Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova


 Mutaxassislar tomonidan trener uchun talablar tahlili



Download 1,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/197
Sana03.01.2022
Hajmi1,67 Mb.
#314460
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   197
Bog'liq
psix tren

9.4. Mutaxassislar tomonidan trener uchun talablar tahlili 
 M.Kubrom  tomonidan  trenerlik  qiluvchi  mutaxassisning  ishiga  nisbatan  quyidagi  talablar 
ishlab chiqilgan:  
Intellektual  qobilivatlar:  kuzatuvchanlik,  faktlami  jamlash,  qiyoslash,  sog'lom  fikrlash,  tahil 
qilish, ijodiy fikrlash, original tafakkur qobiliyatlarining mavjudligi. 
Odamlami  tushunish  va  ular  bilan  ishlav  olish  qobiliyati:  ishtirokchilaming  fikrini  hurmat 
qilish,  g'aliz  va  noo'rin  bildirilgan  fikrlarga  nisbatan  chidamlilik,  yozma  va  og'zaki  muloqotga 
kirisha  olish  qobiliyatining  mavjudligi,  ishontira  olish  hamda  faoliyatga  undovchi  motivlami 
yaratish qobiliyatining mavjudligi. 
Intellektual va emotsional etuklik: faoliyat va xulqdagi barqarorlik, bosim ga qarshilik ko'rsata 
olish, o‘z kuchiga ishonch, har qanday vaziyatda o'zini nazorat qila olish, o'zgaruvchan sharoitlarga 
moslasha olish. 
Shaxsiv  qat’ivatlilik  va  tashabbuskorlik:  o‘ziga  ishonch,  mardlik,  tadbirkorlik  va 
tashabbuskorlik. 
Etika  va  rostgo‘vlik:  boshqalarga  yordam  berish  istagining  mavjudligi,  rostgo'ylik,  shaxsiy 
kompetentlikning cbegaralarini anglash, xatolami tan olish qobiliyati.  


 
57
Jismoniv  va  aqliv  sog’lomlik:  ishdagi  va  kundalik  hayotdagi  zo  riqishlami  qiyinchiliksiz 
“ko‘tara olish”. 
A.I.Prixojan  treneming  shaxsiy  sifatlarini  muhim  ahamiyatga  ega  ekanligini  va  birinchi 
navbatda  umumiy  bo'lgan  insoniy  sifatlar  uning  har  bir  ishida  namoyon  bo‘lishi  kerakhgim  aytib 
o‘tadi. Uning fikriga ko‘ra, trenerdan talab qilinadigan psixologik professionalizmning asl mohiyati 
shundaki,  u  odamlarning  ko'ziga  va  xatti-harakatiga  qarab,  ulaming  uiyat-istaklarini,  treningda 
ishtirok  etish  qobiliyatini  oldindan  taxmin  qila  olishi  va 
о
‘yin  davomida  mohirlik  bilan  ulaming 
xatti-  harakatlanm  zimdan  boshqarish  qobiliyatiga  ega  bo'lishi  shart.  Bundan  tashqari,  trenerdan 
fidoyilik,  o‘zgalar  manfaatini  o‘zinikidan  yuqori  qo‘yish,  sabr-toqat,  tezkorlik,  fahm-farosat  kabi 
sifatlar  ham  talab  etiladi.  Bu  sifatlar  esa  faqat  nazariy  tayyorgarlik  asosida  emas,  balki  ko‘proq 
hayotiy  va  ijtimoiy  faoliyatning  murakkab  turlarida  faol  ishtirok  etish  natijasidagina  qo‘lga 
kiritiladi. 
Trenemmg kommumkativligi, liderlik qobiliyati, ishontira olishi, mijozlar bilan munosabatda 
chidamhiigi, muammoning bir necha tomonlarini ko‘ra bilish, o‘z faoliyatini yo naltirishni bilish va 
nihoyat eng muhimi o‘z-o‘zini tahlil qilish qobiliyati trenerlik ishining eng muhim jihatlaridandir. 
Har bir trener 
о
 z-o zini tahlil qila olishi, o‘z “Men”ini anglashi hamda o‘z kasbt va “Men”i 
o‘rtasidagi  munosabatlar  xarakteristikasini  anglashi  lozim.  U  har  doim  o'ziga  “Men  kimman?”, 
“Men  qanday  mutaxasisman?”  kabi  savollar  bilan  murojaat  etib  turishi  kerak.  O  ‘z  shaxsiy 
sifatlarini anglay bilish mijozlar guruhi bilan samarali natijalarga erishishning shartlaridan biridir. O 
‘zini  anglash  konsultantga  o  ‘z  nuqtai  nazariga  ko‘ra  qaysi  shaxsiy  sifatlarini  rivojlantirishi, 
shakllantirishi lozimligini aniqlash imkonini beradi. 
A.V.Batarshev  o‘z-o‘zini  anglashni  quyidagicha  ta’riflaydi:  “Individning  o‘zi  liaqidagi 
tasavvurlari  asosida  o‘zi  va  boshqa  odamlar  bilan  munosabat  o‘matishini  ta’minlovchi  nisbatan 
barqaror  va  anglangan  tizimdir”.  A.Batarshevning  fikriga  ko‘ra  shaxsning  Men’  obrazi  quyidagi 
komponentlardan iborat:  
•  Kognetiv  komponent  (shaxsiy  psixologik  sifatlari,  qobiliyatlari,  tashqi  ko’rinishi,  ijtimoiy 
qimmatliligi);  
• Emotsional komponent (o‘z-o‘zini baholashi va o’zining emotsional bahosi) 
•  Xulq-atvor  komponenti  (o‘ziga  bo'lgan  munosabati,  obro‘  qozonishi,  o'ziga  faoliyat 
yurituvchi shaxs sifatida munosabatda bo'lish. 
•  O‘z-o‘ziga  ishonch  -  bu  avvalo  o‘z  kuchiga, 
о
  z  pozitsiasiga,  q  o  ilay  o  tg  an  metodlarga 
bo‘lgan  ishoncbdir.  O‘z-o‘ziga  ishonch  ayniqsa,  trener  o‘z  ishida  eksperimental  metodlardan 
foydalangan vaziyatlarda juda muhumdir.  
• Har bir trener uchun zaruriy sifatlardan yana biri bu - ijodkorlikdir. Bu sifat kreativ tafakkur 
bilan  bevosita  bog‘liq,  ya’ni  noan’anaviy  fikrlash,  muammolarni  tez  yechish,  nostandart 
yechimlami  topish.  Trenerlik  ishida  hech  qanday  umumiy  retseptlar,  sxemalar  bo'lishi  mumkin 
emas.  Faqatgina  umumiy  yondashuv,  murakkab,  chigal  vaziyatlami  yechish  tajribasi  bo'lishi 
mumkin  xolos.  Trener  doim  nazariy  bilimlari,  tajribasi,  metodikalari,  shaxsiy  sifatlari  va  albatta 
ijodiy energiyasini sarflagan holda ishtirokchilarga yangilik taklif qilishi lozim. 

Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish