Psixologiy asi


Depressiyaning klinik belgilari va tasnifi


bet136/209
Sana16.03.2022
Hajmi
#494089
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   209
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi, Ibodullayev Z., 2009

Depressiyaning klinik belgilari va tasnifi
Depressiyaning klinik ko'rinishi turli-tum an bo'lib, ruhiy-hissiy, 
somatik, xulq-atvor va kognitiv buzilishlar bilan namoyon bo'ladi. Ularni 
shartli ravishda turlarga ajratish mumkin.
Ruhiy-hissiy buzilishlar:
- kayfiyatning tushib ketishi, umidsizlik, g'am-g'ussa;
- doimiy xavotir, yomon voqealarni kutib yashash;
- aybdorlik hissi yoki o'zini hadeb ayblayverish;
- qaysarlik, o'jarlik, o'z bilganidan qolmaslik;
- o'z hayotidan qoniqmaslik va o'zini kamsitish;
249


- atrofdagi voqealarga, yaqinlariga qiziqishning yo'qolishi.
Somatik buzilishlar:
- bosh og'rig'i, nafas olishning buzilishi;
- anoreksiya, bulimiya, qabziyat, ba’zan diareya;
- libidoning pasayishi, impotensiya, hayz ko'rishning buzilishi;
- psevdodermatologik simptomlar.
Xulq-atvor o'zgarishlari:
- o'z joniga qasd qilishga urinishlar;
- biror-bir faoliyatga intilmaslik, kamharakatlilik;
- yolg'izlikka intilish, birovlar bilan muloqotdan qochish;
- ichkilikka yoki turli farmakologik dorilarga ruju qo'yish.
Kognitiv buzilishlar:
- fikrlar karaxtligi, aqliy faoliyatning pasayishi (demensiyadan farqli 
o'laroq o'tib ketuvchi xususiyatga ega);
- parishonxotirlik, xotira pasayishi, ayniqsa eslab qolishning buzilishi;
- uyqu buzilishi (uyqusizlik yoki uyquchanlik).
D epressiya tashxisini q o 'y ish uchun yuqorida sanab o 'tilg a n
simptomlaming aksariyati kamida ikki hafta mobaynida kuzatilishi lozim.
Kasalliklarning xalqaro 10-tasnifida «Affektiv buzilishlar» rukniga 
quyidagilar kiritilgan: hozir kuzatilayotgan depressiv epizod, rekurrent 
(takrorlanuvchi) depressiya, bipolyar buzilishlar (depressiya va maniakal 
holatlarning almashinib turishi), siklotimiya va distim iyani o'zida 
mujassam etgan kayfiyatning surunkali buzilishlari. Affektiv buzilishlar 
klinikasida depressiv epizodlar (katta, unipolyar yoki monopolyar va 
avtonom depressiyalar) alohida o'rin tutadi. Shuningdek, ushbu tasnifda 
nopsixctik ko'rinishdagi affektiv buzilishlar ichida «stress bilan bog'liq 
nevrotik va somatik buzilishlar» hamda «aralash xavotirli va depressiv 
buzilishlar» farq qilinadi.
Agar xavotir va depressiya belgilari birgalikda namoyon bo'lsa-yu, 
biroq vegetativ buzilishlar ustunlik qilsa, unda depressiyaning yengil 
turi haqida so'z yuritiladi. Bunday holatni mutaxassislar «Xavotirli 
depressiya» deb atashadi. Agar vegetativ buzilishlar va depressiya 
belgilari bir xil tarzda namoyon bo'lsa, «aralashgan xavotirli-depressiv 
buzilishlar» tashxisi qo'yiladi. Bularning ichida depressiv epizod, 
odatda, to 'la tuzalish bilan yakunlanadi, biroq, b a ’zi bem orlarda 
vegetativ belgilar uzoq davom etadi. Tuzalgan bemorlarning 30 foizida 
depressiya q a y ta la n ish i m um kin. Bunday h o la t re k u rre n t 
(takrorlanuvchi) depressiv buzilishlar deb ataladi.
Depressiya diagnostikasida uning kechishini to 'g 'ri baholash o'ta 
muhimdir. M asalan, tibbiy amaliyotda ko'p uchraydigan rekurrent 
(takrorlanuvchi) depressiya, depressiv va maniakal bosqichlarning
250


alm ashinib turishi bilan kechadigan bipolyar buzilishlar b a ’zi bir 
diagnostik qiyinchiliklar tug'dirishi mumkin.
Xalqaro tasnifga muvofiq, depressiyaning yengil (subdepressiya), 
o'rtacha va og‘ir turlari farqlanadi.
Depressiyani aniqlashda gipodiagnostika ko'p uchraydi va o ‘nta 
bemordan bor-yo‘g‘i bittasi maxsus davolash muolajalarini oladi, xolos. 
Somatik buzilishlar bilan namoyon bo‘ladigan depressiyalarda bemorlarga 
zarur bo'lm agan tekshiruvlar va shart bo'lm agan dori-darm o nlar 
buyuriladi. Tabiiyki, bunday yo‘l kutilgan ijobiy natijani bermaydi.
Aytib o'tganimizdek, depressiyaga kayfiyatning pasayishi, fikrlar 
karaxtligi va harakatga bo'lgan ishtiyoqning yo'qolishi xosdir. M ana 
shu uchta simptomning uzoq vaqt birgalikda namoyon bo'lishi, depressiya 
tashxisini qo'yishga asos bo'la oladi. Depressiya bilan og'rigan bemorlarga 
dunyoni va atrofda bo'layotgan voqealarni salbiy tarzda qabul qilish, 
o'zining hayotda tutgan o'rnini pessimistik ruhda baholash, o'zini hech 
kimga keraksizdek his qilish o'ta xosdir. Ular doimo xavotirda yashashadi, 
hech qanday faoliyatga qiziqish bo'lmaydi, atrofdagi o'yin-kulgilar va 
yaqinlarining taqdiriga e’tibor ham qilmaydi. U lar doimo xo'rsinib 
yurishadi, chalg'itish uchun biror-bir ishga majburlash mumkin, biroq 
buni shunchaki bajarishadi. Bemorlar uxlay olishmaydi yoki faqat uyqu 
bosaveradi, yomon tushlar ko'rishadi (birovlarni bo'g'ib o'ldirishadi, 
pichoqlaydi, olamdan o'tgan yaqinlari va qonli voqealarni ko'p ko'radi). 
Bu esa bemorlar kayfiyatini yanada tushiradi va ahvolini og'irlashtiradi.
Depressiyaga ta ’rif bera turib, ushbu kasallik uchun xos bo'lgan yana 
bir xavfli belgini aytib o'tish lozim, ya’ni joniga qasd qilishga intilish. 
Shuning uchun ham depressiya barcha davlatlarda ijtimoiy muammoga 
aylangan.
Abdominal buzilishlar haqida so'z yuritadigan bo'lsak, depressiyada 
anoreksiyaning ham ko'p uchrashini ta’kidlash lozim.
Anoreksiya ovqat yeyishdan bosh tortish bilan namoyon bo'ladi. 
Ruhiy shifoxonalarda depressiyaning og'ir turi bilan davolanayotgan va 
ovqatlanishdan butunlay bosh tortgan bemorlarni majburlab, zond orqali 
ovqatlantirishga to 'g 'ri keladi. Lekin bu muammoni ba’zi bemorlarga 
tushuntirish orqali hal qilish mumkin.
Past kayfiyat depressiya xuruji davrida doimo namoyon bo'ladi va 
atrofdagi vaziyatga qarab o'zgaraverm aydi. Biroq kun davom ida 
kuchayib yoki kamayib turishi mumkin.
Aksariyat psixologlarning fikricha, depressiya kuchli, m aqsadga 
intiluvchan, biroq hissiyotga beriluvchan odamlarda k o 'p kuzatiladi. 
Ularning depressiyaga tushishdan oldingi hayoti o'rganilganda, quyidagi 
xususiyatlar aniqlangan:
251


1. Depressiyaga uchragan shaxslarning o ‘ziga xos dunyoqarashi 
bo'ladi, ular atrofdagi voqealarni o'z dunyoqarashidan kelib chiqqan 
holda tahlil qiladigan va hissiyotga beriluvchan shaxslardir. Ular, 
ko'pincha, hayotdan qoniqmay yashashadi, erishgan yutuqlari ularni 
qoniqtirmaydi, faoliyatlariga tanqidiy m unosabatda bo'lishadi, faqat 
marrani egallash uchun yashashadi. Shu bilan birga, boshqalarning, 
masalan, hamkasblarining xatolarini topishni va maslahat berib yurishni 
xush ko‘rishadi. Odatda, ular kuchli odamlardir. Agar uning xatosini 
ko'rsatishsa, bundan qattiq aziyat chekadi va shu odamni yoqtirmay 
qoladi.
2. Ular oilada ham, uyda ham aniq bir reja asosida hayot kechirishga 
intilishadi, o 'ta talabchan bo'lishadi, bola-chaqasidan ham shunday 
yashashni talab qilishadi. Bu, ko'pincha, oilaviy m ojarolarga sabab 
bo'ladi.
3. Ular oila va ishdagi muvaffaqiyatsizliklar, musibatli voqealarni og'ir 
qabul qilishadi, ichkilikka ham tez ruju qo'yishlari mumkin.
4. U lar y o lg 'izlik n i yoq tirishad i, b iro r ishni boshlashsa yoki 
rahbarlardan topshiriq olishsa, uni mukammal bajarishga intilishadi. 
Bunday od am lar arzim agan bahodan ju d a xursand va arzim agan 
koyishdan qattiq xafa bo'lishi mumkin. Shuning uchun ham ularning 
jahlini chiqarish yoki kayfiyatini tushirish osondir.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish