Psixiatriya ruhiy kasalliklarning kelib chiqishi, patogenezi, klinik



Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/141
Sana27.04.2022
Hajmi1,38 Mb.
#585168
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   141
Bog'liq
psihiatriya-qollanma-1

 


35 
IV BOB. TAFAKKUR BUZILISHLARI 
Ta‟rifi.
Fikrlash – atrofdagi olam kо‗rinishining shakllanishi jarayoni va uni 
tanish, ijodiyotni keltirib chiqarish. Fikrlash patologiya si tempiga, strukturasiga, 
ma‘nosiga qarab buzilishlarga bо‗linadi. 
Tarixi, norma va evolyusiyasi.
Inson haqida mulohaza qilish uning hulqini 
kuzatishga va nutqi analiziga asoslangan. Olingan ma‘lumotlarga asoslanib, 
insonning ichki olamiga atrofdagi olam qanchalik taalluqli (adekvat) ekanligini 
ayetish mumkin. Ichki olam va uni tanish jarayonining о‗zi fikrlash jarayonining 
maqsadini tashkil etadi. Demak, bu olam ong demakdir, ya‘ni fikrlash (tanish) – 
ongning vujudga kelish jarayonidir. 
Shuni ta‘kidlash zarurki, insonning о‗sishi jarayonida, uning fikrlashi bir 
necha rivojlanish bosqichlarini bosib о‗tadi: yaqqol-ta‘sirli, aniq-kо‗rinishli va 
abstrakt-mantiqiy. Har bir bosqich о‗zining spesifik hususiyatiga ega, masalan, 
yaqqol-ta‘sirli bosqichni о‗tayotganda bola kattalarga va tengdoshlariga taqlid qilib 
о‗qiydi. Keyin fikrlash aniq-kо‗rinishli bosqichni о‗tayotib shakllanadi va faqat 
etuk shakllangan shaxs abstrakt-mantiqiy kо‗rinishdagi fikrlash hususi tiga ega 
bо‗ladi. 
Bunday fikr yuritish ketma-ketlik jarayoni sifatida taqdim etilishi mumkin, 
har bitta avvalgi mulohazada keyingisi bilan mantiqan bog‗langan, ya‘ni ular 
orasida mantiq о‗rnatiladi, u quyidagi sxemada bо‗ladi: ―Agarda ..., unda‖. Bunday 
yondashuvda uchinchi, berkingan ma‘no ikkita aniqlik о‗rtasida mavjud emas. 
Masalan, agarda sovuq bо‗lsa, u holatda, palto kiyish kerak. Biroq, fikrlash 
jarayonida uchinchi element motivasiya bо‗lishi mumkin. Chiniqayotgan inson, 
harorat pasayishida paltoni kiyib olmaydi. Bundan tashqari, unda guruhli (ijtimoiy) 
tasavvur bо‗lishi mumkin, past harorat nima va shunga о‗xshash harorat bilan 
aloqa bо‗yicha shaxsiy tajriba mavjud bо‗lishi mumkin. Bolaga taqiqlashsa ham 
kо‗lmaklarni oyoq yalang bosib yuribdi, chunki, bu unga yoqadi. Bundan kо‗rinib 
turibdiki, individual va ijtimioy sabablar (maqsadli), tushungan shakllanishi bilan 
fikrlashni mantiq jarayoniga va nutq bilan bog‗liq jarayonlarga bо‗lishimiz 
mumkin. Shunisi aniqki, fikrlash jarayonida aniq aytilmagan ongli ravishdan 
tashqari ongsiz jarayon ham mavjud bо‗lib, u nutq strukturasiga namoyon bо‗ladi. 
Mantiqan qaraganda fikrlash jarayoni analiz, sintez, muloqot, aniqlash va 
abstraktlash (chalg‗ietish)dan iborat. Biroq mantiq rasmiy, balki metaforik, ya‘ni 
she'riy bо‗lishi mumkin. Biz biror narsadan voz kechishimiz mumkin, chunki 
zararli, lekin intuitiv ravishda yoqmaganligi uchun ham uning zararliligi tajribada 
asoslanmay, e‘tiborli sо‗z bilan asoslangandir. Bunday mantiq mifologik deyiladi, 
yoki arxiatik. Qiz bola, yaxshi kо‗rgan yigiti unga hiyonat qilganda, uning rasmini 
yirtayotganda, ya‘ni mantiqan ma‘noda odam rasmi tushirilgan bir bо‗lak 


36 
qog‗ozni, insonni о‗ziga hech qanday aloqasi bо‗lmagan, uning kо‗rinishini 
simvolik tarzda yо‗qotadi. Inson va uning kо‗rinishi, yoki uning predmeti, yoki 
odamning bо‗laklari (masalan sochi), bu metafologik fikrlashda identifisirlanadi. 
Morfologik (arxiatik, she'riy) fikrlashning boshqa qonunlari binar oppozisiyalardir, 
ya‘ni tiplarni qarama-qarshi qо‗yish yaxshilik-yomonlik, hayot-о‗lim, ilohiy-
dunyoviy, ertaklarga xos-ayollarga xos. Yana bir belgilardan biri etiologizm, u 
insonni fikr yuritishga olib keladi: ―Bu narsa nima sababdan men bilan yuz berdi‖, 
lekin unga juda yaxshi tushunarli, analogik holat bir necha marotaba boshqalarda 
takrorlangan. Mifologik fikrlashda idrok etish, his etish va fikrini izxor etish 
bо‗linmaydigan birlik, bu ayniqsa, bolalarda seziladi, ular nimani kо‗rsa yoki his 
etishsa tо‗xtamasdan gapiradilar. Mifologik fikrlash yoki kattalarda shoir va 
rassomlarda xarakterlidir, biroq psixopatologiyada nazorat qilinuvchi spontan 
jarayon kо‗rinishida namoyon bо‗ladi. Fikrlash jarayoni о‗qish natijasida 
shakllanadi. Tolman hisoblashicha, bu kognitiv zanjirning shakllanishi sababli 
yuzaga keladi, Keller kо‗rsaetishicha tо‗satdan esiga tushib qolish, yoki ―intuitiv 
yorib chiqish‖ – ―insayt‖. Banduraga binoan, bunday ta‘lim imitasiya va qaytarish 
jarayonida yuzaga keladi. I.P.Pavlovga binoan, fikrlash jarayoni shartli va shartsiz 
reflekslar fiziologiyasini tasvirlaydi. Bixevioristlar bu ta‘rifni operant ta‘lim 
konsepsiyasida rivojlantirishdi. Tirndikega binoan, fikrlash hulqni aksi 
hisoblanadi, u sinash va hatolar tizimi bilan bog‗liq bо‗lib, о‗tmishda jazo 
samarasining fiksasi sidir. Skinner shunday ta‘lim operantlarini ajratdiki, bular 
bid'at, shaxsiy reflektiv xulq, xulq modifikasiyasi, ta‘lim bilan bog‗liq yangi xulq 
kо‗rinishining shakllanishidir. Xulq va fikrlash pozitiv yoki negativ (negativ 
qо‗llab quvvatlash formalaridan biri bu jazodir) qо‗llab quvvatlash natijasida 
maqsadlarni shakllantiradi. Shunday qilib, fikrlash jarayoni qо‗llab quvvatlash va 
jazo rо‗yhatiga asoslanib shakllanishi mumkin. Pozitiv qо‗llab-quvvatlashga, 
fikrlashning aniq sxemalariga va shakllanishiga ta‘sir etuvchilarga quyidagilar 
kiradi: taom, suv, seks, sovg‗a, pul, ijtimoiy statusning oshishi. Pozitiv qо‗llab 
quvvatlash qо‗llab quvvatlashga yordam beruvchi xulqning fiksasiyasiga ta‘sir 
tadi, masalan, ―yaxshi‖ xulq, buning uchun sovg‗a talab etiladi. Shu tariqa, 
kognitiv zanjirlar vujudga keladi, yoki xulq, ular mukofotlanadi, yoki ijtimoiy 
ma‘qul. Negativ qо‗llab-quvvatlash qorong‗ilik, jazirama, sovuq, kaltak, ―ijtimoiy 
kо‗rinishni yо‗qotish‖, og‗riq, tanqid, ochlik yoki omadsizlik (yо‗qotish) natijasida 
yuzaga keladi. Negativ qо‗llab-quvvatlash tizimi yordamida inson jazoga olib 
keluvchi fikrlash yо‗lidan chetlashadi. Ijtimoiy motivasiya jarayoni madaniyatga 
avtoritar shaxsiyat ta‘siri, ijtimoiy qо‗llab-quvvatlash talabga bog‗liq bо‗ladi. U 
urug‗lar va jamiyatning nufuzli qiymatiga intilishiga asoslangan bо‗lib, 
qiyinchiliklarni engib о‗tish strategiyasidan iborat. Asosiy fikrlovchi jarayon bu 
tushunchalarning shakllanishi (simvollar), mulohaza va hulosa chiqarishdir. Oddiy 


37 
tushunchalar – narsa yoki kо‗rinishning haqiqiy belgilari, kompleks tushunchalar 
predmetdan mavhumiylikni – simvolizasi ni taxmin etadi. Masalan, qon oddiy 
tushuncha sifatida aniq fiziologik su qlik bо‗lib assosirlanadi, biroq kompleks 
tushuncha sifatida yaqinlikni, ―qondoshlik‖ni bildiradi. Taalluqli ravishda, qonning 
rangi simvolik tarzda urug‗i kо‗rsatiladi - ―aslzoda‖. Ramzlarni ifoda etish manbai 
bu psixopatologiya, tush kо‗rish, fantaziya, esdan chiqarish, pisanda va hatolar. 
Mulohaza – fikrlashni vujudga keltiruvchi tushunchalarni taqqoslash 
jarayonidir. Bu taqqoslash quyidagi tiplar bо‗yicha yuzaga keladi: pozitiv - negativ 
tushuncha, oddiy – kompleks tushuncha, tanish – notanish. Mantiqiy ta‘sirlar seri 
si asosida xulosa chiqarish shakllanadi (gipoteza), u amaliyotda rad qilinadi yoki 
tasdiqlanadi. 

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish