Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova


 Treningda “Psixodramma” usulidan foydalanish



Download 1,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/197
Sana03.01.2022
Hajmi1,67 Mb.
#314460
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   197
Bog'liq
psix tren

8.4. Treningda “Psixodramma” usulidan foydalanish 
 Ijtimoiy-psixologik  treningda  qo'llaniladigan  eng  qiziqarli  va  eng  samarali  usullardan  biri 
psixodramma  hisoblanadi.  Psixodramma  -  bu  trener  tomonidan  ishtirokchilarga  biror-bir  hayotiy 
(odatda, nizoli) yoki shartli vaziyatning taqdim etilishi va bu vaziyatlaming 3-4 kishilik guruhlarda 
o‘z  rollaridan  kelib  chiqib  ijro  etishidir.  Psixodramma  rolli  o‘yinlarning  murakkabroq  shakli 
hisoblanadi.  Ulaming  umumiyligi  shundaki,  har  ikkalasida  ham  rollar  ijro  etish  talab  etiladi.  Rolli 
o'yinlardaf rol sifatida turli xil predmetlar (ruchka, chashka, parta), jonzotlar (bo‘ri, quyonjning ham 
ishtiroki  mavjud  bo  Isa,  psixodrammada  faqat  ijtimoiy  munosabalar  aks  etgan'  rollar  (ota,  o‘g‘il, 
direktor, psixologjning mavjud bo'lishi talab etiladi. 
Masalan,  psixodrammada  oilaviy  vaziyatlardan  biri  sifatida  ota-ona  va  far:  (o‘g‘il  yoki 
qizjlaming  dam  olish  kunini  birgalikda  o'tkazishi  kerakligining  1  muhokamasi  o‘ynaladi.  Bu 
vaziyatning  murakkabligi  va  muammoliligi  shundaki,  dam  olish  kuniga  oila  har  bir  a’zosi  o'z 
rejasini  belgilab,  kimlargadir  va’da  berib  qo‘ygan.  Ushbu  vaziyat  muhokamasini  tashkil  etish 
psixodramma usulida amalga oshiriladi. 
Yoki yana bir vaziyat bir guruh insonlaming kimsasiz orolga tushib qolishlari | va shu orolda 
ma’lum muddat hayot kechirishini ko‘rsatib berish taklif qilinadi. Ishtirokchilarga guruhning har bir 
ishtirokchisi  orolga  tushib  qolguniga  qadar  kemada  ma’lum  rolni  (kapitan,  kapitan  yordamchisi, 
dengizchi, yo'lovchi) bajarib kelganligi izoh sifatida aytiladi. 
Muammoli holatlar, vaziyatlar va ulami qay tartibda ijro  etish kabi jihatlar trener tomonidan 
guruhning tarkibi va ishtirokchilaming hayotiy muommolaridan kelib chiqqan holda tanlanadi. 
Psixodrammani o'tkazishning turli xil modifikasiyalari (turlari) mavjud: 
 1.  Rollami  almashish  -  ishtirokchilar  rollami  o‘ynab  bo'lganlaridan  so‘ng  ishtirokchilarga 
rollarini  almashinish  taklif  etiladi.  Buning  afzalligi  shundaki,  ma’lumj  pozitsiyada  rol  ijro  etgan 
ishtirokchi o‘yin shartlariga ko‘ra, keyinroq kontrpozitsr (akspozitsiya)ni egallashga majbur boladi 
va  bunda  u  bir  necha  daqiqa  avvl  o‘zi  aytgan  gap-so‘zlari  yoki  xatti-harakatlarini  to‘g‘ri, 


 
52
noto‘g‘riligini tushunib oladi.  
2.  Bitta  vaziyatning  turlicha  talqini  -  psixodrammaning  bu.usulida  aynan  bitta  vaziyat 
ishtirokchilar  tomonidan  navbatma-navbat  va  asosiysi  boshqacha,  turlicha  tarzda  o  ’ynalishi  talab 
etiladi.  Natijada  inson  aynan  b  .r  vaziyatda  o  ‘z  xarakterining  turli  tomonlarini  namoyon  etish 
hamda o‘z xulq-atvoriga ko‘p narsa bog‘liq!,ligini bilib olishi mumkin.  
3. Barcha ishtirokchilaming qatnashuvi - aynan bitta vaziyatda turli ishtirokchilar o ‘z xarakter 
xususiyatlaridan  kelib  chiqib  rol  o  ’ynashlari  hisoblanadi.  Shundagina  inson  o‘zi  o’ynagan  rolni 
boshqalar  qanday  ijro  etishini,  aynan  shu  muommoni  boshqalar  qay  tarzda  hal  qilayotganligim 
ко
‘rad,.  Shuningdek,  chetdan  kuzatganda  u  yoki  bu  muloqot  usuli  qanday  ko’rinishim  hamda 
boshqalar uni qanday t/ubul qilishlanni bilib olishi mumkin. 
Psixodrammaning  samarali  usul  ekanligi  yana  shunda  namoyon  bo'ladiki,  u  orqali 
ishtirokchilarda  real  hayotiy  vazivatlarda  muvaffaqiyatga  enshish  mumkmhgiga  ishonch  hosil 
qilinibgina  qolmasdan,  shunga  mos  ko‘mkma  va  malakalami  hosil  qilishga  ham  yordam  beradi. 
Shuningdek,  shaxsiy  maqsadlarga  erishishga,  garmonik  munosabatlar  o'rnatishga  ko‘maklashadi, 
msonlar bilan muloqotga kirishish uchun maqbul usullami izlashga va topishga undaydi. 
Psixodramma  fimksional  treningdan  qaysi  jihatlari  bilan  farq  qiladi?  -  degan  savolga  javob 
berish  lozim.  Bu  savolga  quyidagicha  javob  berish  mumkin:  Birinchidan,  improvizasiyalanganligi 
bilan  farq  qiladi.  Funksional  treningda  trener  tomonidan  ijtimoiy  xulq-atvomi  ,jro  etuvchi  asosiy 
shaxs  oldiga  aniq  maqsad  qo‘yiladiki,  bunda  qanday  yo‘l  bilan  bo'lmasin,  albatta  natijaga  enshish 
lozim bo'ladi. Qolgan ishtirokchilar esa to'siqlami hosil qilishlan kerak bo‘ladi. 
Psixodrammada  esa  qandaydir  muammo  o‘rtaga  tashlanadi  va  barcha  ishtirokchilarga  nizoli 
vaziyatni  hal  etish  yo’llarini  topish  vazifasi  beriladi  va  buning  uchun  ularga  to  'liq  imkoniyat 
beriladi.  Har  bir  ishtirokchi 
о
  ‘z  shaxsiy  tasavvurlari  va  imkomyatlanga  mos  holda  o‘z  sherigiga 
ta’sir  etish  usullarini  tanlash  imkoniyatiga  ega  bo’ladi.  Shunga  mos  holda  psixodrammada  har  bir 
shaxsning  o‘ziga  xos  jihatlari:  xarakter  xususiyatlari,  axloqiy  ustanovkalari,  hayotiy  qadriyatlari 
keng darajada namoyon boiadi. 
Psixodrammaning eng ijobiy jihati shuki, ishtirokchi o'zining haqligiga ishonadi va o‘z xulq-
atvorini  shu  ishonchga  muvofiq  holda  namoyon  qiladi,  ya’ni 
о
  z  hayotiy  qadriyatlariga  tayangan 
holda  o'zini  tutadi  va  buning  ijobiy  samara  berishiga  ishonadi.  Ammo  u  qandaydir  tushunarsiz 
sabablarga  ko‘ra  o'zining  hulq-atvori  atrofdagi  insonlar  bilan  o'zaro  munosabatlarni 
yomonlashtirayotganligini anglaydi. Shuningdek, psixodramma ma’lum bir vaziyatlarda nima qilish 
kerakligini “umuman bilmay qolgan”lar uchun ham juda foydali. 
Bundan  tashqari,  psixodrammaning  oxirida  o‘tkaziladigan  sahnalashtirilgan  vaziyatlaming 
guruhiy  muhokamasi  ham  foydalidir.  Bunday  muhokama  ishtirokchilarga  shaxslararo  o‘zaro 
munosabatlarga salbiy ta’sir etayotgan 
о
 z xarakteridagi kamchiliklami bilib olishga yordam beradi. 
Muhokama  psixodramma  metodining  ikkinchi  muhim  tamoyili  hisoblanadi.  Muhokama 
jarayoni  amalga  oshirilgan  pozitsiyaga  nisbatan  boshqa  ishtirokchilaming  reaksiyalarini  chuqur 
bilib  olishga  yordam  beradi.  Odatda,  ko'pchilik  ishtirokchilar  o‘z  fikrlarida  berilgan  rolini 
qoyilmaqom qilib bajargani va eng zo‘r natijaga  erishganiga ishonib, juda xursand bo'ladi. Ammo 
muhokama  jarayonida  ular  o'z  hulq-atvorining  boshqa  insonlarda  qandaydir  yoqimsiz  hislar 
uyg'otganligini  bilib  hayron  qoladilar.  O  ‘zaro  fikr  almashish  jarayonida  ishtirokchilar  o  ‘zlarida 
paydo bo‘lgan fikrlar va kechinmalami bilan o‘rtoqlashadilar. 
Bunday  muhokama  jarayonida  ayrim  ishtirokchilar  ko‘pincha,  o'zidagi  qatiyatlilikni 
atrofdagilar  qo‘pollik  deb  baholab,  salbiy  munosabat  bildirsalar,  hayron  bo'lishadi,  Aksincha 
bo'lishi  ham  mumkin:  qatiyatsizlikni  psixodrammadagi  sheriklar  mulozamatlilik  deb  qabul  qilib, 
ijobiy baholaydilar, bu ham insoimi ajablantiradi. Demak, psixodrammaning afzalligi shuki, ushbu 
metod  ishtirokchiga  faqat  yangi  rollami  bajarish  imkoninigina  bermasdan,  balki  o‘z  xarakterini 
qaytadan  baholashga  hamda  atrofidagi  insonlarga  munosabatini  yangicha  tarzda  ko‘rib  chiqishga 
ham  yordam  beradi.  Buni  quyidagicha  izohlash  mumkin:  inson  kundalik  hayotda  bolalami 
tarbiyasida  turli  muommolarga  duch  keladi,  bu  muommolami  bartaraf  etishning  eng  samarali 
usullaridan  biri  bolalaming  kundalik  tarbiyasini  “foydali  o'yinlar”  bilan  uyg'unlashtirish 
hisoblanadi.  Masalan,  bolani  uxlatishdan  awai  u  bilan  birgalikda  qo‘g‘irchoqni  uxlatish  mumkin. 


 
53
Bunda  bolaga  tarbiyachi  yoki  ota-ona  rolida  bo'lib  ko'rish  imkonini  berish  kerak.  Bu  kichik 
o‘yindan  so‘ng  ko'pchilik  ota-onalar  o'zi  ham  og'ir-bosiq  va  muloyim  tortib  qolganligini  qayd 
etishgan.  Kichik  maktab  yoshidagi  bolaning  uy  vazifasini  tekshirayotganda  aqlli  va  mehribon 
o'qituvchi rolini o'ynab ko'rish yoki bolaning o'zini o'qituvchi qilib qo'yish ham foydali hisoblanadi. 
O'quvchilar  o'mida  esa  qator  terib  qo'yilgan  o'yinchoqlar  tanlanadi.  Bola  bajonidil  ulami  doskaga 
chaqiradi  va  ulaming  o'miga  hamma  bilganlarini  o'zi  gapirib  beradi.  Yoki  shifokorga  borishdan 
avval bola bilan “polikiinikaga chiqish” o'yinini o'ynash mumkin. Bu o'yinda bola shifokor o'mida 
bo'lsa, u mijozni (quyon, ayiq) qo rqmaslikka chaqiradi. Ota yoki ona esa unga mijoz o'zini qanday 
tutishi kerakligini ko'rsatib beradi. 
Psixodrammada  konkret  o'yinli  vaziyatlami  tanlash  trenerning  qiziqish  va  fantaziyasiga 
hamda mahoratiga bog'liq. 

Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish