Psixolingvistika nutqiy faoliyat haqidagi fan



Download 0,82 Mb.
bet30/46
Sana09.06.2023
Hajmi0,82 Mb.
#950187
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   46
Bog'liq
Психолингвистика Мажмуа2021

Alaliya (yunon. ἀ- inkor yuklamasi va qad. yunon. lalia – nutq) – nutqiy buzilishning bir ko‘rinishi bo‘lib, u aqli raso, eshitish qobiliyati bekam-ko‘st bo‘lgan bolalarda nutqning bo‘lmasligi yoki nutqning juda kech paydo bo‘lishi bilan tavsiflanadi.
Ko‘pincha ona qornida yoki tug‘ilish vaqtidagi bola miyasi chap yarim sharining shikastlanishi, shuningdek, uning nutqiy davrigacha bo‘lgan miya kasalliklari va jarohatlari alaliyaga sabab bo‘ladi. Keyinchalik bunday bolalarning nutqni egallashlarida muayyan qiyinchiliklar kuzatiladi: so‘z boyligi juda sekinlik bilan shakllanadi, ifodalarni qiyinchilik bilan yanglish tuzishadi. Masalan, “Мальчик горка санках катается – Bola tepalik chanada uchyapti” (Мальчик катается на санках с горки – Bola tepalikda chanada uchyapti). Ba’zan bunday bolalarning o‘zining nutqi bo‘ladi. Masalan, “Лялякилягиля”(Девочкакатаетсяналыжа – Qizcha chang‘ida uchyapti).
Alaliyada nutq quyidagicha rivojlanishi mumkin:
Nutq umuman paydo bo‘lmasligi yoki juda sekin paydo bo‘lishi mumkin. Bola 10-12 yoshlarga kelib 2-3 yoshli bolalardek gapirishi, ya’ni grammatik jihatdan tugallanmagan ifodalar qo‘llab, tovushlarni buzib, juda noaniq, noto‘liq gapirishi mumkin.
5-6 yoshdan keyin faol yoki nofaol holatda nutq boshlanishi mumkin. Biroq maktabga borish vaqtida baribir yaxshi ko‘rsatkichlarga erisha olmaydi. Shuning uchun uning umumiy maktablarda ta’lim olishi imkonsiz bo‘ladi.
Har qanday holatda ham alaliyali bolalarda nutqiy nuqsonlar tufayli ularning intellektual rivojlanishida qoloqlik vujudga keladi. Odatda, bolalarda alaliyaning mavjudligi haqida 3 yoshdan keyin aytiladi. Ungacha nutq rivojlanishining kechikishi deyish maqsadga muvofiqdir.
Odatda, nutq rivojlanishining kechikishi bola tomonidan mustaqil ravishda yengib o‘tiladi (ko‘pincha o‘zidan keyin tovushlarni to‘liq talaffuz qila olmaslik asoratini qoldiradi).
Shunday holatlar ham bo‘ladi-ki, (deyarli o‘g‘il bolalarda, ko‘pincha irsiy ko‘rinishda) 3 yoshgacha hech gapirmay jim yurgan bola birdaniga aniq, lo‘nda va to‘liq ifodalar bilan gapira boshlaydi. Shunga ko‘ra, nutq rivojlanishining kechikishini alaliyadan farqlash murakkab bo‘ladi. Shuning uchun gapirmagan bolalarni 2 yoshida logoped maslahatiga olib borish kerak. Mashg‘ulotlarni iloji boricha ertaroq boshlash lozim.
Maktab yoshigacha bo‘lgan alaliyali bolalar uchun maxsus maktabgacha ta’lim va tibbiyot muassasalari (logoped guruhlari yoki og‘ir nutq buzilishlari kuzatilgan bolalar bog‘chalari, statsionarlar va sanatoriyalar) mavjud. Ularda tibbiyot-pedagog xodimlar maxsus mashg‘ulotlar olib borishadi.
Maktab yoshida bo‘lgan alaliyali bolalar uchun maxsus ta’lim muassasalari kerak bo‘ladi. Maxsus maktablarda nutqi cheklangan bolalarning har tomonlama ta’lim va tarbiya olishlari uchun sharoitlar yaratib beriladi.
Alaliyali bolalarning aksariyati bolalar poliklinikasi va psixonevrologik dispanserlarning logopedlaridan boshlag‘ich yordam oladilar.
Alaliyaning uch ko‘rinishi mavjud:
1.Sensor alaliya – impressiv (lot. impressio taassurot) nutqning norasoligi, unda so‘zlarning ma’nosi va tovush ifodasi o‘rtasida uzilish kuzatiladi. Sensor alaliyada bolada yaxshi eshitish qobiliyati bo‘lishiga qaramasdan, unda atrofdagilar nutqini tushunishda buzilish kuzatiladi. Ya’ni bola nutq tovushlarini farqlay olmagani, xuddi ularni “eshitmayotgani” uchun gapirishni o‘rganmaydi. Holbuki, bunda har qanday boshqa “nutqiy bo‘lmagan” tovushlarni juda yaxshi eshitadi va ularning ta’siriga yaxshi javob qaytaradi. Bunday bolaning xususiy nutqi to‘liq mavjud bo‘lmasligi yoki ayrim alohida poyma-poy so‘zlar, exolaliyalar (faqat hozirgina eshitgan so‘zini takrorlash)dan iborat bo‘lishi mumkin. Sensor alaliyaning paydo bo‘lishiga eshitish-nutq analizatori (Vernika markazi)ning miya qobig‘i oxiri va uni o‘tkazish yo‘llarining jarohatlanishi sabab bo‘ladi.
2. Motor alaliya– ekspressiv (lot. expressio ifoda) nutqning norasoligi. Unda bola nutqni to‘la tushunadi biroq o‘zining nutq organlarini (til, lab, pastki jag‘) yaxshi boshqara olmaganligi bois gapirishni o‘rgana olmaydi. Motor alaliyada bolaning mushaklari sog‘lom bo‘ladi, faqat ularni o‘zi xohlagandek harakatlantira olmaydi. Ya’ni nutq harakatlarini bajara olmaydi yoki yomon bajaradi (nutq tovushlarini, binobarin so‘zlarni talaffuz qila olmaydi), biroq nutqsiz harakatlarning barchasi joyida bo‘ladi (u ovqat mahalida og‘zini ochadi, chaynaydi, yalaydi, kuladi va h.k.).Motor alaliyaning paydo bo‘lishiga nutq-dvigatel analizatori (Broka markazi)ning miya qobig‘i oxiri va uni o‘tkazish yo‘llarining jarohatlanishi sabab bo‘ladi.

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish