Psixodiagnostik tekshiruv va tadqiqotlar


Psixodiagnostning kasbiy-etikaviy tamoyilari



Download 70 Kb.
bet4/5
Sana14.07.2022
Hajmi70 Kb.
#795161
1   2   3   4   5
Bog'liq
psixodiagnostik tadqiqotlar

Psixodiagnostning kasbiy-etikaviy tamoyilari:


Psixodiagnostik metodikalardan foydalanishda maxsus tayyorgarlikka ega bo'lish. Ushbu tamoyilga ko‘ra, psixodiagnostik metodikalarni amaliy qo’lashi uchun mutaxassis-psixolog yetarlicha kasbiy tayyorgarlilkka va psixologik bilimga ega bo’lishi zarur. Chunki undan ta’lim muassasasi muamosidan kelib chiqqan holda psixodiagnostika metodikalarini tanlay bilish, ulami to‘g‘ri tatbiq etish va natijalarni haqqoniy tahlil etish talab etiladi. Masalan, ma’naviy rivojlanishdan orqada qolgan o‘quvchilar bilan shug'ullanuvchi psixolog nafaqat psixodiagnostika metodikalarini, balki o‘quvchilarda kuzatiladigan nomukammallik darajalarini ham bilishi lozim boiadi. Shuningdek, psixolog tanlangan metodikaga aloqador bo’lgan ilmiy adabiyotlarni, metodikaning texnik ko‘rsatkichlarini, ya’ni ishonchliligi, validligi, haqqoniyligi va me’yorlarning kafolatlanganligini baholay olish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak.
Kasbiy sirlarni saqlash. Ushbu tamoyilga ko'ra, tanlagan metodikalar mohiyati boshqalarga ovoza qilinmasligi va ulardan g‘ayri insoniy maqsadlarda foydalanilmaslik kerak. Kasbiy sirni saqlash psixologning nufuzi va obro'sini ta’minlaydi, shu bilan birgalikda psixodiagnostika metodlarini to‘g‘ri va aniq qo’lashga xizmat qiladi, tashqi aralashuvlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Psixodiagnostika metodlaridan muhim bo’lmagan masalalarda foydalanish yoki ularni mutaxassis bo’limagan shaxslarning qo’llashi fanda yolg‘on ma’lumotlarning ko‘payishiga olib kelishi mumkin. Demak, ta’lim muassasasida tashkil etiladigan psixodiagnostik tekshiruvlami o‘tkazishda ushbu tamoyil psixologning diqqat markazida bo’lishi lozim.
Shaxs huquqlarini ta ’minlash. Bu — psixologiyadagi murakkab masalalardan biri. Qator testlar shaxsning hissiy va motivatsion sohalarini, barqaror holatlari, ichki kechinmalari (ustanovkalari)ni o‘rganishga qaratilgan bo’ladi. Bunda shaxsning o‘zi xohlamagan yoki anglab yetmagan xususiyatlari aniqlanishi mumkin. Bunday holda shaxsning ma’naviy zarar ko‘rishiga yo’l qo‘yilmasligi kerak. Shuning uchun tekshiriluvchi shaxs tekshirish natijalari bo‘yicha kim va qanday qaror qabul qilinishi haqida ogohlantirilishi, ya’ni uni test sinovidan o‘tkazib, sirlarini barchaga oshkor qilmaslik kerak. Agar tekshiriluvchi balog‘atga yetmagan bo‘lsa, uning ota-onasi test natijalaridan xabardor bo’lishi kerak. Ushbu kasbiy etikaviy tamoyilga ko‘ra, psixodiagnostik tekshiruvda ishtirok etayotgan shaxs huquqlari va sirlari himoya qilinadi. Bu garchand psixolog ishini murakkablashtirsa-da, lekin uning kasbiy tayyorgarligiga talabni kuchaytiradi.
Haqqoniylik. Bu tamoyilga ko‘ra, psixolog tekshirishlar o‘tkazish jara)'onida tekshiriluvchi shaxsiga u yoki bu darajada (ijobiy yoki salbiy) ta’sir o‘tkazmasligi kerak. Test o‘tkazish jarayonida unga nisbatan simpatiya yoki antipatiyaga yo’l qo‘yilmasligi, munosabatlar samimiy va xolis bo’lishi lozim. Unga xayrhoh munosabatda boiib, biror test savoli javobini aytib yubormaslik talab etiladi. Mabodo sinaluvchi test yo‘riqnomasini tushunmasdan topshiriqlarni bajargan boisa, uni tuzatish yuzasidan ko'rsatma berish mumkin.
Konfidensiallik. Tekshiruv natijalari sir saqlanishi va ulardan tegishli shaxslar (psixologlar, pedagoglar, ota-onalar) foydalanishi zarur. Tekshirib ko‘rilgan o‘quvchining roziligi asosida tekshiruv natijalari boshqalarga maium qilinishi mumkin. Agar o‘quvchi testdan past natija oigan boisa, psixolog bu haqda uning otaonasiga darhol maium qilmasligi, balki keyinroq olingan natijalar uchun uning zinhor aybi yo'qligini tushuntirishi lozim. Eng muhimi, testdan past natija olgani uchun o‘quvchining ota-onasi tomonidan jazolanishiga yo’l qo‘ymasligi kerak. Agar o‘quvchi olgan natijalar uni ogohlantirmasdan ota-onasi yoki o‘qituvchiga taqdim etilsa, psixolog xatoga yo’l qo‘ygan hisoblanadi. Ma’lumotlar kimga taqdim etilishi haqida o‘quvchi (yoki tekshiruvdan o‘tgan shaxs) xabardor bo’lishi shart.
Tekshiruv natijalarini psixoprofilaktik izohlash. Ushbu kasbiyetikaviy tamoyilga ko‘ra, agar tekshiriluvchi shaxs haqida taqdim etilgan daliliy materiallardagi maiumotlarga tuzatish kiritish yoki ularni aniqlashtirish talab etilsa, tekshiriluvchining o‘zi natijalar mazmuni bo‘yicha sharh berishi mumkin Masalan, talim muassasasida o‘quvchi haqidagi tekshiruv natijalari o‘qituvchi tomonidan so‘ral masa, yoki aksincha, ushbu maiumot oshkor qilingan holda o'quvchining psixologik holatida salbiy o'zgarishlar yuz berishi mumkinligini psixoiog bilsa, u o‘quvchi haqidagi ma’lumotlarni o‘qituvchiga umuman taqdim etmasligi kerak.



Download 70 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish