Psixologiy asi



Download 8,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/208
Sana01.03.2022
Hajmi8,34 Mb.
#477179
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   208
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi, Ibodullayev Z., 2009 (2)

Nazorat uchun savollar
1. K lim a k te rik sin d ro m nim a?
2. G in e k o lo g ik o p e ra ts iy a la rd a n s o 'n g k u za tilad ig a n ru h iy b u zilish lar
h a q id a so 'z la b bering?
3. A b o rtd a n so 'n g q a n d a y ruhiy b uzilishlar kuzatilishi m um kin?
4. H a y z b u z ilg a n d a a y o lla r x u lq - a tv o r id a q a n d a y o 'z g a r is h la r y u z
b e r a d i?
5. H a y z oldi sin d ro m i nim a?
6. E rk a k la r klim aksi h a q id a s o 'z la b bering.
329


X V III BOB.
ONKOLOGIK KASALLIKLARDA BEMORLAR
PSIXOLOGIYASI
Avvalambor ziyon keltirma.
Gippokrat.
18.1. Umumiy ma’lumotlar
Bugungi kunda onkologik kasalliklar o ‘lim va nogironlikning uchrashi 
bo‘yicha dunyoda birinchi, ba’zi davlatlarda ikkinchi o‘rinni egallaydi. 
Tibbiyot sohasida faoliyat ko'rsatuvchi barcha yo‘nalish mutaxassislari 
o‘z amaliyotida xavfli o'smalar bilan ishlashiga to ‘g‘ri keladi. Chunki 
onkologik kasalliklar inson organizmining deyarli barcha a ’zolarida 
uchraydi. Onkologik kasalliklarga qarshi kurashda nafaqat tibbiyot 
xodimlari, balki biologlar, genetiklar, ximiklar, fiziklar va shu kabi ilm- 
fanning bir qancha yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassislar 
ishtirok etishmoqda.
Olimiarning intilishlari onkologik kasalliklarni erta aniqlash va 
davolash sohasida katta yutuqlarga erishish imkonini berdi. Masalan, 
nevrologiya sohasini misol qilib oladigan bo'lsak, kompyuter tomografiya 
yoki magnitli-rezonans tomografiya bosh miya o'smalarini juda erta 
aniqlash va samarali davolash imkonini berayapti. XX asrning 80- 
yillarigacha esa miya o‘smasi tashxisini aniqlash o‘ta mushkul va juda 
ko‘p urinishlarni talab qilardi. «Bosh miya o‘smasi» tashxisi faraz qilingan 
bemorda chuqur klinik tekshiruvlardan tashqari, bir qancha paraklinik 
tekshiruvlar, 
y a ’ni 
rentgenoskopiya, 
exoensefaloskopiya, 
elektroensefalografiya, reoensefalografiya, lyumbal punksiya. 
pnevmoensefalografiya, serebral angiografiya tekshiruvlari o‘tkazilardi. 
Oxirgi 3 ta tekshiruv k atta diagnostik aham iyatga ega edi. Bu 
tekshiruvlarni o'tkazish uchun bemor shifoxonaga, ya’ni neyroxirurgiya 
bo‘limiga yotqizilardi.
Yuqorida qayd qilingan barcha tekshiruvlardan tashqari, bemorni 
nevropatolog, otonevrolog, okulist, psixiatrlar ham ko‘rishi va o ‘z 
xulosasini berishi zarur bo‘lardi. Ushbu mutaxassislar xulosalari asosida 
yoki ularning ishtirokida konsilium o‘tkazilardi va ana shundan so‘ng 
bosh miyada o ‘sma bor yoki yo‘qligi haqida bir fikrga kelinardi. Demak, 
bemorni shifoxonaga yotqizm asdan va shuncha tekshiruvlarni 
o ‘tkazmasdan turib miya o‘smasini aniqlab bo‘lmasdi va bir bemorga 
aniq tashxis qo'yish uchun deyarli 10 nafar shifokor kamida 10 kun 
mobaynida mehnat qilishiga to‘g‘ri kelardi. Vaholanki, tekshiruv larga 
vo'qotilgan har bir kun erta davolashni boshlash uchun yo'qotilgan har
330


bir kun bilan barobardir. Mana shu kunlar mobaynida vrachlarning xatti- 
harakatidan aksariyat bemorlar o‘zida o'sma kasalligi izlanayotganini 
bilib olar, bu esa bemor va uning yaqinlari uchun katta xavotir tug‘dirar 
edi. Hozir-chi? Hozir bemorda bosh miya o‘smasi bor-yo‘qligini aniqlash 
uchun deyarli bir soat vaqtning o'zi yetarli, xolos, ya’ni KT yoki MRT 
tekshiruvlariga ketgan vaqt.
Albatta, bir bemomi bir necha mutaxassisning sinchiklab tekshirishi 
va o'zaro maslahatlashishlari vrachning klinik tafakkuri va mahoratini 
yanada oshiradi. Biroq u paytlari ham, hozir ham vrachning maqsadi 
yagona bo'lgan, bundan so'ng ham shunday bo'lib qoladi. Bu ham bo'lsa 
tashxisni erta aniqlash va davolashni erta boshlash.
Shu yerda aytib o'tish lozimki, «КТ va MRT kabi zamonaviy 
tekshirish usullari bebaho tekshiruvlardir, biroq ularning paydo bo'lishi 
vrachlarni dangasa qilib qo'ym oqda, ular o 'z ustida ishlamay 
qo'yishmoqda», degan fikrlar mavjud. Bu holat tibbiyotga endi qadam 
qo'yib kelayotgan vrachlarda klinik tafakkurning shakllanishiga to'sqinlik 
qilmoqdami? Bu savolga ham «ha», ham «yo'q», deb javob berish 
mumkin. Shu muammoni nevrologiya misolida tahlil qilib ko'raylik. 
Chunki nevrologiyada klinik tashxisni aniqlashda topografik 
diagnostikaning ahamiyati juda yuqori. Agar nevropatolog bemorning 
nevrologik statusini tekshirmasdan turib, uni KT yoki MRT tekshiruviga 
yuborsa, albatta, unda klinik tafakkur rivojlanishi orqada qolishi mumkin. 
Agar u bemorni obdan tekshirib, so'ng KT yoki MRT tekshiruviga 
yuborsa, albatta, uning klinik tafakkuri rivojlanib boradi. Chunki u 
tashxisni to 'g 'ri yoki n o to 'g 'ri qo'yganini bilib oladi. Xatosining 
sabablarini izlaydi, qayerda qanday kamchilikka yo'l qo'yganini anglab 
yetadi. Bemomi yana tekshirib ko'radi va KT da topilgan o'choq bilan 
o'zi tekshirib topgan belgilarni solishtirib ko'radi. Demak, zamonaviy 
tekshirish usullari faqat vrachning mahoratini oshirishi mumkin, bu esa 
k o 'p jih atd an vrachning ushbu tekshiruvlardan qanday tarzda 
foydalanishiga bog'liq.
Onkologik kasalliklarda bemorlar psixologiyasi haqida so'z yuritishni 
bosh miya o'smasi diagnostikasi bilan bog'liq bo'lgan vaziyatlar bilan 
boshlashimiz bejiz emas. Chunki organizmning boshqa a ’zolarida 
joylashgan o'smalardan farqli o'laroq, bosh miya o'smalarining o'zi bir 
qator ruhiy buzilishlarga olib keladi. Bundan tashqari, miyasida o'sma 
aniqlangan va uni operatsiya qilib davolash mumkinligini bilgan bemor 
og'ir ruhiy vaziyatga tushadi. Chunki gap bosh miya haqida ketayapti! 
Demak, bu yerda vrachning vazifasi ushbu muolajalar bilan bog'liq 
bo'lgan psixologik taranglikni yumshatishdan iborat bo'lmog'i va bu 
masala bilan psixolog emas, aynan neyroxirurgning o'zi shug'ullanishi
331


lozim. Operatsiya murakkab bo‘lsa-da, undan so‘ng bemorga ahvoli 
ancha yaxshilanishi va uni qiynayotgan dardlardan xalos bo'lishini 
davolovchi neyroxirurgning o'zi tushuntirishi lozim.
Neyroxirugiya markazi yoki bo'limiga taklif qilingan psixolog nafaqat 
bemorda o'sma sababli paydo bo'lgan ruhiy buzilishlarni aniqlashi va 
davolashi, balki neyroxirurglar bilan hamkorlikda bemorni operatsiyaga 
tayyorlashda va operatsiyadan keyingi davrdagi davolash jarayonlarida 
faol ishtirok etishi lozim.

Download 8,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish