Psixologiy asi


Abortdan so‘ng kuzatiladigan ruhiy-hissiy buzilishlar



Download 8,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/208
Sana01.03.2022
Hajmi8,34 Mb.
#477179
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   208
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi, Ibodullayev Z., 2009 (2)

17.3. Abortdan so‘ng kuzatiladigan ruhiy-hissiy buzilishlar
Statistik m a’lumotlarga ko'ra, deyarli har beshinchi homiladorlik bola 
tushishi bilan yakunlanadi va ular homiladorlikning dastlabki davrida 
kuzatiladi. Bu holat u yoki bu ko'rinishda ruhiyatning buzilishi bilan 
kechadi. Ayniqsa, birinchi homiladorlikda bo'lajak farzanddan judo 
bo'lish og'ir depressiv holatlami yuzaga keltirishi mumkin. Ayol ko'p 
yig'laydi, jizzaki bo'lib qoladi, ishtahasi pasayadi, ishga qo'li bormaydi, 
uyqusi buziladi, bolasini tushlarida ko'radi. Bola nobud bo'lganiga o'zini 
aybdordek sezadi.
Bir marta bolasi tushgan ayollarning b a’zilarida turli kasalliklar sababli 
bu holat qayta-qayta kuzatiladi. Shu sabab bo'lib oila darz ketishi 
mumkin. Erkak va ayol vrachma-vrach qatnay boshlashadi, bola tushishi 
sabablarini izlashadi. Bu tabiiy, albatta. Ginekologlaming ma’lumotlariga 
ko'ra bola tushishining 50 foizga yaqini jinsiy a’zolar infeksiyalari bilan 
bog'liqdir, albatta, bu yerda venerik kasalliklar alohida o'rin tutadi. 
Birinchi bor bolasi tushgach, yana shu holat takrorlanishidan qo'rqib 
ayol doimo xavotirda yashaydi, hadeb ginekologga qatnayveradi, uning 
ko'rsatmalarini so'zsiz bajarib borishga intiladi, ya’ni reaktiv nevroz 
yuzaga keladi. Bu yerda, albatta, ayol bilan psixologik suhbat o'tkazish 
juda o'rinlidir. Chunki doimiy xavotir va qo'rquv ham ba’zi hollarda 
bola rivojlanishiga ta’sir qilishi va to'satdan bola tushishi bilan tugashi 
mumkin. Shu sababli homilador ayol uchun ruhiy tinchlik va oila a ’zolari 
orasida sog'lom psixologik muhit yaratish lozim. Bu esa yuqoridagi 
noxush holatlarning oldini oladi va sog'lom farzand dunyoga kelishini 
ta’minlab beradi. Ba’zan esa antidepressantlar tavsiya qilishga ham to'g'ri 
keladi.
3)9


Ayollarda o‘tkir va surunkali ruhiy siqilishlar aksariyat hollarda hayz 
buzilishlariga olib keladi. So'nggi yillarda qizlarda hayz ko'rishning 
barvaqt kelishiga e’tibor qaratilmoqda va bu vaziyatni hayot tarzining 
gurkirab o'zgarib kelayotgani hamda ruhiy va jismoniy rivojlanish 
orasidagi nomutanosiblik bilan bog'lashadi. Psixologlar qizlarda seksual 
faollikning erta shakllanishiga matbuot sahifalarida va intemetda intim 
hayotga bog'liq m a’lumotlarning ko'payib borayotgani ham sabab 
bo'layotganiga katta urg'u berishadi.
Hayz ko'rishning buzilishlari ichida amenoreya alohida o'rin tutadi. 
Amenoreyaga oid dastlabki ma’lumotlar va uning ruhiyatga bog'liqligi 
ikkinchi jahon urushi davrida aniqlangan. Urush davrida hayoti xavf 
ostidagi ayollarda hayz kelishi uzoq vaqt to'xtagani kuzatilgani yozib 
qoldirilgan. Shu davrda mutaxassislar amenoreyani ginekologik 
kasalliklar emas, balki ruhiy buzilishlar va xavotir sababli kelib chiqishini 
bir necha ayollarda kuzatishgan hamda turmush o'rtog'i urushga ketib 
halok bo'lgan ayollarda ham amenoreya kuzatilishi ushbu holatning 
ruhiyat buzilishi bilan bog'liqligini ko'rsatgan.
Stress asri deb atalmish XXI asrda amenoreya eng ko'p uchraydigan 
patologik holatlardan biridir. Ayniqsa, oiladagi doimiy janjallar, farzand 
bo'lmasligi, ishdagi kelishmovchiliklar hayz kelishining buzilishiga sabab 
bo'ladi. Mutaxassislarning fikricha, ayniqsa, xavotir bilan kechuvchi 
ruhiy-hissiy buzilishlar amenoreyaga olib kelishi mumkin. Demak, 
amenoreya nevrozning bir klinik ko'rinishidir.

Download 8,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish