Psixodiagnostik tadqiqot o‘tkazish bosqichlari. Psixodiagnostika psixolog faoliyati yo‘nalishIaridan biri bo4lib, quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
1.Mijozning psixologga murojaatini o‘rganish. Diagnostga murojaat oddiy, hayotiy so‘zlashuv tilida bo‘lganligi sababli, uni ilmiy psixologik ko‘rinishga aylantirish, ya’ni qilingan amaliy talab asosida psixologik muammoni belgilab olish (mijoz talabini psixologik muammoga aylantirish). Tashqaridan kuzatuvchi sifatida muammoni chuqur anglash.
2. Muammoni hal qilish uchun tushgan talab bo‘yicha birlamchi axborotni to'plash: oila a’zolari, faoliyatni (o‘quv yoki mehnat) muvaffaqiyatli bajarish haqida; yaqin atrofdagilar bilan munosabatlari haqida; tibbiy xulosa; anamnez yig‘ish.
3.To‘plangan ma’lumot asosida farazni ilgari surish va uni tekshirish uchun diagnostik metodlarni tanlash.
4. Diagnostik tekshiruv o‘tkazish, natijalarini qayta ishlash va tahlil qilish.
5.Qo‘Iga kiritilgan diagnostik ma’lumotlardan kelib chiqib, asosiy xulosalar chiqarish.
6.Psixologik yordam, ta’sirot turlarini aniqlash, ya’ni amaliy tavsiyalar ishlab chiqish, maslahat ishlari uchun asosiy yo‘nalishlami belgilash.
Masalan, kollej ishlab chiqarish ustasidan psixologga 1-kurs talabasi ustidan o‘zini yomon tutishi, darsda ko'pincha intizomni buzishi, o‘rtoqlari bilan urishishi haqida murojaat tushdi (1- bosqicn).
Suhbat asosida buning sabablarini aniqlash bo‘yicha birlamchi axborot to‘planadi (2-bosqich).
Ma’lumotlar asosida negativ holatlar yangi jamoaga moslashuv hamda o‘quvchining o‘zini tasdiqlash ehtiyoji va uni noadekvat usullar vositasida egallash mumkinligi to‘g‘risida faraz ilgari suriladi, metodlar (sotsiometriya, referentometriya, suhbat) tanlanadi (3-bosqich).
Farazni tekshirish uchun diagnostik tadqiqot o‘tkaziladi (4- bosqich).
Qoiga kiritilgan ma’lumotlar asosida farazning to‘g‘ri ekanligi va intizom buzilishining sababi o‘quvchining shaxslararo munosabatlarda past mavqeni egallaganligi haqida xulosa chiqariladi (5- bosqtch).
Suhbat jarayonida o'quvchining harbiy sohaga bo‘lgan qiziqishlari aniqianganligi sababli sport seksiyasiga va harbiy vatanparvarlik klubiga a’zo bo‘lish tavsiya qilinadi (6-bosqich). Shuningdek, o‘quvchining o‘ziga bo'lgan ishonchini oshirish uchun guruhiy treninglar shaklida psixokorreksion ishlar olib borilishi zarurligi tavsiya qilinadi.
2. Test o‘tkazish sharoitini tayyorlash. Fan va texnikada diagnostikaning juda ko‘p turlari bor. Masalan: tibbiyot diagnostikasi kasalning kelib chiqishini o‘rganadi va aniqlaydi; texnik diagnostika – har xil texnika sistemalari, elektron hisoblash mashinalari, kompYuterlarning salbiy xususiyatlarini aniqlab, ularni bartaraf qilishni o‘rgatadi; sport diagnostikasi – jismoniy jarayonlarning o‘zgarish holatlarini o‘rganadi va aniqlaydi; psixologik diagnostika – shaxs guruhlarning psixik xususiyatlari, holatlari va taraqqiyot ko‘rsatkichlarini aniqlab, sifatli va miqdoriy jihatdan o‘lchab beradi.
Maktabgacha ta'lim muassasasi, umumta'lim maktablaridagi o‘quv-tarbiya jarayoni bolalarning qobiliyati va layoqatlarini har tomonlama rivojlantirishga, ular shaxsini shakllantirishga qaratilgan. Pedagogik jarayonning mahsuldorligi pedagogning o‘z o‘quvchilarini yaxshi bilishiga, ta'lim va tarbiyaning xilma-xil metodlarini qo‘llashiga bog‘liq.
Albatta, pedagogika fan sifatida tarbiyachiga pedagogik psixologiya sohasidagi tayyor «retseptlar»ni bera olmaydi. Bunday ko‘nikmalar bolalar bilan bevosita muloqot jarayonida, ular xulq-atvorining motivlarini, hissiy-shaxsiy xususiyatlarini tahlil qilish mobaynida egallanadi. Bu haqida mashhur rus pedagogi K.D.Ushinskiy quyidagicha yozgan edi: «Biz unday yoki bunday qiling deb tushuncha bermaymiz. Biz ularga: Siz boshqarmoqchi bo‘lgan psixik hodisalarning qonuniyatlarini o‘rganing va ularga mos ravishda harakat qiling, deymiz».
Lekin tarbiyachilar bolalar psixologiyasi bo‘yicha bilimlarni juda kam qo‘llaydilar, asosan o‘quvchilar o‘zlashtirmaganlarida, taraqqiyotdan chetlashish yoxud buzilishlar sodir bo‘lgandagina foydalanishga harakat qiladilar. Bolalarning bunday holatlari chegara holatlari sifatida, psixik taraqqiyot kamchiligi o‘laroq shaxs aktsentuatsiyasining turli ko‘rinishi sifatida tasniflanishi mumkin. Ularni aniqlash uchun bolalar psixologiyasi, klinik patopsixologiya va psixiatriya kabi sohalardagi bilimlar talab qilinadi. Bundan tashqari tarbiyachi bolalar psixologiyasining akseleratsiya (tez etilish), pedagogik qarovsizlik kabi muammolarini hal qilishiga to‘g‘ri keladi.
O‘qituvchi ta'lim va tarbiyadagi qiyinchiliklar nega va qanday paydo bo‘lishini tushunishi uchun, avvalo bola psixik taraqqiyotining asosiy qonuniyatlarini bilishi va turli psixik holatlarning psixologik diagnostika metodlarini egallashi zarur. O‘qituvchi bolalar bilan ishlashda psixodiagnostik tadqiqot doimiy kuzatish jarayonida olingan natijalardan qanchalik to‘g‘ri foydalana olishi ham muhim hisoblanadi.
Tajribaga asoslangan psixologik diagnostika fan sifatida XIX asr oxirida vujudga keldi. Xuddi shu davrda psixologiyada o‘lchash g‘oyasi keng tarqaldi. Psixodiagnostikaning mustaqil fan sohasiga aylanishi olimlarning insonlar psixikasidagi individual farqlarga qiziqishining ortishi bilan bog‘liq.
Psixodiagnostika psixologik diagnoz qo‘yish haqidagi fandir. Bunda diagnoz ko‘rsatkich va tavsifnomalarni birgalikda tahlil qilish asosida sinaluvchining holati va xususiyatlari haqidagi xulosalardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |