76 .Hozirgi zamon psixologiyasinning tarix bilan tutashganligi?
Psixologiya va tarixning ittifoqi tashqi va ichki bo’lishi mumkin. Bu fanlarning tashqi aloqasi har biri o’zining xususiy muammosini hal etishi uchun bir-birining ma’lumotlaridan foydalanish maqsadida boshqasiga murojaat qilishida o’rin egallaydi. Xuddi shunday, tarixchi u yoki bu davrda yashagan odamlarning psixologik xususiyatlari, qarashlari, madaniyati, odatlari, an’analari va shunga o’xshashlar bilan qiziqib qolishi mumkin. Psixolog ham o’z navbatida, muammolarini hal etish uchun odamlar psixologiyasiga tarixiy voqyelik sifatida nazar tashlagan holda tarixga murojaat qilishi mumkin.
Psixologiya va tarix o’rtasidagi yanada chuqur ittifoq ma’lum soha vakilida xususiy vazifani hal etish uchun boshqa fandan olingan metod yoki usullardan foydalanish zaruriyati tug’ilganida yuzaga keladi. Masalan, tarixchi psixologik metodlarga murojaat qilib, u yoki bu davlat arbobining shaxsini yoki omma psixologiyasini ahamiyatga molik tarixiy hodisa (tarixda shaxs tutgan o’rin muammosi)ni tushutirib berish uchun o’rganishi mumkin. Psixolog ham o’z navbatida, avval yashab o’tgan odamlar avlodlarining psixologiyasi va hulq-atvorini chuqurroq tushunish uchun tarixiy tahlil metodidan foydalanishi mumkin. Umumiy ilmiy nazariyani yaratishda tarix va psixologiyaning yanada chuqur aloqasiga tegishli misollarni keltirish mumkin. Ulardan biri L.S. Vigotskiy tomonidan ishlab chiqilgan inson yuqori psixik funktsiyalarining madaniy-tarixiy rivojlanishi nazariyasi hisoblanadi.
Yana bir shunga o’xshash barchaga ma’lum misollardan biri psixologiyada tarixiy metodning qo’llanilishidir. Uning mohiyati biror psixologik hodisaning tabiati, kelib chiqishi va qonunlarini tushunish uchun uning filo- va ontogenetik taraqqiyotini yuksak darajada rivojlangan shakllarining tahlili bilan cheklanmagan holda oddiy va murakkab shakllarini ham tekshirib chiqishdan iborat. Masalan, odamning nutqiy ongini tushunish uchun ong va nutqning manbalarini, ularning alohida mavjudligi, birlashishi va hamkorlikdagi rivojlanishi bosqichlarini aniqlash zarur bosqichlarini.
Psixologik sifatlar va ijtimoiy harakatlarga ega bo’lgan zamonaviy odamning insoniyat tarixiy rivojlanishi mahsuli ekanligi psixologiya va tarixning yaqinlashuvi asosida muhim ma’no kasb etadi. Psixologiyaning tarix bilan bo’lgan aloqasidan ko’ra, uning falsafa bilan aloqasi yanada uzviydir. Bu fanlar bir vaqtning o’zida yuzaga keldi va rivojlandi, bunda psixologiya bir necha asrlar davomida falsafaning bir qismi sifatida namoyon bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |