Maqsad: ishtirokchilarning topqirligini oshirish, ijodkorlikni rivojlantirish, faollashtirish.
Kerakli resurslar: 4 ta oq qog’oz va 1 ta ruchka.
Jarayon: oldindan 4 ta yozuvli kartochkalar tayyorlab olinadi. 1- kartochkaga “qalampirning achchiq ta’mi”; 2-kartochkaga “yolg’onchi”; 3- kartochkaga “eng baland sakraydigan chumoli”; 4-kartochkaga “eng chiroyli yiqilish” so’zlari yozib qo’yiladi va kartochkalardagi yozuv ko’rinmaydigan qilib qog’oz buklanadi. Ishtirokchilardan 4 ta o’zaro teng bo’lgan kichik guruhlar shakllantiriladi. Har bir guruhga oldindan tayyorlab qo’yilgan kartochkalardan bittadan beriladi va hozircha kartochkalarni ochmaslik so’raladi hamda shart tushuntiriladi: ishtirokchilarga tarqatilgan kartochkalarda dunyoda yo’q haykal yodgorliklar nomi yozilgan bo’lib, ishtirokchilar kartochkalarni o’z guruhlari bilan ochib ko’radilar va shu haykal yoki yodgorlikni qanday qilib qurish va aktyorlik mahoratini ishga solib namoyish etish mumkinligini kelishib oladilar. Ishtirokchilar kelishib olishlariga 1 daqiqa beriladi. Undan so’ng har bir jamoa navbatma-nabat o’z yodgorligini boshqa jamoalarga namoyish etadi va boshqalar shu yodgorlikni nomini topishlari kerak bo’ladi. Yodgorliklar nomi juda g’ayrioddiy bo’lganligi uchun trener topishmoqni topishga (boshqa jamoalar qiynalgan hollardada) yordam berishi ham mumkin.
Kerakli resursalar: har bir ishtirokchi uchun 1 tadan qog’oz va ruchka, flip chart yoki yozuv do’skasi.
Maqsad: ishtirokchilarda noodatiy fikrlashni, ijodkorlikni, mantiqiy tafakkurni rivojlantirish.
Jarayon: do’skaga ushbu shaklda 4 ta nuqta qo’yiladi hamda ishtirokchilardan o’z qog’ozlariga huddi shunday nuqtalar qo’yishlari so’raladi.
Va shart quyidagicha tushuntiriladi: sizlarga berilgan ushbu nuqtalarni siz uchta to’g’ri chiziq bilan qog’ozdan ruchkani uzmay birlashtirishingiz kerak.
Ishtirokchilarga 1 daqiqa o’ylashga vaqt berish kerak. So’ngra javobni to’gri topgan ishtirokchi bo’lsa, uni doskaga chaqirib to’g’ri javobni ko’rsatib berish
so’raladi. To’gri javob quyidagicha
Mashg’ulotning ikkinchi topshirig’i ham shunga o’xshash, lekin u
bir muncha mushkulroq. Endi trener do’skaga yuqoridagidek tarzda nuqtalar qo’yib chiqadi va shart tushuntiriladi: sizlar ruchkani qog’ozdan uzmasdan 4 ta to’g’ri chiziq chizish orqali orqali ushbu 9 ta nuqtalarni birlashtirishingiz kerak. Bunda ishtirokchilar turli xil chalg’ituvchi savollar berib trenerdan javob olishga urinishadi buni o’ylashga ular uchun 3-4 daqiqa berish kerak. Iloji boricha ishtirokchilarni o’zlari mustaqil o’ylab ko’rishlariga imkon yaratish lozim. So’ngra javobni to’gri topgan ishtirokchi bo’lsa, uni doskaga chaqirib to’g’ri
javobni ko’rsatib berish so’raladi. Agar bo’lmasa yanada ijodkor bo’lish, noodatiy o’ylash, mantiqiy tafakkurni ishga solish so’raladi hamda “ijodkorlik bu – chegaradan chiqish” degani deb qo’shib qo’yiladi. Bunda imkoni boricha ishtirokchilarni o’zi mustaqil o’ylab topishlariga qo’yib berish kerak.
To’g’ri javob esa quyidagicha bunda yuqori burchakdan pastga qarab boshlanadi va ko’rsatkichlar bo’yicha harakat davom ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |