lishadi. Yuqorida sanab o'tilgan 
simptomlarning 70 foizi aniqlangan bolalarga giperaktiv sindrom tashxisi 
qo'yiladi.
Oila a ’zolarining bunday bolalar bilan to ‘g‘ri munosabatda boMishi 
juda katta aham iyatga ega. G iperaktiv boladagi ortiqcha impulsiv 
harakatlami pasaytirish va ularni bir maromga keltirish ota-onadan katta 
sabr-toqat talab qiladi. Ularning tarbiyasida bir tom ondan keraksiz 
qattiqqo'llikni, ikkinchi tomondan esa ortiqcha rahmdillikni kamaytirish 
kerak. Chunki o ‘ta qattiqqo‘llik bolani battar qaysar va o‘jar qilib qo‘ysa, 
o ‘ta rahmdillik undagi yig'loqilik va erkalikni kuchaytiradi. Bolani hadeb 
urib-so‘kaverish unda butun umrga og‘ir ruhiy jarohatlar qoldiradi. 
Bolaga qo'yilgan talab uning yoshiga mos bo'lishi va undan o ‘zi bajara 
olmaydigan ishlarni talab qilmaslik kerak. Bola tarbiyasi haqida uning 
yonida bahslashmaslik kerak. Tarbiya faqat tanbehdan iborat bo‘lmasligi 
va boladagi har bir kamchilik unga yotig'i bilan tushuntirilishi zarur.
Psixolog ota-onaga giperaktiv bolani davolash uzoq vaqt davom 
etishini tushuntirishi va aniq ko‘rsatmalar berishi zarur. Bolaning xulq- 
atvoridagi o'zgarishlarni faqat so‘z bilan emas, balki uning fikrini 
chalg‘ituvchi ishlar bilan davolash o ‘ta muhimdir. Buning uchun bola 
turli to‘garaklar va sportningo‘zi istagan turiga (suzish, gimnastika, tennis,
25


futbo] va h.k) qatnashishi lozim. Sport bolaning xulq-atvoriga keskin 
ijobiy ta ’sir k o 'rsa ta d i. Bolani sportga berishdan oldin uni tibbiy 
ko'rikdan o'tkazish va aniqlangan kasalliklarni o'z vaqtida davolash 
zarur. Chunki k o 'p hollarda giperaktiv sindrom boladagi bosh miya 
kasalliklari va turli surunkali infeksiyalar (tonzilit, gaymorit, otit va h.k) 
asoratidan ham bo'lishi mumkin. Nevrolog olimlar boladagi giperaktiv 
sindrom ning as! sababi bosh miya b a ’zi to 'q im ala rin in g tu g 'm a 
yetishmovchiligi va notekis rivojlanishi (sababli) deb ham qaramoqdalar. 
Bunday paytlarda, odatda, miyaning minimal disfunksiyasi tashxisi 
qo'yiladi. Ammo psixologlar bu fikmi inkor qilmagan holda 

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish