4.O’yinlarni o‘tkazishda trenerga tavsiyalar. Guruhlar bilan ishlashda o’yin samaradorligini oshirishda, albatta, trenerning kasbiy mahorati asosiy o’rinni egallaydi. O’yin mashg’ulotlarida trenerning kutilmagan vaziyatlarga nisbatan inprovizatsiyaning hosil qilish qobiliyatining mavjudligi bilan o’yin mashg’ulotining samarador natijalar bilan yakunlanishiga asos bo’ladi.
O’yinning oxiri har doim qandaydir emotsional ahamiyatga ega bo’lishi kerak. Ya’ni o’yin oxirida albatta ikki xil holat kuzatilishi zarur: Birinchidan,
ishtirokchilarda ko’tarinki kayfiyat kuzatilishi lozim. Ikkinchidan, o’yindagi o’zaro munosabatlardan mantiqiy yakun kelib chiqish kerak. Eng oddiy emotsional olqish sifatida qarsak rol o’ynashi mumkin, vaziyatdan kelib chiqqan holda olqishlashning boshqa usullaridan ham foydalanish mumkin. O’yin payitidagi o’zaro munosabatlarning muvaffaqiyatini ta’minlash uchun trener guruhdagi shart – sharoitlarni, masalan, guruh a’zolarining yoshini, qiziqishlari kabilarni hisobga olishi zarur. Hamma o’yinlar ham turli yoshdagi guruhlarda muvaffaqiyatli o’tavermaydi. Har bir o’yin guruh bilan ishlash jarayonida o’z o’rniga ega bo’ladi. O’yinlar o’ziga xos mantiq asosida tashkil qilinishi lozim, masalan, “taktil to’siqlarni bartaraf etish” o’yinini o’tkazmasdan turib, “ishonch asosida ” o’yinini o’tkazib bo’lmaydi. “ Ismlarni eslab qolish o’yini” muvaffaqiyatli o’tishi uchun doira shaklida o’tirgan ishtirokchilar bir – birlarining ismini eshitganligiga, bir –biriga ahamiyat berganligida ishonch hosil qilish kerak, chunki bilmagan narsani esda saqlab bo’lmaydi.
Boshlovchi guruh bilan ishlashdan oldin o’yinni o’tkazish uchun zarur bo’lgan barca materiallarni va xatti – harakatlarini yaxshilab o’ylab olishi kerak. Qatnashchilarni o’yinga qiziqishini oshirish uchun materiallarning yorqinligi, jozibadorligi nazardan qochirmaslik lozim.
Boshlovchi e’tibor berishi kerak bo’lgan muhim jihatlardan yana biri – guruhning o’yin jarayoniga kirishib ketishidir. Har bir guruh uchun o’yinlar qandaydir yangi va oziga xos hodisadir. Shuning uchun o’yinlarni tanlashda “oddiydan murakkabga” tamoyiliga amal qilish zarur. Ayni hollarda boshlovchining kayfiyati ko’tarinki bo’lishi va ko’zlangan maqsadga erishishi uchun bu kayfiyatni guruh a’zolariga ham “yuqtirish ” kerak. Agar guruh o’yinga kirishishni istamasa cho’chish kerak emas, bu odatlanilmagan holatga nisbatan dastlabki aks ta’sir (reaksiya) bolib, tezda o’tib ketadi.
Albatta, koplab o’yinlarni o’tkazish jarayonidagi boshlovchida bu boradagi zarur ko’nikma va malakalar shakllanib boradi, biroq muayyan o’yin qoidalarini bajarish, vazifalarni tushunish, shart- sharoitlarni hisobga olish natijasida trenerning ishi osonlashadi, eng muhimi - guruhdagi ishning sifati oshadi, trening oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalar yuqori darajada amalga oshiriladi. Shunday ekan, trening jarayonida o’yinlardan unumli foydalanishga harakat qilish zarur.
1. Rolli o‘yinlar va “Psixodramma”. Ro’lli o’yinlar hayotiy vaziyatlar va munosabatlar modellashtiriladigan, maxsus tashkil qilinadigan o’yinlardir. Ular shaxslararo munosabatlar harakterini anglash, bu munosabatlarni yaxshilash ishida qo’l keladi. Trening jarayonida rolli o’yinlar ko’pincha turli ishtimoiy
rollarni bajaruvchi kishilar orasidagi munosabatlarni muvofiqlashtirish uchun taklif qilinadi. Ijtimoiy rollarga biz hayotda o’zimiz sezmagan holda duch kelamiz. Jumladan, oilada turmush o’rtoq, ota - o’gil ona - qiz, yo’lovchi , xizmatchi, talaba, rahbar va xakozolar. Bular faqat inson ekanimizni anglatuvchi tushunchalargina emas, balki muayyan ijtimoiy rollar hamdir. Ulardan har biri o’z yo’l-yo’riqlari va xulq-atvor qoidalari va normalariga ega.
Rolli o’yinlarda asosiysi – muloqot yoki munosabatdir. O’z pozitsiyamizni o’zgalarnikiga moslashtirish jarayonida munosabatlarning yangi usullarini ishlab chiqishimiz mumkin. Bunda odatlanilgan xulq –atvorning yaxshi va yomon jihatlari yaxshiroq aylanadi yoki boshqa ishtirokchilar bilan bevosita muloqot jarayonida yangi xulq – atvor ko’rinishlari shakllantiriladi.
Rolli o’yinlarda xulosa chiqarish, tajriba to’plash va uni anglash va kundalik hayotga tadbiq etish muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |