Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova


Trenerga qo‘yiIadigan umumiy talablar



Download 1,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/197
Sana03.01.2022
Hajmi1,67 Mb.
#314460
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   197
Bog'liq
psix tren

 
9.2.Trenerga qo‘yiIadigan umumiy talablar 
 Trener har doim trening mashg‘u!otni o‘tkazishga kirishishdan avval o'ziga: 
 • Men qanday maqsadga erishmoqchiman?  
• Men nima uchun shu maqsadga erishmoqchiman?  
• Men qanday vositalar bilan unga erishmoqchiman? degan savollarini berishi lozim. Buning 
uchun  u  albatta  reja  va  dastur  tuzib  olishi  kerak.  Trening  uchun  reja  va  dastuming  qay  darajada 
ahamiyatliligi va uni tuzishda nimalarga e’tibor berish lozimligi haqida yuqorida so‘z yuritganmiz. 
Trening mashg‘ulotlari samarali o‘tishi uchun trenerdan katta mahorat talab etiladi. Trener har 
tomonlama  rivojlangan,  rejaiashtirish  va  tashkillashtirish  tajribasiga  hamda  qobiliyatiga,  eng 
muhimi  muloqot  madaniyatiga  ega  boTishi  talab  etiladi.  Trener  hech  qachon  trening 
qatnashchilaridan kam bilimga ega bo'lmasligi kerak. Trener qisqa vaqt ichida qarorlar qabul qilish 
va qatnashchilaming savollariga javob berish mahoratiga ega bo'lishi kerak. 
Bundan  tashqari  malakali  trener  uchun  quyidagilar  xos  boiishi,  ya’ni  u  quyidagi  talablarga 
javob berishi lozim:  
Har qanday vaziyatdan chiqa oladigan;  
- Malakali kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan; 
 - Guruhda terapevtik iqlimni yarata oladigan;  
- Muammoli vaziyatlarga aralasha oladigan va undan chiqa oladigan; 
 - Muammoning yechimini birgalikda topish taktikasiga ega bo‘lgan shaxs bo'lishi lozim. 


 
55
Yuqoridagilar  bilan  bir  qatorda  yana  shuni  ham  hisobga  olish  kerakki,  guruhni 
boshqarayotgan  trener  shaxslar  bilan  ishlaydi,  har  bir  shaxs  esa  o'ziga  xos  individuallikka  egadir. 
Shu  bilan  birga  har  bir  shaxs  o‘ziga  xos  qadriyatlar  tizimiga  ham  ega.  Tabiiyki  ular  shu  jihatlari 
bilan  bir-biridan  hamda  trenerdan  farq  qiladi.  Shulami  hisobga  olgan  holda  trener  quyidagilarga 
amal qilishi lozim:  
- Guruhning har bir a’zosiga individual yondashishi; 
- Ishtirokchilarga “bosim” o'tkazmasligi; 
-  Har  bir  ishtirokchini  qiynayotgan  savolga  uning  qadriyatlar  tizimiga  mos  keluvchi  javobni 
topishga ko‘maklashishi zarur. 
Trenerlik  ishi  bu  asta-sekin  kasbga  aylanadigan,  maxsus  ko‘nikma  va  malakalarga  ega 
bo‘lishdir.  Trening  jarayonini  tashkil  qilish  va  uni  ohkazishda  trenerdan  juda  ko‘p  narsa  talab 
etiladiki, trener boTish istagida bo‘lgan  yoki trenerlik qilayotgan har bir mutaxassis bulami bilishi 
va  amal  qilishi  zarur.  Bu  borada  trenerlar  va  bo‘lajak  mutaxassislar  quyidagi  tavsiyalami  bilishi 
lozim:  ishcht  guruh  uchun  qoidalar  ishlab  chiq.sh;  har  btr  mashg'ulot  uchun  o‘ziga  xos  ko‘rsatma 
bera  olish;  guruh  muhokamasini  tashkil  qilish;  qatnashchilaming  savollariga  javob  bensh  va 
ulaming  bajarayotgan  ishlarini  nazorat  qilish;  ssenariy  mazmunini  trening  maqsadi  asosida  tahlil 
qilish;  qatnashuvchilaming  emotsional  holatini  nazorat  qilish  va  ularga  psixologik  yordam  berish; 
har bir mashg‘ulotga yakun yasash va uyga vazifa berish; mashg‘ulot oxirida ishtirokchilarga trener 
haqida o‘z fikrini bayon etishga imkon berish. 
Bundan tashqari ishtirokchilami qiziqtmsh, ulaming mustaqil ishlashiga imkon yaratish kerak. 
Hech  bir  qatnashchini  muhokama  qilish  kerak  emas,  ishtirokchilarga  o‘zini  bir-birlaridan  yuqori 
tutmasligini tushuntirish, o‘zi esa mutaxassis ekanligini ta’kidlayvermasligi kerak. 
Eng muhimi, trenerlik qilayotganda shuni unutmaslik kerakki, Uener o‘qituvchi emas. lining 
vazifasi - sharoit, vaziyatni yaratish yoki ishtirokchilarga ko‘maklashishdan iborat. 
Har  qanday  trener  trening  mashg'ulotlarini  olib  borish  uchun  katta  trenerlik  tajribasi  va 
mahoratini  egallashi  kerak.  Mashg‘ulotlar  jarayonida  ishtirokchilaming  ijodkorligi  talab  etilgan 
holatlarda trener quyidagilami  yodda tutishi lozim: u gumhga rahbarlik qilmasligi; gumhga tayyor 
axborotlami  bermasligi;  gumh  nima  ish  qilishi  kerakligi  to  ‘g  ‘risida  maslahat  yoki  takliflar 
kiritmasligi kerak. 
Mohir trener gumh bilan ishlash jarayonida nafaqat guruhning ahvoli, kayfiyati, muammosiga, 
balki har bir ishtirokchining ahvoli, kayfiyati, muammosiga ham katta e’tibor bilan qaraydi. 
Treneming  asosiy  vazifasi  —  guruhning  qiziqishini  oshirib,  ulami  yo‘naltirib  va 
rag'batlantirib  borishdan  iborat.  Ishtirokchilarning  o‘zi  ishlashi  uchun  trener  ularga  faqat  sharoit 
yaratib  berishi  lozim.  Shunday  qilinsa  ishtirokchilar  muammolami  tahlil  qilish  va  ma’lum  bir 
xulosalarga  kelish  jarayonida  o‘zaro  ishonch  va  hurmat  ko’nikmalarini  egallab  boradi. 
Ishtirokchilar  mustaqil  ravishda  biror  fikrga  kelsa,  trener  uni  to‘g‘ri  qaror  sifatida  qabul  qilishi 
kerak.  Trener  har  bir  ishtirokchining  ;  muvoffaqiyatini  rag'batlantirib,  ularning  yashirin  iste 
dodlarini  namoyon  qilishlariga  imkon  yaratishi  kerak.  (M:  ishtirokchi  kechikib  kelganda  chiroyli 
qo‘shiq yoki she’r aytishi; rolli o'yinda yaxshi rol bajarishi jarayonida).   

Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish