«Transkortikal motor afaziyada bemoming gapira olmaslik sababi Brok
markazi funksional faoliyatining pasayishidir», degan edi.
Z. Freyd fanda yangi yo‘nalish, y a’ni psixo-analizni yaratadi. U
ruhiy-asabiy buzilish-larning har bir belgisini tah lil qildi, isterik
simptomlarning sababi va sirlarini o'rgandi, ulam i ruhiy ta ’sir qilish
yo'li bilan davolay boshladi. Ongsizlik haqidagi ta ’lim otni yaratdi.
Seksual hayotning ruhiy faoliyat bilan uzviy bog'liqligini o'rgandi. Z.
Freyd fiziologlar (I.P. Pavlov) ham da n ev ro p ato lo g va psixolog
olimlarning (Ernst Krechmer, Emil Krepelin, Eygen Eleyler) ishlaridan
ham xabardor edi.
Z .F rey d fan o lam id a m ard o lim lard an biri edi. A gar uning
dunyoqarashiga zid va isbotlangan yangi dalillar paydo bo'lsa, Z. Freyd
ularni o'ziga xos mardlik bilan qabul qilardi. Masalan, isteriyalarni faqat
seksual buzilishlar nuqtai nazaridan tushuntirib bergan Z. Freyd birinchi
jahon urushida juda ko'p askarlar orasida isterik simptomlami kuzatgan,
urushdan qaytgandan so'ng esa ularda bu belgilar butunlay yo'q bo'lib
ketgan. Bu holatni kuzatgan Freyd panseksualizm g'oyasidan biroz
chekindi. Shuni ta ’kidlash lozimki, mashhur fiziolog I.P. Pavlovning
eksperimental nevrozlar konsepsiyasini yaratish g'oyasiga Z. Freydning
shu sohaga taalluqli maqolasi ham sabab bo'lgan.
Z.Freyd isterik nevrozlarning kelib chiqishida I.P. Pavlovning
torm ozlanish va qo'zg'alish jarayonlari haqidagi t a ’limotini yuqori
baholagan. Sobiq sho'ro tuzumi davrida bu ikkala buyuk olimning ishlari
bir-biriga qarama-qarshi qo'yilib, mashhur psixoanalitik Z. Freyd asossiz
qoralab kelindi. Ammo uning inson psixologiyasini o'rganishda qilgan
olamshumul ishlari butun dunyoda tan olingan edi.
Z. Freyd katta bir maktab yaratdi va buning natijasida fanda freydizm
yo'nalishi paydo bo'ldi. Bu haqda kitobning «ongsizlik» qismida batafsil
m a’lumot beramiz. Uning dastlabki safdoshlari va shogirdlari A. Adler
va K.G. Yunglar nevrozlarning kelib chiqishiga oid o'z nazariyalarini
ilgari surishdi. A. Adler fanda individual psixologiya g'oyasini ko'tarib
chiqqan bo'lsa, K.G. Yung o'z e’tiborini analitik psixologiyaga qaratdi.
XX asming birinchi y arn id a mashhur psixiatr E. Krechmer (uni
tib b iy o t psix olog iy asin in g o tasi deb ham ata sh a d i) «T ibbiyot
psixologiyasi» asarini yozadi. U tibbiyot psixologiyasini alohida fan
sifatida ajratdi va bu uni barcha tibbiy, falsafiy va biologik fanlar
yutug'iga asoslanib o'rganish zarurligini uqtirdi. E. Krechmer odam
ruhiyatining shakllanishi va buzilishida tug'm a konstitutsional omillarga
katta e’tibor berdi.
Download
Do'stlaringiz bilan baham: