Nazorat uchun savollar
1. A lkogolizm da ruhiy buziiishlam irig sababi nim adar. ib o rat9
2. Alkogolizm da ruhiy buzilishlarning klinik ko'rinishi qanday?
?. Alkogolizmda o 'tk ir va surunkali ensefalopatiyalar klinikasini so'zlab
bering.
4. A bstinent sindrom nima?
5. G iyohvand m oddalarga ruju qo'yishning sababi nima?
6. G iyohvandlikka ruhiy
ve
/ism oniy qaram lik qanday rivojlanadi?
7. G iyohvandlikning kechish bosqichlari haqida so'zlab bering.
8 . G iyohvandlikni davolash tam oyillari va psixologik yordam usullari
n im alard an iborat?
306
X V I BOB.
JARROHLIK AMALIYOTIDA BEMORLAR
PSIXOLOGIYASI
Men ko ‘rish, eshitish va o'rganish mumkin
bo'lgan narsalarni afzal ko'raman.
Diogen
16.1. Jarroh va bemor orasidagi psixologik munosabatlar
Tibbiyotda jarrohlik amaliyoti alohida o ‘rin tutadi. Xalq orasida
«Agar bemor dori-darmonlar bilan tuzalmasa, uni operatsiya qilib,
jarrohlar tuzatishadi», degan fikr yuradi. Terapevtik amaliyotlarga
qaraganda, jarrohlik amaliyoti aksariyat bemorlar va ularning yaqinlari
uchun katta bir psixologik sinov hamdir. Demak, tibbiyotning boshqa
yo'nalishlaridagi kabi jarrohlik amaliyotida ham psixologik yordamning
ahamiyati juda yuqori. Buni jarrohlik kasbini tanlayotgan har bir talaba
anglab yetishi zarur.
Tibbiy psixologiyadan ma’ruza tugashiga biroz qolganda «Savollar
bormi?» deb talabalarga murojaat qildim. Yaxshi o'qiydigan bir talaba
qo‘l ko'tarib, «Ustoz, men jarroh bormoqchiman, otam ham jarroh,
operatsiyalarga qatnashib yuraman, yaxshi jarrohlar navbatchiligiga
kelaman. Axir operatsiya buyurilgan bemor bilan jarroh suhbatlashib
o'tirmaydi-ku. Albatta, yaxshi psixologik suhbat o'tkazish mumkin, biroq
operatsiya yomon chiqsa, suhbatning nima keragi bor? Muvaffaqiyatli
operatsiyaning o'zi har qanday psixologik suhbatdan ustun-ku. Shunga
siz nima deysiz?» deb so'radi. Bu savol, albatta, o'rinli. Albatta, jarroh
va bemor uchun muvaffaqiyatli o'tgan operatsiya har qanday psixologik
suhbatdan yaxshi. Lekin afsuski, ko'pchilik vrachlar psixologning asosiy
vazifasi bemorlar bilan suhbatlashib, ularni tinchlantirish, deb bilishadi.
Suhbat - bu psixodiagnostika va psixoterapiyaning bir uslubi va albatta,
psixologiyada uning ahamiyati beqiyos. Biroq psixologiya inson tasavvuri
darajasiga ham sig'maydigan beqiyos imkoniyatlar va o'zining turli
usullariga ega bo'lgan fan.
Psixologiyaning imkoniyatlari cheksiz! Talabaning savoliga quyidagi
voqea tafsilo tlari javob bersa kerak. Meni jarro h lik bo'lim iga
«Nevropatolog maslahati kerak», deb chaqirib qolishdi. Bemor yotgan
palataga kirsam, professor bir qancha vrachlar, talabalar va o'qituvchilar
bilan men ko'rishim zarur bo'lgan bemorni tekshirishayotgan ekan. Men
professor ko'rigi tugashini kutib turdim. Bemorni operatsiya qilgan yosh
vrach kasallik tarixnomasini o'qib beryapti. Jarroh o'z navbatchiligi
paytida bemorni «o'tkir appenditsit» tashxisi asosida zudlik bilan
307
mahalliy og'riqsizlantirish orqali qilgan operatsiyasi muvaffaqiyatli
o‘tgan. Operatsiyadan so'ng bemor ertalabgacha uxlagan. Ertalab soat
o‘nlarda «Operatsiya bo'lgan joyim qattiq og'riyapti», deb palata vrachini
chaqirgan. Vrach kirib oyoqlarini bukib, yonboshlab yotib olgan
bemorning operatsiya qilingan joyini tekshirib, hech qanday asoratlarni
ko'rmagan va hamshiraga tinchlantiruvehi ukol qilishni buyurgan. Bemor
ukoldan so'ng uxlab qolgan, biroq uyg'ongach,«Yana og'riyapti,
operatsiya qilingan joyda tampon yoki boshqa narsa qolgan bo'lsa
kerak», deb yig'Iayvergan. Kechga yaqin og'riq kuchaygan, bemor
g'ujanak bo'lib yotib olgan, tana harorati ham 38 darajaga ko'tarilgan.
Bemor tinchlantiruvehi ukoldan voz kechgan. «Operatsiya qilingan joyda
vrach nimadir unutib qoldirilgan», deb sira tinchlanmagan. O'sha kuni
kechqurun bemorni boshqa bir yoshi katta jarroh, fan nomzodi operatsiya
qiladi. Bu jarroh ham bemorni ko'rishda ishtirok etayotgan edi. U
operatsiya haqida m a ’lum ot berdi. Operatsiya joyi ikkinchi bor
ochilganda, u yerda hech narsa unutilib qoldirilmagani va birinchi
operatsiya haqiqatan ham muvaffaqiyatli o'tganini aytadi. Biroq,
shunday bo‘lsa-da, mana bugun, ya’ni dastlabki operatsiyaning 4-kuni
ham og'riq to'xtamayotganini, aksincha, kuchayganini va shuning uchun
nevropatolog chaqirishganini professorga aytishdi. Professor ikkala
jarrohni ham tinglab bemorga yuzlandi. U g'ujanak bo'lib yotib olgan
va ko'zlarida qo'rquv bor edi. Shu yerda turgan bemorning qizi ham
suhbatga qo'shildi va onasining kechasi bir necha bor og'riqdan
uyg'onganini va og'riq qoldiruvchi ukollardan voz kechganini aytdi.
Professor bemordan «Nima uchun og'riq qoldiruvchi dorilardan voz
kechayapsiz, axir og'riq qolsa, o'zingizga yaxshi-ku?!» deb so'raganda,
bemor «Axir appenditsitda og'riq qoldiruvchi dori nilsa bo'lmaydi; u
yorilib, yiringlar qoringa o'tib ketadi deyishadi-ku», dedi. Talabalardan
biri suhbatga qo'shilib, «Operatsiyadan oldin og'riqsizlantiruvchi ukollar
qilinmaydi, operatsiyadan so'ng esa mumkin», dedi. Professor bemor bilan
bahslashib o'tirmasdan, uni tekshira boshladi. Bemor g'ujanak bo'lib
olgan, qornini ochib, tekshirishga va hattoki, tanasiga qo'l tekkizishga
qo'ymasdi. Bemor gap bilan chalg'iganda, og'riqqa e’tibor qilmas,
operatsiya haqida so'z ketganda, og'riqdan ingrardi. Professor «Siz
oyoqlaringizni sekin-asta yozib yuboring, shunday qilsangiz, og'riq
kamayadi», dedi. Bemor sekin qo'rqib, oyoqlarini uzatdi. «Endi
operatsiya qilingan joyni ko'rsating», dedi professor. Bemor «Lekin
qornimga tegmaysiz», deb ko'ylagini sekin ko'tardi va qo'rquv bilan
doktorga qaradi. Operatsiya qilingan joy bint bilan yopib qo'yilgan va
leykoplastir bilan yopishtirilgan edi. Professor «Endi bu bintni olamiz,
men operatsiyalar qanday o'tkazilganini ko'rishim kerak», dedi. Biroz
308
uiinishlardan so'ng bemor ko‘ndirildi. Professor operatsiya bo‘Iganjoyni
ko‘rib, ikkala operatsiya ham muvaffaqiyatli .;‘tganiga yana bir bor
ishonch hosil qildi. Biroq bemor hamon og'riqdan shikoyat qilar va
«Operatsiya boMgan joyda bir narsa xuddi tugundek tiqilib turibdi», deb
yig'lardi. Vaziyatdan chiqish kerak edi. Professor bemorni ko'ndirib,
opera";iya boMgan joyni tekshira boshladi va kesilgan joyning atroflni
ataylab birdan bosib yubordi. Bemor dod-voy solib, baqirib yubordi va
yana oyoqlarini g'ujanak qilib oldi. Professor «Ana, xolos!» deb operatsiya
qilgan jarrohlarga yuzlandi. U «Operatsiyalar yaxshi o'tgan, biroq bemor
g'ujanak bo'lib yotaverganidan, operatsiya o'rnidagi nervlar tugilib
qolgan. Nega operatsiyadan so'ng oyoqlarni cho'zib yotish kerakligini
bemorga aytmadinglar? Ana endi kesilgan nervlar bitish o'miga tugilib
qolgan», deb doktorlarni koyigandek bo'ldi. Ba’zi doktorlar professor
nima demoqchi ekanligini anglab yetgan bo'lsa, boshqa birlari nima uchun
u «nervlar tugilib qolgan», deb aytayotganidan hayron bo'lib qarab
turishardi. Bemor esa birdan ziyrak tortib, «Endi nima bo'ladi?» deb
xavotir bilan professorga qaradi. Professor birinchi operatsiya qilgan
doktorga yuzlanib,
«5
grammli shpritsga novokain tortib keling», dedi.
«Endi o'sha «nervlar tugilib» qo’gan joyga novokain yuboramiz va
tugunni yozib yuboramiz», dedi v i bemorga qarab, «Endi chidaysiz,
novokain yuborayotganim da o g 'riq yana kuchayadi, so'ng siz
oyoqlaringizni og'risayam, bukib-ocha boshlaysiz va ana shundan so'ng
tugilgan nerv ochilib ketadi va og'riq 10 daqiqaga yetmasdan to'xtaydi»,
dedi. Bemor qo'rqa-pisa, yuzida xavotir bilan oyoqlarini yozdi va o'zi
qornini ochdi. Professor operatsiya qilingan joyni spirt bilan tozalab,
chandiqning ikki chetiga shpritsni tiqib, zudlik bilan novokain yubordi.
Bemor dodlab yubordi. Professor «Aytdim-ku sizga, og'riydi dob, qani
endi aytganimni qiling, tez-tez oyoqlaringizni bukib-yozing, ana shunda
nervlar yozilib, og'riq kamaya boshlaydi, aks holda, yana 3-operatsiyani
qilib, o'sha uzilgan nervlarni bir-biriga ulashga to'g'ri keladi», dedi.
Bemor shoshib-pishib professorning keskin tarzda berilgan buyruqlarini
bajara boshladi. «Endi o'tirib oling», dedi u. «Qani, tez-tez bo'ling!»
deb bemorni shoshirdi. Bemor biroz qiynalib bo'lsa-da, o'tirib oldi. «Endi
o'rningizdan turib yuring», deb topshiriq berdi. Deyarli 5 kundan buyon
turib yurmayotgan va faqat og'riqdan shikoyat qilib yotgan bemor biroz
ishonchsizlik bilan bo'lsa-da o'rnidan turib yurdi. Endi bemor og'riq
sezmayotgan va o'zida yo'q xursand edi. Bemor krigida ishtirok
etayotganlar ikkiga bo'linib, unga yo'l berishdi. Professorning ko'zi
menga tushdi. «Ie, nevropatologimiz ham shu yerda ekanlar-ku, bu
bemorga endi nevropatologning keragi yo'q. Mana, o'zimiz davolab
qo'ydik», dedi hazillashib. Professor operatsiya qilgan vrachga boqib,
309
«Bu bemomi bugunoq uyga yuborsangizlar bo'ladi, endi u sog‘», dedi.
Deyarli yarim soat oldin og'riqdan hatto oyog'ini ham ochib-yoza
olm ayotgan bemor professor tom onidan juda ustom onlik bilan
o'tkazilgan psixoterapiya va platseboterapiyadan so'ng darddan xalos
bo'ldi. U endi uyga ketish mumkinligi haqidagi yangilikdan xursand
bo'lib, o'zi yotgan o'rnini taxlab, qiziga topshiriqlar berib, ketish
taraddudiga tushib qoldi.
Professor yonidagi shogirdlari va talabalar bilan boshqa palatalardagi
bemorlarni ko'rgani chiqib ketdi. Men bemor bilan suhbatlasha bosh-
ladim. Suhbat orasida ma’lum bo'ldiki, bemoming yonida parvarish qilib
o'tirgan 24 yashar qizi «o'tkir appenditsit» tashxisi bilan uch marta
operatsiya bo'lgan va ikkala holatda ham operatsiya muvaffaqiyatsiz
chiqqan: birinchi gal jarroh tamponni unutib qoldirgan va boshqa jarroh
ikkinchi bor operatsiya qilib uni olib tashlagan. Operatsiya qilingan joy
yiringlab ketib, «appendoektomiya asorati, chegaralangan peritonit»
tashxisi bilan uchinchi bor operatsiya qilingan. Barcha voqealar onasining
ko'z oldida bo'lib o'tgan. Bemor 20 kundan ortiqroq jarrohlik bo'limida
qolib ketgan va shu vaqt mobaynida uning yonida doimo onasi bo'lgan.
Dastlabki operatsiyani qilgan jarroh bemorni 3 kunda uyga chiqarib
yuborishni va’da qilgan. Biroq vaziyat og'ir tus olgan. Bu holat butun
bir oilada katta ruhiy jarohat qoldirgan. Onasi «Qizim endi tuzalmaydi,
nogiron bo'lib qoladi», deb qo'rqib yurgan. Chunki 20 kun ichida qizi
juda ozib ham ketgan. Lekin bemor qiynalib bo'lsa-da, tuzalgan. Oradan
2 yil o'tmay, Toshkentda o'qib yurgan talaba o'g'lini qizi bilan birga
ko'rgani kelgan onaning o'zi appenditsit bo'lib qoladi va vaziyat yuqorida
ko'rsatilganidek keskin tus oladi.
Yuqoridagi usuldan bemorni operatsiya qilgan ikkaia jarroh ham
foydalanishi mumkin edi. Biroq ular bunday qilishmadi yoki buni
bilishmadi. Bu oddiy bir appenditsit bilan bog'liq voqea, biroq jarrohlik
amaliyotida bir qancha murakkab holatlar mavjudki, ularning aksariyati
psixologik yondashuvni talab qiladi. Demak, operatsiyalar muvaffaqiyatli
o'tishi uchun har bir jarroh nafaqat o'z kasbining yetuk mutaxassisi,
balki yetuk psixolog ham bo xishi kerak.
Jarrohlik kasbida shoshilinch operatsiyalarning ko'pligi, vaqtning
tig'izligi jarrohlik bo'limi shifokorlari bilan bemorlar orasida o'zgacha
psixologik muhitning paydo bo'lishiga sabab bo'ladi. Yana shuni ham
ta ’kidlash lozimki, tibbiyotning boshqa yo'nalishlariga qaraganda,
jarrohlikda bemorlardan faollik emas, aksincha, ehtiyotkorlik va kam
harakat talab qilinadi. Jarrohlik kasbining o'ziga xosligi tez qaror qabul
qilib, zudlik bilan uni amalga oshirishdir. Rejali operatsiyalar, albatta.
bundan mustasno. Bunday paytlarda bemor bilan jarroh orasida
310
qandaydir bir psixologik vaziyat yuzaga kelishi mumkin. Ya’ni bemor
belgilangan operatsiyadan voz kechishi yoki bo'lmasa, operatsiya
tafsilotlarini yoritib beruvchi boshqa bir jarrohni tanlashi mumkin. Biroq,
shuni tan olish lozimki, operatsiyani muvaffaqiyatli bajaradigan va katta
obro‘-e’tiborga ega bo'lgan jarrohdan bemor har qanday vaziyatda ham
voz kechmaydi, hatto u qo'pol bo'lsa ham.
Jarrohlik operatsiyalari ham bemor psixologiyasi va his-tuyg'ulariga
turlicha ta’sir qiladi. Chunki tirik organizmda ruh va tana yagona bir
sistemadir. Operatsiyadan so'ng ruhiy muvozanatning salbiy yoki ijobiy
tomonga qarab o'zgarishi, albatta, operatsiyaning natijasiga bog'liq.
Operatsiya muvaffaqiyatli bajarilsa, operatsiyadan oldingi qo'rquvlar,
xavotir va o'zaro tushunmovchiliklar darrov barham topadi, agar
muvaffaqiyatsiz bajarilsa, operatsiyadan oldingi gumon, xavotir va shu
kabi tushunmovchiliklar jarroh uchun yomon tus olib, b a’zan katta
janjalga aylanib ketishi mumkin. Shuning uchun ham aksariyat g'arb
davlatlarida operatsiyaning barcha tafsilotlari, ustunliklari va asoratlari
albatta, deontologiya va etika prinsiplarini saqlagan holda, bemorga va
yaqin qarindoshlariga tushuntirib beriladi. Y a’ni bemor va uning
qarindoshlari sir saqlanishi shart bo'lmagan vaziyatlardan voqif bo'lishadi.
Bu, albatta, yaxshi. Chunki saqlanishi shart bo'lmagan sir-sinoatlar bemor
va uning qarindoshlarida jarroh va u o'tkazayotgan operatsiya haqida
katta gumon paydo qilishi, operatsiya muvaffaqiyatsiz chiqqan taqdirda
jarroh yomon vaziyatda qolishi va ikki o'rtada sudlashuvlar boshlanib
ketishi mumkin.
Agar operatsiyalar biror-bir a ’zoni yoki uning bir qismini olib tashlash
bilan yakunlansa, operatsiya muvaffaqiyatli chiqqan taqdirda ham bemor
ruhiyati buzilishi ehtimoli bor. Chunki bemor ushbu operatsiya sababli
awalgi kasbida ishlay olmasligi yoki to'laqonli hayotga qayta olmasligi
mumkin. Albatta, bunday paytlarda jarroh ushbu operatsiyani qilmasa,
boshqa a so ratla r yuzaga kelishi m um kinligini, endi jarro h lik
muammolaridan xalos bo'lgani va bundan so'ng sog'lig'iga e’tibor qilib
yurishini bemorga tushuntirib, uni tinchlantirishi lozim.
Mutaxassislar fikricha, operasiya qilinishi lozim bo'lgan bemorlarning
30 foizida, ba’zi m a’lumotlarga ko'ra 70 foizida u yoki bu ko'rinishda
ruhiy buzilishlar kuzatiladi, ayniqsa, ipoxondriya ko'rinishida. Ular
jarrohdan kasalligini sinchkovlik bilan tekshirilishi va vrachlar ishtirokida
konsilium o'tkazilishini talab qilishadi. B a’zilari esa boshqa o'zi
taniydigan ja rro h la r bilan «O peratsiya shartm i-yo'qm i», deb
maslahatlashib yuradi. Boshqa bir bemorlar esa o'zini qiynab yurgan
kasalidan operatsiya orqali bira-to'la qutulish istagida jarrohlarga
murojaat qilishadi. Ko'pincha, bunday holatlar isteriyaga duchor bo'lgan
311
bemorlarda kuzatiladi. Ular o'zlarini qiynab yurgan buqoqni yoki
bo'lmasa, qorin sohasidagi doimiy og'riqni bira to'la operatsiya qilib
davolalishni o'ylashadi. H aqiqatan ham tonzilloektom iya,
strumektomiya, xoletsistoektomiya, appendoektomiya kabi operatsiyalar
bemor xohishiga qarab (albatta, tibbiy ko'rsatmalarni e’tiborga olgan
holda), o'tkazilib turadi. Masalan, sog'lom odamlar «Og'ir appenditsit
bo'lib qolsam nima bo'ladi, yaxshisi sog' paytimda ko'richakdan qutulib
qo'ya qolay», deb o'zlari ongli ravishda operatsiya qildirishadi. Bunday
holatlar, ayniqsa, yaqinlari to'satdan appenditsit bo'lib, operatsiya stoliga
tushib qolgan odamlarda kuzatiladi. Appendoektomiya opera tsiyasi uncha
murakkab bo'lmaganligi sababli ba’zan jarrohlarning o'zi uni bemorning
qarindoshlariga tavsiya qilishadi. Bu bir tomondan to'g'ridir ham. Chunki
o'tkir appenditsit ba’zi hollarda peritonit asoratini beradi yoki tashxis
o'z vaqtida aniqlanmay, ko'richak yorilib ketadi. Bu esa hayot uchun
havflidir. Yaqin bir tanishim «flegmonoz appenditsit» tashxisi qo'yilib,
zudlik bilan tunda operatsiya qilingandi. Operatsiyadan so'ng jarroh
bemorning yaqinlariga kasallik peritonitga o'tishiga oz qolganligini
aytadi. Uning ahvolidan qo'rqqan akasi o'z xohishi va jarroh tavsiyasiga
ko'ra ko'richagini oldirib tashlatadi.
Giyohvand moddani bir marta bo'lsa-da qabul qilish va tanasidagi
kuchli o g 'riq lard an qutulish uchun b a ’zi narkom anlar jarro h lik
operatsiyasiga ham tayyor turishadi. Giyohvand moddalar va spirtli
ichimliklarni ko'p iste'mol qiluvchilarda hamda ruhiy bemorlarda o'tkir
jarrohlik kasalliklari kuzatilsa, bu jarroh uchun katta tashvish tug'diradi.
Ayniqsa, bolalarda oligofreniya, imbetsil holatlar va boshqa tug'ma
nuqsoniar, qariyalarda esa invoiyulsion psixozlar, demcnsiyalar. Ularning
xulq-atvoridagi patologik o'zgarishlar tashxisni to 'g 'ri aniqlashga
to'sqinlik qiladi, ular operatsiyadan so'ng vrach tavsiyalariga to'la amal
qila olishmaydi va buning natijasida, operatsiya qilingan joylar ochilib,
qon ketishi kabi bemor hayoti uchun xavfli vaziyatlar paydo bo'lishi
mumkin. Bunday bemorlar operatsiyadan oldin ham, so'ng ham
psixonevrolog yoki psixiatr nazoratiga olinishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |