Psixologiy asi


bet149/209
Sana16.03.2022
Hajmi
#494089
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   209
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi, Ibodullayev Z., 2009

giperkinezlar 
bilan ham namoyon bo'ladi, 
agar patologik jarayon striar sistema yadrolarida joylashsa. Giperkinezlar
- tananing turli joylarida kuzatiladigan ixtiyorsiz harakatlardir. Bular 
ichida xoreya alohida o'rin tutadi. Xoreya - asosan yuzda joylashgan 
mushaklarda kechadigan tez-tez bo'lib turuvchi giperkinezlardir. Biroq 
xoreik giperkinezlar tez orada bo'yin mushaklari va qo'l barmoqlariga 
ham o'tishi mumkin. Xoreik giperkinezlar bolalarda ko'p uchraydi va 
buning sababi LOR a ’zolari infeksiyalari, ayniqsa tonzillitdir. Tonzillit 
sababli paydo bo'lgan xoreik giperkinezlar odatda kasallik sababi 
yo'qotilgandan keyin o'tib ketadi, biroq po'stloq osti ensefalitlarida esa 
ijobiy natijaga erishish ancha qiyin kechadi.
Xoreik giperkinezlar boshlashdan bir necha oy ilgari bolaning xulq- 
atvori o'zgarib boshlaydi. Ota-ona, hatto vrachlar ham bolada jiddiy 
kasallik bo sh lanay o tg an ligin i d arro v p ay q ash m ay d i va unga 
«Giperdinamik sindrom» deb tashxis qo'yishaui (1-bobga qarang). 
Bolaning xulq-atvori shu darajada o'zgaradiki uni maktabda ham, uyda 
ham tartibga chaqirishaveradi. Ammo ular yordam bermaydi. Biron 
oylardan keyin bolaning ko'z atrofi mushaklarida giperkinezlar paydo 
bo'ladi, bola ko'zini yumib ochaveradi, qoshini qoqaveradi. Ko'zni 
yum ib-ochuvchi m u shak lard a b o 'la d ig a n bun day giperk in ezlar 
blefarospazm deb ataladi. Bunday bolalar joyida ham tinch o 'tira
olmaydi, ovqatlanayotgan paytda choyni yoki qoshiqdagi ovqatni to'kib 
yuboradi, shoshib ovqatlanadi. Bunday bolalar ota-onasidan tez-tez dakki 
yeb turishadi. Xoreik giperkinezlar, ayniqsa yuzdagi, hayajonlanganda 
kuchayadi, tinchlanganda kamayadi, uyqu paytida esa bo'lmaydi. Xoreik 
giperkinez bilan kasallangan bemorlar nafaqat uyda, balki ko'chadan 
ham dakki yeb kelishlari mumkin. Toshkent metrosida shunday bir qiziq 
voqea yuz bergan. Yuzida xoreik giperkinezlar bor N. ismli 15 yashar 
yigit ertalab metroga tushadi. Vagonda uning ro'parasiga xuddi shu 
yoshlardagi qiz onasi bilan o'tirib qoladi. Qiz juda chiroyli bo'lganligi 
sababli N. unga tikilib qarayveradi. Qiz ham unga kulib qaraydi. 
H ayajonlanganidan N. ning ko'z atrofi m ushaklarida giperkinezlar 
boshlanadi, ya’ni u qoshini qoqib, ko'zini pirpirataveradi. Ikkala yosh 
orasidagi bunday vaziyatdan jahli chiqqan va atrofdagilardan uyalgan 
ona «Yoshgina bo'lib uyalmaysanmi?!» deb yigitning yuziga bir shapaloq 
tushiradi. Bola qattiq uyalganidan keyingi bekatda vagondan tushib 
ketadi va uyiga kelib «Meni doktorga olib boring» deb janjal ko'taradi. 
Shu kuni bu yigit onasi bilan bizning qabulimizga keldi. Kulgili bu
283


vaziyatning yuzaga kelishiga sabab giperkinezlarning bitta, ya’ni faqat 
o'ng ko‘zda bo‘layotgani edi.
Giperkinezlarning kam uchraydigan, biroq og'ir turlari ham mavjud. 
Bular torsion distoniya, atetoz, gemiballizm, gemitremor va h.k. Ular 
haqida m a’lumotlar nevrologiya darsliklarida keltirilgan.
Shunday qilib, bosh miya va uning yallig'lanish kasalliklarida 
kuzatiladigan ruhiyatning turli darajadagi buzilishlari va ularning 
nevrologik simptomlar bilan birgalikda namoyon bo'lishi bu buzilishlarni 
erta aniqlash, davolash va reabilitatsiya muolajalarini to'g'ri olib borishni 
taqozo etadi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish