Psixologiy asi


Onkologik bemorlarda ruhiy-hissiy buzilishlarning klinik



Download 8,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/208
Sana01.03.2022
Hajmi8,34 Mb.
#477179
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   208
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi, Ibodullayev Z., 2009 (2)

18.3. Onkologik bemorlarda ruhiy-hissiy buzilishlarning klinik
ko‘rinishi
Onkologik kasalliklarda reaktiv holatlar, birinchi navbatda, xavotirli- 
depressiv sindrom rivojlanishi bilan namoyon bo'ladi. Shuningdek, 
ipoxondriya, isteriya, insomniya va agressiv holatlar yuzaga kelishi yoki 
aksincha, bemorda o'z kasalligiga nisbatan butunlay befarqlik paydo bo'lib, 
vrachlarning xulosalarini butunlay inkor qilish darajasigacha yetishi mumkin. 
Agar bemorda o'tkazilgan operatsiyalar muvaffaqiyatli chiqsa, reaktiv nevroz 
va psixoz belgilari o'z-o'zidan kamaya boshlashi ham mumkin.
Kasallik avj olib, bemorning ahvoli og'irlashaversa, ruhiy buzilishlar 
kuchayib, turli xil gallyutsinatsiyalar, konfabulyatsiyalar, psevdoreminis- 
sensiya, derealizatsiya, depersonalizatsiya va deiiriylar rivojlanishi mumkin. 
Bu sindromlar haqida aw algi boblarda m a’lumot berganmiz. Ular 
kaxeksiya rivojlangan bemorlarda ko'p kuzatiladi va o'tkir ko'rinishda 
namoyon bo'lishi hamda remissiyalar bilan kechishi mumkin. Kasallik 
o'ta kuchaygan paytlarda stupor holatlari ham kuzatilib turadi.
333


Deylik, bemor o'zida rak kasali borligini bilib oldi va uni vrachga 
aytdi. Vrach ushbu vaziyatda qanday yo'l tutishi kerak? T a’kidlash 
lozimki, ba’zi davlatlarda rak kasali aniqlangandan so‘ng, masalan, 
leykoz, bemordan kasallik yashirilmaydi, unga davolanish natijalari bilan 
bog'liq bo'lgan barcha ma’lumotlar beriladi. Chunki bu kasallik bilan 
bog'liq bo'lgan nafaqat tibbiy muammolar, balki oila a’zolari va ish joyi 
bilan bog'liq bo'lgan bir qator yuridik muammolami (masalan, vorislik 
masalalari) ham hal qilishga to'g'ri keladi. Shuning uchun ham xavfli 
kasalliklar aniqlangan bemorlarga kasallik haqida m a’lumot berishni 
individual tarzda hal qilish lozim. Bunda bemorning yoshi, oila va 
jamiyatda tutgan o'mi hisobga olinishi lozim. Albatta, bemorga kasalligi 
turi haqida ma’lumot berilishidan oldin, uning yaqin oila a ’zolari bilan 
maslahatlashish lozim. Agar oila a ’zolari bunga qarshi tursa, sirni 
ochmagan ma’qul.
Mabodo, xabarni eshitgan bemor «Menda undoq kasallik yo'q, 
men ishonmayman», deb m a’lumotni inkor qilsa, vrach uning fikrini 
m a’qullashi zarur. Faqat xavfli o'sma barcha tekshiruvlar natijasida 
aniqlangan taqdirdagina, uni bemorning yaqinlariga aytish lozim. 
Chunki onkologik kasalliklar diagnostikasida yo'l qo'yilgan xatolik 
og'ir asoratlar va janjallarga sabab bo'lishi mumkin. Ba’zan «xavfli 
o'sma» tashxisining keyingi tekshiruvlarda xavfsiz bo'lib chiqqani 
tibbiy amaliyotda uchrab turadi, ba’zan gistologik tekshirishlarda ham 
xatoga y o 'l q o 'y ila d i. D em ak, tekshiruvlar o 'ta aniqlik bilan 
o'tkazilishi zarur.
Bemorga kasallik haqida ma’lumot bermaslikning salbiy tomonlari 
ham bor. Masaian, yaqin orada to'yi rejalashtirilgan yigit yoki qizning 
ota-onasiga farzandining kasalligi haqida deontologiya va etikaning 
barcha prinsiplariga amal qilgan holda ma’lum qilish zarur. Kasalligi 
jiddiy ekanligidan bexabar bemor ko'rsatilgan vaqtda davolanish 
muolajalariga kelmasligi va zarur dori-darmonlarni vaqtida qabul 
qilmasligi yoki uzoq safarlarga ketishi, zararli fizioterapevtik muolajalar 
olishi mumkin. Shuningdek. ushbu kasallik bilan ishlashga monelik 
qiluvchi kasb egalarida, ya’m uchuvchi, poyezd mashinisti, haydovchi 
va shu kabi o'zi va boshqa birovlar hayoti uchun xavfli vaziyatlar yuzaga 
kelishi mumkin. Bunday vaziyatlar juda ko'p va ular vrach tomonidan 
e’tiborga olinishi zarur.
Bemorga kasallik haqida xabar berilgandan so'ng uni davolashning 
afzalliklari haqida batafsil ma’lumot berish lozim. Vrach juda ustalik 
bilan, har bir jumlani to 'g 'ri tanlagan holda, bemor bilan suhbat 
o'tkazishi zarur. Ushbu kasallik bilan davolangan va yaxshi natijalar 
kuzatilgan bemorlarni misol keltirishi ham foyda beradi.
334


Obro‘-e’tiborga ega vrach ishonchli psixologik usullardan foydalangan 
holda, o'ta og'ir onkologik bemorlar bilan ham til topisha oladi va 
ularga o‘z fikrini singdira oladi. Bemorning fikri-zikri esa vrach tavsiya- 
larini bajarishga qaratilgan bo'ladi, hatto umrining so'nggi kunlarigacha, 
ahvoli og'irlashgan paytda ham vrachning tavsiyalaridan voz 
kechmaydigan va hayotga umid bilan qarovchi bemorlar bo'ladi. Bemor 
bilan bunday hamnafas bo'lishga erishish uchun onkolog o'ta mahoratli 
psixolog bo'lishi kerak.
Onkologik shifoxonalarda psixologik yordam faqat suhbatdan iborat 
b o 'lib qolm asligi, bunda bemor fikrini chalg'ituvchi barcha 
imkoniyatlardan foydalanish zarur. Turli xil tadbirlar o'tkazib turish ham 
psixologik taranglikni kamaytiradi. Bir qancha bemorlarni yiqqan holda 
psixologik suhbatlar o'tkazish, mashhur vrachlar bilan uchrashuvlar 
tashkil qilish ham foydali. Yuqorida aytib o'tilganidek, nafaqat 
bemorning o'ziga, balki uning yaqin oila a ’zolariga ham psixologik 
yordam berishga to'g'ri keladi. Agar ular bilan psixologlar va onkologlar 
shug'ullanmasa, bemorlar va ularning yaqinlari «rakdan butunlay xalos 
qilishni» va’da qilayotgan tabiblar va psevdovrachlarga murojaat qilib, 
to'g'ri davolanish uchun o'ta zarur bo'lgan qimmatli vaqtni boy berishadi.
Quyidagi voqea bunga yaqqol misol bo'lsa kerak.
Tibbiyot institutini tugatgan va o'sm a kasalligining dastlabki 
bosqichlaridayoq maxsus tibbiy yordamlardan voz kechib, tabibning 
tavsiyasi bilan «rak kasalligini kuydirib yo'qotish uchun» kerosinni 
burniga tomizib, shuningdek, oz-ozdan ichib yurgan va keyinchalik toksik 
ensefalopatiya, kuchli darajadagi gallyutsinator-illyuzor buzilishlar, 
deliriylar rivojlangan bemorni uyiga ko'rgani borganimda, uning ahvoli 
o'ta og'ir edi. U alahsirab yotar, ro'parasida turgan osma ukol osib 
qo'yilgan kiyim ilgichga qarab, «Yo'qotinglar uni, yo'qotinglar uni», 
deb baqirardi. Men «Kim u?» deb so'raganimda, «U tabib, tabib, u meni 
zaharladi, yo'qotinglar uni, yo'qotinglar», deb alahsirab baqirardi. 
Rafiqasi «Adasi, hozir sizga osma ukol qo'yishadi, u tabib emas, kiyim 
iladigan veshalka», desa ham hadeb hozir aytgan gaplarini takror- 
layverardi. Rafiqasini goh tanirdi, goh uning yonida yig'lab o'tirgan 
singlisi bilan adashtirardi. «Rafiqamni chaqirib kel!» deb uning o'ziga 
baqirardi. Rafiqasi yig'lab: «Adasi, bu menman», desa unga tikilib qarab 
turib, m a’nosiz uzuq-yuluq gaplarni takrorlayverardi. Ovqatga qarab 
turib, uni itarib to'kib yuborardi. Tomirdan qilinadigan dorilarni bemor 
uxlagach, yuborishga to'g'ri keldi va davolanishni shu tarzda davom 
ettirish tavsiya etildi. Eng achinarlisi, endi 28 yoshga kirgan bu yigitda 
oshqozon saratoni aniqlangan edi. Uni operatsiya qilib davolasa bo'lardi, 
u boshqa a ’zolarga metastaz bermagan edi. Bir o'g'il va qizli bu vrach
335


bemorning rafiqasi ham tibbiyot institutini tugatgan edi (ular birga 
o'qishgan). Meni maslahatga olib kelgan akasi ham vrach edi. Aynan 
akasi tabibda emas, onkologlarda davolanishni, operatsiya qildirishni 
qayta-qayta ukasiga uqtirgan. Biroq u vrachlarga va akasining so'zlariga 
quloq solmay, tabibda davolana boshlagan va 6 oy ichida shu ahvolga 
tushgan. Uni tekshirgan boshqa vrachlar ham zaharlanish sababli gepatit, 
nefrit, jigar va buyrak yetishmovchiligi, retinopatiya, arterial gipertoniya 
kasalliklarini aniqlashdi. Yana bir oydan so‘ng bemor vafot etdi. Faqat, 
rakdan emas, zaharlanish asoratlaridan! U yana ancha yil yashashi 
mumkin edi.
Shuni unutmaslik kerakki, hanuzgacha rakdan butunlay xalos qiluvchi 
giyoh yoki dori ishlab chiqilgan emas. Biroq zamonaviy davolash 
usullarini qo'llab, bemomi xavfli o‘smalaming dastlabki bosqichidayoq 
butunlay xalos qilish mumkin. Bu haqda bemorlarga va ularning 
yaqinlariga sam arali tushuntirish ishlarini olib borish lozim. 
Shifoxonalarda bu haqda ilmiy-ommabop devoriy gazetalar osib qo'yish, 
kichik-kichik broshyuralar tayyorlash ham o‘ta muhimdir.

Download 8,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish