39-rasm. Enscfalitda zararlanadigan pstlo osti tuzilmalari.
280
Bolaning xulq-atvori boshqarib bo'lm aydigan darajada o'zgaradi,
albatta, bu buzilishlaming qay darajada ifodalanishi oyoq-qo‘llardagi
falajliklar darajasiga ham bog'liq. O datda, chuqur falajliklar xulq-
atvorning og'ir buzilishlari bilan namoyon bo'ladi. Tetraparezlar (ikkala
q o 'l va ikkala o y o g 'd a g i fa la jlik la r) bilan k u z a tila d ig a n
meningoensefalitlarda aksincha bola o 'ta sust, nutqi buzilgan, aqliy
rivojlanishdan orqada qolgan va tos a ’zolari vazifalari buzilgan bo'ladi.
Bunday b o lalar doim iy yordam ga m u htoj b o 'lib , o d a td a , uzo q
yasham aydilar. C hunki tan a haro rati k o 'tarilish i bilan kechuvchi
k asallik lard a u la rn in g ahvoli y an ad a o g 'irla sh ish i m um kin.
Meningoensefalit o'tkazgan bolalarda yurak faoliyati ham buzilgan
bo'ladi, odatda bradikardiya ko'p kuzatiladi.
Falajliklaming uzoq davom etishi umurtqa pog'onasida deformatsiya,
qo'l va oyoq bo'g'im larida kontrakturalarning rivojlanishiga sababchi
b o 'la d i. Bu esa n ey ro p six o rea b ilita tsiy a ja ra y o n la rin i y a n a d a
qiyinlashtiradi. Ba’zan meningoensefalitlarda falajliklar to'la yo'qolib,
bolada nutq va xulq-atvor buzilishlarining yengil turlari kuzatiladi. Rejali
tarzda olib boriladigan davolashlar natijasida bunday buzilishlar to 'la
barham topishi mumkin.
Ensefalit - bosh miya to'qimalarining yallig'lanishi. Agar patologik
jaray o n p o 's tlo g ' o sti tu zilm alarid a jo y la sh sa , unda p a llid a r
(parkinsonizm) yoki striar (giperkinezlar) sindrom rivojlanadi. Bu holat
po‘stloq osti ensefaliti uchun xosdir. Po'stloq osti tuzilmalari hissiyot
shakllanishida o 'ta muhim ahamiyatga ega. Hissiyot va uni ta ’minlab
beruvchi tuzilmalar haqida VI bobda batafsil m a’lumot berilgan. Po'stloq
osti tuzilmalarining har qanday patologiyasi, albatta, hissiyot buzilishi
bilan namoyon bo'ladi. Masalan, bolaning burun bo'shliqlarida uzoq
davom etuvchi yallig'lanish jarayonlari kuzatilsa va shu sababli hidlov
funksiyasi buzilsa bolaning xulq-atvori buziladi, ya’ni unda giperaktiv
sindrom belgilari paydo bo'ladi. Chunki hidlov nervi orqali po'stloq osti
tuzilmalariga kelib turuvchi impulslar hissiyot aylanasi bo'lmish Papes
aylanasi faoliyati uchun o 'ta m uhim dir. X ushbo'y hid kayfiyatni
ko'tarishining sababi ham ana shunda. P o‘stloq osti tuzilmalari ushbu
rasmda keltirilgan.
Pallidar sindrom bilan namoyon bo'luvchi ensefalitlarda bolaning
barcha ixtiyoriy harakatlari o 'ta sustlashgan bo'ladi, ular sekin gapiradi
(monoton nutq), sekin harakatlanadi (bradikineziya), mimik mushaklar
harakati ham sust b o 'lib (am im iya, gipom im iya), ularning tashqi
ko'rinishi yuziga niqob kiygan odamni eslatadi. H atto ko'z mushaklari
harakatlari ham sustlashadi, shuning uchun ham ular bir nuqtaga tikilib
qarab turishadi. Yuzda ifodalangan bunday patologik belgilar bolalar
281
va o ‘sm irlar uchun xos bo‘lgan quvnoqlik va sho'xlik alomatlarini
butunlay yo‘qqa chiqaradi, hissiy reaksiyalami aks ettirib turuvchi yuz
va ko‘zlar go‘yoki qotib qoladi. Bunday bolalarning tashqi ko'rinishi va
harakatlari yoshi bir joyga borib qolgan odamni eslatadi. Ular kam
kulishadi, kulsayam ochilib kula olmaydi, bunga qotib qolgan mimik
mushaklar yo‘l qo'ymaydi va natijada kulmoqchi bo'lgan bolada og'iz
ko'ndalangiga cho'ziladi, xolos. Buni «ko'ndalang kulgi» deb atashadi.
Husnixat ham o'zgaradi, ya’ni kattaroq harflar bilan boshJangan yozuv
kichrayib boraveradi (mikrografiya). Buning asl sababi harakatlangan
sayin barm o q m ushaklari ton usining oshib borishidir. Bemor
ovqatlanayotganda, kiyinayotganda, sochini tarayotganda, tishini
yuvayotganda sekin harakat qiladi. U biror bir yumushni uzoq vaqt bajara
olmaydi, chunki bunga qo'l va oyoqlarda plastik tarzda oshgan mushak
tonuslari yo'l qo'ymaydi. Bemor harakatlangan sayin mushaklar tonusi
oshib boraveradi, bu holat plastik gipertonus uchun xosdir. Insultlarda
kuzatiladigan spastik falajliklarda esa harakatlangan sayin mushaklar
tonusi pasayib boradi.
K o'z olmasi va mimik mushaklardan tortib, to oyoq va qo'llarda
joylashgan yirik mushaklar tonusining bu tarzda oshuvi bemorni xuddi
muzeylarda biroz bukilib turgan manekenga o'xshatib qo'yadi. Bo'yin
mushaklari tonusining oshganligi sababli bosh biroz oldinga bukiladi,
qo'l va barmoqlardagi bukuvchi mushaklar tonusining oshgani hisobiga
ular ham bukilgan holatda b o 'lad i, oyoqni bukuvchi m ushaklar
tonusining oshishi esa gavdani bukib q o ‘yadi. Bunday holatn i
«bukiluvchilar holati» deb atashadi. Pallidar sistema zararlanganda
kuzatiladigan bunday patologik simptomlar Parkinson kasalligi uchun
ham xosdir. Bunday bemorlar bir joyda tik qotib soatlab turib qolishlari
mumkin, ular uchun turgan joydan harakatni boshlash qiyin, keyin esa
boshlangan harakatni to'xtatish qiyin bo'ladi. Bemor yurib boshlasa
xuddi orqadan birov turtib yuborgandek tez yurib ketadi. Bu holat
propulsiya deb ataladi. Bemomi orqaga turtib yuborsa orqaga yurib ketishi
(retropulsiya), yon tom ondan tu rtsa yon tom onga yurib ketishi
(lateropulsiya) mumkin.
Pallidar sindrom uchun ipoxondrik buzilishlar xos. Bunday bemorlar
sal narsaga xafa bo'lishadi, tez yig'lashadi, ularning fikrini gumon
egallagan b o 'lad i, hech kimga ishonishm aydi, bir gapni hadeb
takrorlashaveradi, qaysar bo'lishadi. Bemoming uyqusi ham buzilgan
bo'ladi, kechalari uxlamay chiqadi yoki tez uyg'onadi. Kunduzi esa
uxlashi mumkin. Ularning xotirasi buzilgan bo'ladi, fikrlash doirasi
torayadi, ijodiy ishlarni bajara olishmaydi. Odatda, bunday bemorlarni
davolash yillab davom etadi. Ijobiy natija tez kuzatilavermagach bemorda
282
davolanishga boMgan ishonch yo'qoladi. Bunday paytlarda vrach
bemorni tinchlantirib, davolash jarayoni uzoq davom etishi mumkinligini,
buning uchun sabr-toqat va irodali bo'lish kerakligini aytish kerak.
Po'stloq osti ensefalitlari
Download Do'stlaringiz bilan baham: |