Psixolingvistika nutqiy faoliyat haqidagi fan


Etnopsixolingvistikaning nazariy asoslari



Download 0,82 Mb.
bet36/46
Sana09.06.2023
Hajmi0,82 Mb.
#950187
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   46
Bog'liq
Психолингвистика Мажмуа2021

Etnopsixolingvistikaning nazariy asoslari
Etnopsixolingvistika asoslanadigan nazariy ta’limotlardan biri Sepir-Uorfning “Lingvistik nisbiylik nazariyasi”dir. Mazkur faraz 1930-yillarda E. Sepirning g‘oyalari asosida B.Uorf tomonidan ilgari surilgan. Ushbu farazga ko‘ra, insonlar olamni o‘z ona tillari vositasida turlicha ko‘rishadi. Tilda aks ettirilgan olamgina mavjud. Modomiki, har bir til borliqni o‘ziga xos usullar bilan aks ettirar ekan, unda tillar bir-biridan o‘zining “olamning lisoniy manzarasi”ga ko‘ra farqlanadi. E. Sepir va B.Uorfning gipotezasida quyidagi asosiy masalalar ajratiladi: 1. Til unda so‘zlashuvchi xalqning tafakkur usuli bilan bog‘liqdir. 2. Olamni bilish usuli subyektlarning qanday tillarda fikrlashiga bog‘liqdir28.
Etnopsixolingvistika shug‘ullanadigan masalalardan biri tafakkur (lisoniy tafakkur) va madaniyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatdir. Ma’lumki, har bir xalqning dunyoni bilishi, dunyoni tushunishi asosida o‘zining predmetlik ma’nolari, ijtimoiy stereotiplari, kognitiv sxemalari sistemasi yotadi, insonning tafakkuri har doim etnik jihatdan shartlangan bo‘ladi (A.A.Leontev). Etno-ijtimoiy-madaniy omil ko‘pincha fikrni shakllantirish va ifodalash usulining milliy-etnik o‘ziga xosligi bilan aniqlanadi (I.A.Zimnyaya). Mazkur jarayon ko‘p hollarda “g‘ayriixtiyoriy” xarakter kasb etadi, binobarin, tafakkur sistemasining o‘zi etnik stereotiplar muomalasi bilan aniqlanadi va har bir alohida madaniyat egasi tomonidan tushunib yetilmaydi, ya’ni mazkur milliy-lingvo-madaniy hamjamiyatning jamoaviy g‘ayriixtiyoriyligiga tegishli bo‘ladi. Biroq aynan ana shu tafakkurning muayyan sistemliligi yoki olamning obrazi u yoki bu hamjamiyat vakilining muomalasiga ta’sir qiladi va uni aniqlab beradi (N.V.Ufimseva).
Tafakkurning mavjudligi shaxsning o‘ziga xos belgilaridan biridir. Shaxs esa ijtimoiylashuv jarayonida jamiyatda shakllanadi. Shunday ekan, tafakkur shaxsni shakllantirgan o‘sha jamiyatning farqli jihatlarini o‘zida aks ettirmasligi mumkin emas29.
Madaniyat – jamiyat, inson ijodiy kuch va qobiliyatlari tarixiy taraqqiyotining muayyan darajasi. Kishilar hayoti va faoliyatining turli ko‘rinishlarida, shuningdek, ular yaratadigan moddiy va ma’naviy boyliklarda ifodalanadi. “Madaniyat” tushunchasi muayyan tarixiy davr (antik madaniyat), konkret jamiyat, elat va millat (o‘zbek madaniyati), shuningdek, inson faoliyati yoki turmushining o‘ziga xos sohalari (masalan, mehnat madaniyati, badiiy madaniyat, turmush madaniyati)ni izohlash uchun qo‘llaniladi. Tor ma’noda “madaniyat” termini kishilarning faqat ma’naviy hayoti sohasiga nisbatan ishlatiladi.
Madaniyat – me’yorlar, qadriyatlar, ideallar, namunalarning yo‘l-yo‘riqlari va ko‘rsatmalari sistemasiga asoslangan subyektlar faoliyatining barcha shakllari majmuyi, u boshqa madaniyatlar bilan o‘zaro aloqada yashaydigan jamoaning meros qilib olgan xotirasi. Madaniyat me’yori irsiy meros qilib olinmaydi, balki o‘rganish orqali o‘zlashtirib boriladi. Shuning uchun milliy madaniyatni egallash katta aqliy va irodaviy kuch talab qiladi.
Ko‘rinadiki, madaniyat ong, muomala stereotiplari, belgilar va ma’nolar sistemasi, ya’ni til bilan chambarchas bog‘liqdir. E.Sepirning ta’biri bilan aytganda: “Jamiyatni nima qilishi va nimani o‘ylashiga qarab madaniyatni, qanday o‘ylashiga qarab esa tilni aniqlash mumkin”.
Turfa madaniyat vakillari bo‘lgan turli etnoslarning lisoniy dunyosi bir-biridan farq qiladi. Buni quyidagi assotsiativ eksperiment misolida yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Masalan, OQ stimul so‘ziga ruslarning aksariyati QOR reaksiyasini berishgan. O‘zbeklar uchun oq rangni ifodalashda PAXTA, qozoqlar uchun esa SUT “etalon” bo‘lib xizmat qilgan. SARIQ so‘zi ruslar, beloruslar va ukrainlar uchun birinchi galda KUZ YAPROG‘Ini, shuningdek, MOMAQAYMOQ (ruslarda), QUM (belaruslarda) va KUNGABOQARni (ukrainlarda) assotsiatsiyalab kelgan. Fransuzlar SARIQ so‘ziga OLTIN va TUXUM SARIG‘I, amerikaliklar YOG‘ni reaksiya so‘z sifatida keltirishgan30.
Xullas, etnopsixolingvistika tilning insonlar tafakkuriga ta’siri hamda tilda tafakkur va muomala milliy xususiyatlarining aks etishi masalalarini tadqiq etish bilan shug‘ullanadi.



Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish