4. Yakunlash bosqichi — bu bosqich mashg‘ulot yakunlanishining mantiqiy nuqtasidir, agar
mashg'ulot muvaffaqiyatli tugagan bo‘lsa, barcha ishtirokchilarnmg kayfiyati a’lo darajada bo'ladi.
Bu bosqichda ish davornida yo‘l qo‘yilgan ba’zi kamchiliklami silliqlab ketish imkoniyati tug‘iladi.
Bosqich puxta o'ylab chiqilib, aniq tashkil etilishi kerak, uni o'z holicha o'tkazish yararnaydi,
chunki bunday munosabat olib borilgan ishning ijobiy yoki salbiy baholarini ko'paytirib yuborishi
mumkin.
Treneming vazifasi: mashg‘ulotni yuqori hissiy kayfiyatda yakunlash tadbirini tayyorlash va
o‘tkazish, har bir ishtirokchiga qulay sh»roit yaratish, bir-birlariga yoki trenerga tashakkur
bildirishlari uchun imkon yaratish, "qayta aloqa ni amalga oshirish, har bir ishtirokchiga o'ziga
yarasha minnatdorlik bildirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |