Psixologiy asi


Ayollarda klimakterik sindrom



Download 8,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/208
Sana01.03.2022
Hajmi8,34 Mb.
#477179
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   208
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi, Ibodullayev Z., 2009 (2)

Ayollarda klimakterik sindrom
Klimakterik sindrom klimakterik davrda bir qancha psixopatologik, 
vegetativ, endokrin, somatik va moddaiar almashinuvining buzilishlari 
bilan kechadigan sindromdir. Turli ma’lumotlarga ko'ra, klimakterik 
davrda klimakterik sindromning uchrash darajasi 40-60 foizni tashkil 
qiladi. Ushbu sindrom premenopauza davrida 36-40 foiz, menopauza 
boshlanganda 40-80 foiz, menopauzadan keyingi 1 yil mobaynida 26 foiz, 
menopauzadan so'ng 2-5 yil o'tgach, 3 foiz bemorlarda uchraydi.
Klinikasi. Klimakterik sindromning klinik ko'rinishi klimakterik 
davrda ko'p uchraydigan asab sistemasi va yurak-qon tomir kasalliklariga 
ham bog'liq.
Demak, klimakterik sindromning 80 foizga yaqini hayz ko'rish 
butunlay to'xtaganda (menopauza) yoki menopauzadan so'ng bir yil 
mobaynida rivojlanadi. Aksariyat hollarda, kasallikning boshlanishiga 
kuchli ruhiy-hissiy zo'riqish turtki bo'ladi.
K l i m a k t e r i k s i n dr omn i ng klinik belgilari:
322


A. Ruhiy-hissiy buzilishlar:
• jahldorlik;
• uyquchanlik;
• holsizlik;
• bezovtalanish;
• depressiya;
• parishonxotirlik;
• ishtaha buzilishi;
• libidoning pasayishi;
• hissiy zo'riqishlar.
B. Vazomotor buzilishlar:
• birdan qizib ketish (yuz va boshda);
• terga botish, muzlab ketish;
• bosh og'riqlar, bosh aylanishlar;
• arterial gipo yoki gipertoniya;
• taxikardiya, nafas yetishmasligi;
• oyoq-qo‘llar uyushishi, og'riqlar.
D. Urogenital buzilishlar:
• qin namligining yo'qolishi, ya’ni qurib qolishi;
• jinsiy yaqinlik paytida og'riqlar;
• qinning qichishishi, achishishi;
• tez-tez siyish, nikturiya;
• ba’zan siydik tuta olmaslik;
• qin devorining tushishi.
E. Terida kuzatiladigan o'zgarishlar:
• terming qurishi;
• timoqlar sinishi;
• soch tushishi;
• ajinlar paydo bo'lishi.
F. Endokrin buzilishlar:
• semirish;
• osteoporoz;
• qandli diabet;
• qalqonsimon bez faoliyati buzilishlari;
• mastopatiya;
• bo'g'im va mushaklardagi og'riqlar.
Klimakterik sindrom uchun o'ta xos bo'lgan belgi (90-95 foiz) birdan 
qizib kctishdir. Bir kunda bir necha m arotaba kuzatiladigan bu 
simptomning davomiyligi 1-2 daqiqadir. Tananing yuqori qismi, ayniqsa, 
yuz va bosh to'satdan qizib ketadi va bu holat darrov o'tib ketadi. Bu 
paytda bemorni kuchli ter bosadi, terisi qizib ketadi, yurak urishi tezligini
323


ba’zan sanab bo‘lmay qoladi, ya’ni u bir daqiqada 150 dan oshib ketishi 
mumkin. Kuchli taxikardiya bilan birgalikda arterial qon bosim ham 
oshib ketadi. Xafaqon kasali bor bemorlarda arterial qon bosim 200/100 
mm.sim.ust. va undan yuqorigacha ko'tarilishi mumkin. Bu xurujning 
boshlanishiga ozgina ruhiy siqilish ham sabab bo‘lishi mumkin. 
Klimakterik sindromda birdan qizib ketish simptomi gipotalamusning 
term oregulyator faoliyati buzilishi bilan tushuntiriladi. Ba’zan 
klimakterik xurujni stenokardiya xuruji bilan farqlashga to‘g‘ri keladi, 
chunki yurak sohasida ham og‘riqlar kuzatiladi. Klimakterik sindromda 
kardialgiyaning kuzatilishi kardiomiotsitlarda moddalar almashinuvining 
buzilishi va simpatik irritatsiyaning kuchayishi bilan bog'liq, deb 
hisoblanadi. Odatda, klimakterik sindrom mavjud yurak ishemik 
kasalligini kuchaytiradi.
Menopauzadan so‘ng organizmning immunologik qarshiligi pasayishi 
sababli mavjud surunkali kasalliklar qo‘zg‘alishi mumkin. Bemorning 
yuqori nafas yo'llarida o'tkir respirator infeksiyalarga o'xshash holatlar 
tez-tez kuzatiladi. Ular sal sovuqda ham tez-tez «shamollab» qolishlari 
mumkin. Shuningdek, surunkali bronxit, vazomotor rinit, konyunktivit, 
stoma tit, laringit, astma va shu kabi boshqa allergik hamda teri kasalliklari 
qo'zg'aladi. Klimakterik sindromda estrogenlar miqdorining pasayishi 
ichki a ’zo va sistemalarning turli patologik holatlarga chidamliligini 
pasaytiradi, ular tashqi va ichki ta ’sirotlarga sezgir bo'lib qoladi. 
Natijada, ichki a ’zolar sohasida, ayniqsa, Zaharin-Xed sohalarida 
achishtiruvchi og'riqlar paydo bo'ladi.
Menopauzadan so'ng jinsiy va siydik ajratish a’zolari to'qimalarida 
atrofik jarayonlar davom etadi va bunday holat ham estrogenlar 
miqdorining pasayishi bilan bog'liqdir. Bachadon va sut bezlarida 
o'smaga o'xshash holatlarning paydo bo'lishi, buyrak va bachadon 
sohasida og'riqlar, siydikning achishib chiqishi, tez-tez siyish (ayniqsa, 
tunda) va libidoning so'nishi klimakterik sindromning barcha turlarida 
kuzatiladi. Estrogenlar yetishmovchiligi nafaqat jinsiy a’zolar faoliyatiga, 
balki boshqa to'qimalarga ham jiddiy salbiy ta’sir ko'rsatadi. Shuning 
uchun ham teri quriy boshlaydi va yupqalashadi, ajinlar paydo bo'ladi, 
tirnoqlar mo'rtlashadi, soch to'kiladi.
Klimakterik sindromda ruhiyat va hissiyotning buzilishlari turli-tuman 
bo'lib, ular bemorning temperamenti, oilada va jamiyatda tutgan o'rni, 
yillar mobaynida shakllanib qolgan xulq-atvori, asab kasalliklari va ruhiy 
buzilishlar mavjudligiga bog'liq. Klimakterik sindrom xurujlaridan so'ng 
ba’zi bemorlarda depressiya, xavotir va apatiya alomatlari, boshqa birlari- 
da esa agressiv holat kuzatiladi. Bu holatlar, albatta, yig'Ioqilik. qo'rquv 
va uyqu buzilishlari bilan namoyon bo'ladi. Ular har xil hidlar. yorug'lik
324


va tovushlarga sezgir bo'lib qolishadi, bu narsalar ulami asabiylashtiradi. 
Bemor klimakterik xurujlardan so‘ng ortiqcha shovqin-suronlardan 
qochib, tinch va qorong‘i xonada dam olishga intiladi.
Kechishi. Klimakterik sindromning kechishi, asosan, uning qachon 
va qanday boshlanganligi, kasallik darajasi va albatta, yo'ldosh 
kasalliklarning mavjudligiga bog'liq. Ayniqsa, asab sistemasi hamda 
yurak-qon tom ir kasalliklari, surunkali infeksiyalar klim akterik 
sindromning kechishiga salbiy ta’sir ko'rsatadi, uning uzoq vaqt davom 
etishi va asoratlar bilan kechishiga sabab bo'ladi. Shu bilan birga, 
klimakterik sindrom ham somatik kasalliklarning kechishini og'irlash- 
tiradi. Ma’Iumotlarga ko'ra, klimakterik sindromning deyarli yarmi turli 
xil asoratlar bilan kechadi. Bu asoratlar ateroskleroz va yurak ishemik 
kasalligining zo'rayishi, gipertonik xurujlarning qo'zishi, oshqozon-ichak 
faoliyatining buzilishlari bilan namoyon bo'ladi. Oshqozon-ichak 
faoliyatining buzilishlari anoreksiya, og'riqlar, meteorizm va diareya bilan 
namoyon bo'ladi.
Klimakterik sindrom kechishi darajasiga qarab, yengil, o‘rtacha va 
og‘ir turlari farq qilinadi. U larni farqlash, asosan, klim akterik 
xurujlarning soniga qarab belgilanadi. Agar birdan qizib ketish xuruji 
kuniga 10 martagacha kuzatilsa - yengil, 10-20 martagacha kuzatilsa -
o‘rtacha, undan ko'p kuzatilsa - og‘ir kechishi deb yuritiladi. Klimakterik 
sindromning yengil kechishi deyarli 20 foiz, o'rta darajada kechishi 30 
foiz va og'ir kechishi 50 foizni tashkil qiladi. Albatta, mutaxassislarning 
ma’lumotlari bir-biridan biroz farq qiladi, ammo aksariyatida klimakterik 
sindromning har ikkinchi bemorda og'ir kechishi ta’kidlanadi.
Klimakterik sindromning yengil kechishida bemorning umumiy ahvoli 
qoniqarli, somatik buzilishlar kam kuzatiladi, biroq uning jismoniy va 
aqliy mehnat faoliyati biroz susaygan bo'ladi. Sindromning o'rtacha 
turida neyrovegetativ, somatik va endokrin buzilishlar kuchliroq bo'ladi. 
Bemorda bosh og'riqlari, bosh aylanishi, yurak urishlari, uyqu va xotira 
buzilishlari, tananing turli joyida og'riqlar, oshqozon-ichak faoliyati 
buzilishlari kabi simptomlar aniqlanadi. Sanab o'tilgan ushbu barcha 
belgilar kuchli darajadagi xavotirli-depressiya buzilishlar bilan kechadi. 
Bular bemorning mehnat va hayot faoliyatini keskin pasaytiradi.
Klimakterik sindromning og'ir kechishida xurujlar sonidan tashqari, 
kuchli darajada va asoratlar bilan kechuvchi somatik buzilishlarning ham 
o'rni katta. Kasallikning og'ir turida bemorlarga uy sharoitida bir kunda 
bir necha bor tez tibbiy yordam ko'rsatish va aksariyat hollarda 
shifoxonaga joylashga to'g'ri keladi. Ular ko'pincha paroksizmal taxikar- 
diya, arterial gipertoniya va yurak ishemik kasalligi xurujlari tashxislari 
bilan kardiologiya bo'limiga yotqiziladi. Odatda, klimakterik sindrom
325


qancha erta boshlansa, shuncha og‘ir kechadi va uzoq davom etadi. 
Masalan, 40-45 yoshgacha kuzatilgan menopauzalarda kasallik shunday 
kechadi. Albatta, bu davr mehnat faoliyati davri bo'lganligi sababli ham 
kasallikning og‘ir kechishi bemorlarni ishga layoqatsiz qilib qo'yadi. 
Xurujlar tez-tez takrorlangani sababli bemorning yaqinlaridan biri uni 
parvarish qilish uchun uyda qolishga majbur bo'ladi.
Diagnostikasi. Klimakterik sindromi bor bemorlar zarur mutaxassislar 
va bir qancha tekshiruv muolajalaridan o'tishlari zarur. Ayniqsa, 
ginekolog, endokrinolog, nevropatolog, kardiolog va albatta, psixolog 
ko'riklari zarur bo'ladi. Umumiy amaliyot shifokori esa klimakterik 
sindromni to'g'ri aniqlash uchun mutaxassislar tekshiruvlarini tashkil 
qilishi va ularning xulosalaridan so'ng bemorni davolashni o'z nazoratiga 
olishi zarur.
Tashxisni to'g'ri aniqlash uchun umumiy amaliyot shifokori quyidagi 
tekshiruvlarni tashkillashtiradi: mutaxassislardan terapevt, ginekolog, 
nevropatolog, endokrinolog, mammolog, urolog va zaruratga qarab 
boshqa mutaxassislar ko'rigim; paraklinik tekshiruvlardan EKG, EEG, 
kraniogram ma yoki gipotalam o-gipofizar sohani ko'rish uchun 
kompyuter tomografiya, arterial qon bosim monitoringi ichki tos 
a ’zolarini ultratovush tekshiruvlar, m ammografiya, lab o rato r 
tekshiruvlardan elektrolitlar, qand miqdori, gormonlar (estrogen, 
progesteron, qalqonsimon bez gormonlari) tekshiriladi. Shuningdek, 
atipik hujayralami aniqlash uchun sitologik tekshiruvlar ham o'tkaziladi.
Davolash dasturi. Tashxis to'g'ri aniqlangandan so'ng uning kechishiga 
mos ravishda davolash dasturi ishlab chiqiladi. U bir nechta bosqich va 
muolajalardan iborat bo'lib, kompleks tarzda olib borilsa, ijobiy natijaga 
erishish oson bo'ladi. Bular:
1) mehnat va dam olishni to'g'ri tashkil etish;
2) ratsional ovqatlanish;
3) ratsional psixoterapiya;
4) psixofarma-koterapiya (antidepressantlar, trankvlizatorlar, sedativ 
vositalar, ba’zan neyroleptiklar);
5) fizioterapevtik muolajalar va jismoniy tarbiya;
6
) (3 -adrenoblokatorlar;
7) gormonoterapiya, vitaminoterapiya;
8) osteoporozni davolash;
9) dam olish sihatgohlarida davolanish.
Jismoniy mashqlar. Bemorlarni davolashda oddiy badantarbiyadan 
tortib, to maxsus jismoniy mashqlargacha tavsiya etiladi. Ularning ijobiy 
ta’siri juda kattadir. Bemor har kuni ertalab 15-20 daqiqa badantarbiya
326


qilishi, haftasiga 2-3 marotaba sog'lomlashtirish markazlaridagi turli 
jismoniy mashqlarda qatnashishi lozim, ayniqsa, suzishning ahamiyati 
katta. Bemorlar uchun ertalabki sekin qadam lar bilan yugurish, 
tushlikdan so'ng ko‘chaga sayrga-chiqib turish ham juda ahamiyatlidir. 
Jismoniy m ashqlar to'qim alam ing kislorod bilan ta ’minlanishini 
kuchaytiradi, yurak faoliyatini mustahkamlaydi, organizmning turli 
infeksiyalarga qarshiligini oshiradi. Shuning uchun ham barcha 
to'qim alarda moddalar almashinuvining buzilishi bilan kechuvchi 
klimakterik sindromda rejali tarzda olib boriladigan sportning yengil 
turlari mutaxassislar tomonidan ko'p tavsiya qilinadi. Shuningdek, 
umumiy yoki bo'yin-yelka sohalariga massaj ham buyuriladi. Jismoniy 
mashqlar bemorning ruhiyatiga ham ijobiy ta ’sir ko'rsatib, xurujlar sonini 
kamaytirishga yoki yengil o'tishiga yordam beradi.
Ratsional ovqatlanish. Klimakterik sindromda anoreksiya va bulimiya 
holatlarining ko'p kuzatilishi ovqatlanish tartibini buzib yuboradi. 
Shuning uchun ham ratsional ovqatlanish qonun-qoidalarini ishlab 
chiqish va har bir bemor uchun individual tarzda qo'llash o'ta muhimdir. 
Ovqat sifatli, vitaminlarga boy, yengil hazm bo'ladigan va osh tuzini 
kam ishlatib tayyorlangan bo'lishi lozim. Ovqat, asosan, o'simlik yog'ida 
tayyorlanishi, meva va sabzavotlar ko'p, uglevodlar esa kam iste’mol 
qilinishi lozim. Polivitaminlar ham buyuriladi.
Sihatgohlarda davolanish. Organizmni tabiiy chiniqtirish uchun 
sihatgohlarda dam olish, ayniqsa, shanba, yakshanba kunlari dam olish 
maskanlariga chiqib turish, uy sharoitlarida esa turli giyohlardan iborat 
vannalar va sovuqroq suvlarda dush qabul qilish ham buyuriladi. 
Kislorodli, radonli va yod-bromli vannalar buyurish, igna bilan davolash 
ham yaxshi yordam ko'rsatadi. Shuningdek, suv osti massajlari, balchiq 
bilan davolash, ko'rsatmalarga qarab dorilarni elektroforez orqali 
yuborish ham mumkin. Chunki faol ta ’sir ko'rsatuvchi fizioterapevtik 
muolajalar arterial qon bosimning tez-tez ko'tarilib turishi, bachadon 
miomasi va mastopatiyalarda mumkin emas. Sihatgohlarda bunday 
muolajalar bilan davolanish, asosan, klimakterik sindromning yengil, 
ba’zan o 'rta darajada kechuvchi turlarida buyuriladi. Klimakterik 
sindromning og'ir turida esa fizioterapevtik muolajalar mumkin emas.
Gormonoterapiya. Gormonlar klimakterik sindromning yengil turida 
buyurilmaydi. Gormonoterapiyaning maqsadi klimakterik sindromda 
kuzatiladigan gormonlar yetishmovchiligining o'rnini qoplashdir. Shu 
maqsadda estrogenlar, gestagenlar va androgenlar qo'llanilishi mumkin. 
Gormonlar bilan davolash va qanday gormon tavsiya qilishni ginekolog 
yoki shu sohada faoliyat ko'rsatuvchi endokrinolog hal qiladi. Gormon 
bilan davolashga monelik qiluvchi holatlar quyidagilardir: bachadon.
327


tuxumdon va sut bezi o‘smalari, bachadon va boshqa ichki a’zolardan 
qon ketishi, o ‘tkir tromboflebit, buyrak va jigar yetishmovchiliklari, 
xafaqon kasalligining og‘ir turlari, qandli diabet.
Klimakterik sindromda davolash muolajalarini erta boshlash o'ta 
muhimdir, 1-2 yildan oshiqroq maxsus davolash muolajalarini qabul 
qilmay yurgan bemorlarda davolash biroz qiyin kechadi. Odatda, davolash 
muolajalari to‘g‘ri boshlansa, 6 oy ichida klimakterik sindromning klinik 
ko'rinishlari va xurujlar sonini ancha pasaytirish mumkin.
Profilaktika. Aksariyat mutaxassislarning fikricha, ayollarni zarur 
tibbiy-psixologik tekshiruvlardan o'tkazib, klimakterik davrga psixologik 
tayyorlash bu sindromning ancha yengil o‘tishiga yordam beradi. Ular 
klimakterik davr barcha ayollarda ertami-kechmi, albatta, kuzatilishi, 
uning sabablari, qanday kechishi, klinik ko'rinishi, davolash usullari va 
profilaktikasi haqida batafsil ma’lumotga ega bo'lishi zarur. Ayollarni 
klimakterik davrga tayyorlashda umumiy amaliyot shifokoriga katta 
mas’uliyat yuklatilgan. Chunki turli kasalliklar sababli aksariyat ayollar 
unga murojaat qiladi. Umumiy amaliyot shifokori 35-40 dan oshgan 
barcha ayollar bilan ushbu sindrom haqida suhbatlar o'tkazishi zarur. 
Klimakterik sindrom haqida to'la ma’lumotga ega bo'lgach, ayollar 
o'zida mavjud bo'lgan kasalliklardan davolanishga hamda ruhan va 
iismonan faol hayot tarziga o'tishga intilishadi, albatta.

Download 8,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish