126
xarakterlidir. O‘tkir davridan so‘ng to‘liq tuzalish ya‘ni necha yilgacha bo‘lishi
mumkin keyinroq kasallik surunkali shaklga o‘tadi. Ba‘zan o‘tkir davr bilinmasdan
o‘tib, surunkali shaklga o‘tib simptomlari namoyon bo‘lishi mumkin. Surunkali
bosqichning klinik kechuvi turli nevrologik va psixopatologik
simptomlar bilan
kechadi. Nevrologik buzilishlar: konvergentsiya porezi, diplopiya, majburiy ko‘z
tikib turish, ko‘ruv tutqanog‘i (sudorogi vzora). Vegetativ buzilishlar: kuchli so‘lak
oqishi, terlash, vazomotor buzilishlar, modda almashinuvi buzilishi tez ozib ketish
yoki semirish bilan kuzatiladi. Suv-tuz va uglevod almashinuvi buziladi. Uyqu
buzilishi turlicha bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha uyqusirab yuradilar. Lekin uxlay
olmaydilar. Ba‘zida uxlash ritmi buziladi. Kunduzi uxlab, kechasi uyqusizlik
kuzatiladi. Bu buzilish turi ko‘prok entsefalitning
surunkali kechuvida
parkensonizm xarakterli niqobsimon bo‘ladi. Mimikalari yo‘q. Bemor
xursandchilikni ham xafagarchilikni ham bir xilda yuz o‘zgarishsiz qoladi.
Harakatlar sekinlashgan (bradikineziya). Bir holatda uzoq muddat turaveradi.
Yurish o‘ziga xos: bemor hatto kam bukiladi. Birgalikda qo‘llarning harakati
bo‘lmaydi. Propulsiya, retropulsiya, lateropulsiya kuzatiladi. Tipik holatlardan biri
«tishli g‘ildirak» simptomi – mushaklar gipertoniyasi, passiv harakatda kuchayishi,
so‘zlashi sekinlashgan monotonli, bolalarda turli giperkinezlarni ko‘rish mumkin.
Bolalarda nafas buzilishi, kattalarga nisbatan yaqqol namoyon bo‘ladi. Nafas ritmi
va chastotasi buziladi, nafas mushaklarining mioklpiyasi va nafasning tiksimon
xarakatini kuzatish mumkin. Shundan oxirigi majburiy yo‘tal,
aksa urish, tuflash
kiritish mumkin. Surunkali kechganda psixopatologik buzilish kattalar va bolalar
aktivligi tezda pasayishi kuzatiladi. Bu bemorlarda tezda kuchsizlanishiga bog‘liq
holda ruhiy protsesslar ham sekinlashadi (fikrlash, diqqat faolligi, affektivlik).
Kattalarda epidentsefalitda yaqqol aql zaiflik kuzatilmaydi. Bilim manbai, hotira
zararlanmaydi, lekin tormozlanish (skovannost) hisobiga ma‘lum
bir qiyinchilik
yaratadi. O‘ziga xos psixopatologik belgilardan shilqim xarakatlar (kuchli yig‘i,
sanoqlar bir necha soat va kunlab davom etadi. Tipik klassik epidentsefalitdan
tashqari atipik varianti ham uchraydi. Bunda nevrologik simptom va
parkinsonizm yaqqol namoyon bo‘lmaydi. Ancha kechroq bo‘lishi mumkin.
127
Gallyutsinator – paranoid va psixosensor shakllarida. Oxirgi o‘n yillikda uchgan
(stertie) va abortiv formalarda kuzatiladi (vestibulyar) epidentsefalit o‘tkir bosqichi
bolalarda psixopatologik simptomi asosiy o‘rin tutmaydi. Boshqa bolalar
infektsiyasiga o‘xshab ko‘proq delirioz holatlar bilan kechadi. Ayniqsa,. tungi
deliriy xarakterlidir. Ancha og‘ir hollarda so‘z harakat qo‘zg‘alishini ko‘rish
mumkin. Bolalar to‘xtamasdan harakatchan o‘rinda
yotarga joy topa olmaydilar,
choyshablarini yirtadilar, baqiradilar. Shu hollarda xorenik giperkinez, tremor, va
mioklenik buzilishlar bo‘ladi. Bu shaklida yaqqol qo‘zgalishlar bilan kechgani
uchun oqibati og‘irdir. Epidentsefalitning o‘tkir kechuvida o‘smirlarda klinika
turlicha kechadi, ba‘zan murakkab shizofreniyasimon sindromlarni ham ko‘rish
mumkin.
Bolalarda epidentsefalit o‘tkir kechganda o‘ziga xos bo‘lib, intellektual
faoliyatning tez pasayishi kuzatiladi. Bolaldar arzimagan narsalarga e‘tibor
beradilar. Kasallik klinikasida shilqim fikrlar kasallanib qolishdan qo‘rqish,
shilqim hisob, rezonerlik va boshqa holatlar kuzatiladi. Shuningdek, shilqim
harakatlarni tomoni tirnash va qichinish. Shunga qaramasdan bolalar o‘zlariga
og‘ir va og‘riqli jarohatlar etkazadilar va bunga qarshi o‘zlarini
boshqara
olmaydilar. Bolalar impulsiv bo‘lib qoladilar: tishlaydilar, tirnaydilar, nimjon
bolalarni
uradilar.
Ular
seksual
qo‘pol,
ochiqchasiga onanizm bilan
shug‘ullanadilar. Bu bolalarga do‘q, yaxshi gap va jazolash ta‘sir qilmaydi. Ularda
javobgarlik hissi ham yo‘q. Intellekt qo‘pol buziladi,
agar kasallik erta bolalik
davrida bo‘lsa, epidentsefalit kechuvi ko‘p qirrali engil abortiv formasi va og‘ir
o‘tkir kechganda hatto o‘limga olib keladi. Ushbu kasallikni o‘tkazgandan so‘ng
katta bo‘lmagan ruhiy buzilishlar bilan chegaralansa, og‘ir kechganda esa kasallik
tufayli bola yoki o‘smir nogiron bo‘lib, hayotga moslasha olmaydi. Agar bolalik
davrida kasallik psixopatsimon kechsa, ancha og‘ir hisoblanadi. Davosi:
antibiotiklar, neyroleptiklar.
Do'stlaringiz bilan baham: