Psixolingvistika nutqiy faoliyat haqidagi fan



Download 0,82 Mb.
bet12/46
Sana09.06.2023
Hajmi0,82 Mb.
#950187
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   46
Bog'liq
Психолингвистика Мажмуа2021

mama

Mama

oyi

2

papa

Papa

dada

3

up

Аp

yuqori

4

cup

Kap

chashka

Amerikalik tadqiqotchi Gerbert Terras shimpanzegashaklan o‘zgartirilgan kar-soqovlar tilini o‘rgatishga harakat qilgan. Maymun ikki, uch, hatto to‘rt so‘zli gaplarni tuza olgan (15-19). Biroq Nim yoyiq gaplarni tuzayotganda, asosan, o‘qituvchining imo-ishoralarini takrorlagan. Shundan so‘ng tadqiqotchi shimpanze tilning eng sodda jihatlari va alohida so‘zlarinigina o‘zlashtirishi mumkin, degan xulosaga kelgan. Mazkur xulosa Xomskiyning “hayvonlar tilni o‘zlashtira olmaydi”, degan fikrini yana bir karra isbotlab berdi (hatto maymunga Noam Xomskiy (Noarn Chomsky)ga taqlidan Nim Chimpsky, deb ism qo‘yilgan edi)7.








Hayvon o‘rgangan iboralar

So‘zma-so‘z tarjimasi

(15)

more drink

yana ichimlik

(16)

tickle Nim

Nimni o‘ynat

(17)

banana Nim eat

banan Nim yemoq

(18)

eat drink eat drink

yemoq ichmoq yemoq ichmoq

(19)

banana me eat banana

banan menga banan yemoq

N. Xomskiyning qayd qilishicha, hayvonlarda lisoniy qobiliyat mavjud bo‘lmagani uchun ular gapira olmaydilar. Fransuz psixologi Jan Piaje va boshqa qator olimlarning fikrlariga ko‘ra, hayvonlarda inson tilidek murakkab hodisani o‘rganish uchun kerak bo‘lgan umumiy intellekt mavjud bo‘lmaydi




Nazorat uchun savollar:
1. Ontogenez termining qo’llanishi haqida so’zlang
2. Til va tafakkur bo’yicha L.S.Vigotskiyning fikri izohlang.
3. Insonlar va hayvonlar tilining asosiy farqlari qanday?

10-MA’RUZA


BOLALAR NUTQINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

REJA:

1 Bolalar nutqining rivojlanish bosqichlari
2 Bola nutqining grammatik qurilishi

Tayanch so;z va iboralar: verballashuv, aktiv nutq, egosentrik nutq, suhbatdoshsiz nutq;


Inson tilni to‘liq o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘lib tug‘iladi. Biroq oldinda ushbu imkoniyatni amalga oshirish lozim bo‘ladi. Buni qanday kechishini tushunish uchun psixolingvistika bola nutqining rivojlanishini o‘rganadi.


: Bolalar nutqining rivojlanishi uch bosqichda kechadi
1. Verballashuvgacha bo‘lgan davr. Bu bosqichda bola gapirmaydi. Biroq bolada o‘zining atrofidagi yaqinlari bilan so‘zlashish jarayoniga qadar bo‘lgan ko‘nikmalar hosil bo‘ladi, kelgusidagi nutqiy faoliyati uchun zaruriy sharoitlar yuzaga kela boshlaydi.
Go‘dak tilni o‘zlashtirishni tovush shakllarini o‘zlashtirishdan boshlaydi. Go‘dakning o‘zi ham g‘uvur-g‘uvur qilib turli tovushlar chiqaradi (a-aa, uu-u, g‘u, ag‘i, ba-ba, da-da). Bu o‘ziga xos bir o‘yin bo‘lib, bola undan zavqlanadi. Go‘dak bir necha daqiqa davomida bir xil tovushni takrorlashi mumkin va o‘zining bu harakati bilan nutq tovushlari artikulyatsiyasini sozlagan bo‘ladi. Odatda, go‘dakning dastlabki guvranishida onasi u bilan gaplasha boshlaydi. Bola bu tovushlarni ilg‘ab oladi va ularni takrorlashga harakat qiladi.
Bola boshqa tovushlar orasidan nutqiy tovushlarni ajrata boshlaydi, ovozga qarab gapirayotgan shaxsni ajratadi, yaqinlarining ovozini, nutqini taniydi. Nutq ovozining xosligini baholay oladi (jahl bilan gapirilsa yig‘laydi, kulgili ohangga kulib javob qaytaradi, erkalatish yoki buyruq ohangidagi so‘zlarni tushuna boshlaydi). Verballashuvgacha bo‘lgan bosqich bolaning kattalar tomonidan aytilgan oddiy, sodda gaplarini tushunishi hamda passiv nutqqa kirishishi bilan yakunlanadi.
2. Bolaning aktiv nutqqa o‘tishi. Bu davr, odatda, bola umrining 2-yilida kechadi. Bolaning fonematik eshitish qobiliyati rivojlanadi. U ilk so‘zlarini, masalan, oyi, aya, opa, apa, ada, dada kabilar aytadi. So‘zlardagi ayrim tovushlarning tushirilishi va noto‘g‘ri talaffuz qilish (kel o‘rniga te, ovqat o‘rniga okat) hollari kuzatiladi. Ba’zan kattalar tomonidan aytilgan so‘zni bola qisqaroq yoki ayrim qismlarini ikki marta qaytarib, bo‘g‘inlarga ajratib talaffuz qiladi (masalan, qo‘g‘irchoq o‘rniga choq, kompot o‘rniga pot va h.k.). Bola nutqining dastlabki davrlarida takrorlanuvchi bo‘g‘inlardan iborat so‘zlarni talaffuz qilish qiyinchilik tug‘dirmaydi. Shuning uchun ham kattalar aytgan ayrim bir bo‘g‘inli so‘zlarni bola ikkilantiradi (masalan, osh so‘zi o‘rniga ashsha, non so‘zi o‘rniga nanna). Ikki so‘zni bir-biriga bog‘lab ifoda hosil qilishga urinish 1,5 yoshda yuz beradi. Asta-sekin buyruq mayli o‘zlashtiriladi.
Bola nutqi rivojlanishining birinchi va ikkinchi bosqichlarida uning nutqining rivojlanishi uchun kattalar bilan bo‘ladigan muloqot muhim omil hisoblanadi. Bola va katta odam o‘rtasida emotsional kontakt vujudga keladi. Ular o‘rtasida muloqotpaydo bo‘ladi va bu muloqot nutqiy elementlar bilan boyitiladi.
3. Nutqning muloqot uchun asosiy vositaga aylanishi. Bu bosqichda so‘zlovchining maqsadi, voqealarning borish jarayoni va mazmuni aniqlashadi. Bolaning lug‘at boyligi kengayib, grammatik konstruksiyalar murakkablashadi, uning talaffuzi tiniqlashadi.
Ikki yoshdan so‘ng bola so‘zlar morfemikasi va so‘z yasalish qonuniyatlariga muvofiq so‘z boyligini kengaytiradi. Ikki yarim yoshli bola nutqida ikki so‘zdan iborat sodda so‘z birikmalari (bular ko‘proq fe’liy birikmalar bo‘ladi) ifodalana boshlaydi. Bola birlik va ko‘plikni farqlash hamda qo‘llash, ba’zi kelishik qo‘shimchalarini ifodalashni o‘rganadi. Uch yoshdan so‘ng bola sodda gaplarni, keyin esa murakkab gaplarni nutqida qo‘llay boshlaydi. Nutqiy rivojlanishi me’yorda kechgan bola uch yoshni to‘ldirish arafasida taxminan 1000 ta so‘zni bilsa, 6-7 yoshlarda uning so‘z boyligi 3000-4000 ta so‘zdan tashkil topadi.
Nutqning grammatik qurilishi bolalarda uch yoshning boshlarida shakllana boshlaydi. Bola maktab yoshiga yetar chog‘ida deyarli barcha so‘z yasash, so‘z o‘zgartish ko‘nikmalarini hosil qiladi. O‘zaro bog‘langan, grammatik shakllangan kontekstli nutq paydo bo‘ladi. Maktab davrida bola ta’lim jarayoni orqali nutqqa ongli ravishda egalik qila boshlaydi. Yozma nutq va o‘qish ko‘nikmalari shakllanadi. Bu esa nutqning leksik, grammatik, stilistik tomonlarini boyishiga, og‘zaki va yozma nutqning takomillashuviga olib keladi.
1 yosh 3 oy

Bola 6 taga yaqin so’zni biladi. Oddiy talablarni tushuna oladi, tanish so’zlarni rasmda ko’rsata oladi.


1 yosh 6 oy


Badanining 1-2 qismini ayta oladi, 7-20 tagacha so’zni biladi.


1 yosh 9 oy


Badanining 3-4 qismini aytadi. 20 ta so’zni biladi. Ikki so’zdan iborat bo’lgan iboralarni qo’llaydi («choy ber», «ada keldi»)


2 yosh

Bu yoshda bola badanining 5 qismini ayta oladi. 50 ga yaqin so’zni biladi. Ikki bosqichli iboralarni tushunadi («Oshxonaga borib», «sochiq olib kel»). «Men», «Sen», «U» kabi so’zlarni tushunadi. Iboralari ikki so’zdan iborat. p, b, m, f, v, t, d, n, k, g, h harflarni ayta oladi. s, z, sh, j, ch,r, l harflarni odatda qoldirib etadi.

2 yosh 6 oy


Sonlarni tushuna boshlaydi. «Nima?», «Qayerda?» savollarni tushunadi. s,z,l harflarini ayta oladi.


3 yosh

Bolaning so’z boyligi 250-700 gacha. Iboralari bir nechta so’zdan iborat. Ko’plikni biladi. «Chunki», «Agar», «Qachon» so’zlarni ishlata oladi. Qiyin talablarni tushunadi («Piyolani ichiga qoshiq solib qo’y»). Yengil ertaklarni eshitib, tushunadi.

4 yosh

«Qancha», «O’rniga», «Keyin», «Qayerga» kabi so’zlarni iboralarda ishlata oladi. So’z boyligi 1500-2000 gacha. «Bolalarcha» harflarni yumshatib gapirishi yo’qoladi.

5 yosh

Bolaning so’z boyligi 2500-3000 ga yetadi. Tildagi barcha harflarni bemalol ayta oladi. Qiyin iboralarni qo’llab, o’z fikrini, istagini ifodala oladi. So’zdagi harflar tartibini almashtirmay gapiradi.

5 yoshdan 7 yoshgacha


7 yoshga kelib bola so’z boyligi 3500 ga yaqin bo’ladi. Bunda ta’surotli so’zlar soni ko’payadi. Bolada tilga e’tibori oshadi. Atrof- muhitni so’z bilan baholay olish qobiliyati bo’ladi. Bolaning psixologik holati maktabga tayyorlanadi.


Bola tili va nutqi rivojlanishining 1 yoshgacha bo’gan bosqichi haqida bu yerda o’qing.


Bolalar nutqidagi o‘ziga xos hodisalardan biri egosentrik nutqdir. O‘z genezisiga ko‘ra egosentrik nutq maktab yoshigacha bo‘lgan bolaning o‘yin yoki boshqa mashg‘ulotlar jarayonida o‘zi bilan gaplashishidan shakllanadi. Bolaning bu nutqi suhbatdoshining bor-yo‘qligidan qat’iy nazar, amalga oshadi. Jan Piaje mazkur hodisaga xos ikki holatni ajratib ko‘rsatadi:
1) suhbatdoshsiz nutq (kommunikatsiyaga qaratilmagan nutq)
2) suhbatdosh fikri inobatga olinmaydigan, bolaning o‘z nuqtayi nazariga asoslangan nutq.
J.Piajega ko‘ra, 3-4 yoshdagi bola nutqining 40%ni egosentrik nutq tashkil qiladi. Bola maktab yoshiga yetganda, bu nutq asta-sekin yo‘qoladi.
Umuman, bola nutqining shakllanishi 3-11 yoshgacha bo‘lgan davrlarni qamrab oladi. Bolaning nutqi aynan ana shu davrlarda shakllanib, individual nutqning asosiy ko‘rsatkichlarini hosil qila boshlaydi.
Shunday qilib, shaxsning psixik rivojlanishi ijtimoiy rivojlanishdir. Shaxsning ijtimoiylashuv jarayoni mazkur jamiyat madaniyatining o‘zlashtirilishidir. Tilni o‘zlashtirish shaxsning rivojlanishi va ijtimoiylashuvi jarayonidagi hal qiluvchi omildir. Til bolaning ongiga jamoaning ijtimoiy tajribasi doirasida kirib boradi va bu ijtimoiylashuv natijalarini to‘plash vositasi sanaladi.

Nazorat uchun savollar:


1 Bolalar nutqining rivojlanishi necha bosqichda amalga oshadi?
2 Bola nutqi qachondan boshlab kengaya boshlaydi?
3 Egosentrik nutq nima?



Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish