72.Psixologiyani maxsus bo’lim ,yo’nalishlari?
Yuridik psixolog sifatida yozuvchi A.K.Doylning qahramoni Sherlik Xolmsni atash mumkin. Yuridik psixologiya bo’yicha tadqiqot ishlari o’sha vaqtlarda G.Gross, K.Marbe, V.Shtern, K.Yung va boshqa psixologlar tomonidan olib borilgan. Keyinchalik yuridik psixologiyaning o’ziga xos tadqiqot yonalishlari vujudga keldi: jinoyatchilar shaxsini tadqiq qilish, guvohlik ko’rsatuvchilar ko’rsatmalarini tekshirish, sud psixologiyasi ekspertizasining nazariy va amaliy tomonlari ishlab chiqilgan. Yuridik psixologiya umumiy psixologiyaning metodlari va o’ziga xos ularning shakllarini qo’llaydi.
Hozirgi zamonda uning bir qancha bilimlari mavjuddir: kriminal psixologiya, sud psixologiyasi, jinoyatchilarni qayta tarbiyalash psixologiyasi, ya'ni penitentsiar psixologiyasi yoki axloq tuzatish mehnat psixologiyasi kabilar.
Differentsial psixologiya-shaxslar o’rtasidagi tafovut va farqlarni hamda guruh a'zolari orasidagi nomutanosibliklarning psixologik tomonlarini, ya'ni psixologik farqlarini o’rganuvchi psixologiya sohasi. Differentsial psixologiyaga F.Galton asos solgan bo’lib, u individual farqlarni statistik analiz qilish uchun bir qancha usullar va asboblar yaratgan. Differentsial psixologiya terminini nemis psixologi V. Shtern o’zining "Individual farqlar psixologiyasi" (1900 yil) asarida ishlatgan. Differentsial psixologiyaning asosiy metodlaridan biri- testdir. Avval individual testlar, keyinchalik esa guruhiy testlar qo’llanila boshlangan, ular asosan aqliy rivojlanishdagi farqlarni o’rganishga qaratilgan bo’lib, muayyan vaqt o’tgandan so’ng proektiv testlar ishlab chiqilgan. Mazkur testlar qiziqishdagi, intilishdagi, hissiyotdagi tafovutlarni tekshirishga qaratilgandir. Testlarning faktor analizi yoki intellektga oid ma'lumot beruvchi omillari o’rganilgan. Jahon psixologiyasida eng keng yoyilgan nazariyadan biri - bu N.Spirmenning ikki faktorli konsepsiyasidir. Bu nazariyaga binoan, har bir faoliyat uchun umumiy bitta faktor mavjuddir, bundan tashqari, o’sha faoliyatga qaratilgan xususiy faktor ham mavjud. Shu sohada oid yana bir nazariy L.Tyorston, Dj.Gilford va boshqalarning multifaktorlik yondashuvidir. Mazkur nazariya umumiy faktor borligini inkor qiladi, unda boshlang’ich aqliy qobiliyatlar asosiy o’ringa qo’yiladi.
Psixologiya inson qobiliyatlari genetik, biologik omillarga asoslangan, degan g’oya mavjud bo’lib, ta'kidlanishicha, ular go’yoki nasldan naslga o’tadi. Hozirgi zamon differentsial psixologiya diagnostika, prognostika metodlari yordami bilan shaxslarni qobiliyati bo’yicha tanlashda ilmiy printsip va qonuniyatlarga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |