Tug‘ma zaxm somatik belgilarini ko‘pligi
Tug‘ma psixikasini rivojlanmasligi.
Miya zaxm variantini psixatsimon holatga o‘tishi bilan.
Psixotik shakllarini kamligi.
Serologik diagnostika: Sezuvchan reaktsiyalar RIT va RIF. Ko‘pincha
likvorda kuchsizgina pleotsitoz va oqsil miqdorini oshishi mumkin.
Miya zaxmini davosida kombinirlangan preparatlar qo‘llaniladi, mishyak,
simob, vismut, yod antibiotik, vitamin, sedativ, psixotrop moddalar bilan
davolanadi.
Progressiv falaj
– bu diffuz spetsifik meningoentsefalit bo‘lib, miya
to‘qimasida yallig‘lanishini – destruktiv va atrofik o‘zgarishlar bilan, progredient
kechib globar aqliy zaiflik o‘sib jismoniy va ruhiy degradatsiya kuzatiladi.
Kasallikni rivojlanishi zaxmning IY bosqichiga to‘g‘ri keladi. Oq spiroxeta bosh
miyaning hujayralarda va hujayralararo bo‘shliqlarida topiladi. Progressiv falaj
kasalligining boshlanishida umumiy asabiylik simptomlari bilan boshlanadi, bir
qancha oydan, yillargacha cho‘ziladi. Bemorlar bosh og‘rig‘i, uyqusizlik,
bo‘shashishdan aziyat chekadilar. Bunday belgilarga ko‘pincha nevrasteniya
tashhisi qo‘yiladi. Bu davrda shaxs o‘zgarishlari kuzatiladi. Bemor har bir narsaga
quloq soladigan bo‘lib qoladi.
Kasallik avj olgan sari qiziqishlari kamayib boradi. Bemor uyda o‘tirolmay
qoladi, ko‘proq spirtli ichimliklarga ruju qo‘yadi, kam tanish odamlarga qimmatli
sovg‘alar beradi.
Birlamchi nevrologik buzilish belgilari harakat buzilishlari bilan kechadi.
Bemorlarning husnixati o‘zgaradi. Gapirishida o‘zgarish, tushunarsiz nutq -
dizatriya kuzatiladi. Xarakterli simptom Argayl-Robertsona. Miya zaxmidan farqli
Vasserman reaktsiyasi qonda va likvorda deyarli hamma bemorlarda musbat
bo‘ladi.
130
Kasallikning avj olish simptomatikasida organik total aqli zaiflik kuchayadi.
Bemor sog‘ odamga xos bo‘lmagan qiliqlar chiqara boshlaydi, atrofdagilar ruhiy
kasalligi borligidan shubha qiladilar. Bemorning kayfiyati baland, erotichli, o‘ziga
ahamiyat bermaydi. Kasallik holatini tan olmaydi.
Klinik ko‘rinish xususiyatlariga ko‘ra progressiya falajni quyidagi turlarga
ajratiladi.
Ko‘pincha falajning dement turi bilan ishlashga to‘g‘ri keladi.
Xarakterli belgilari - umumiy holsizlik, his-tuyg‘ulari va qiziqishlarini
yo‘qolishi bilan kechadi.
Eng xarakterligi ekspansiv va maniakal turidir. Buning belgisi kayfiyatning
doim yuqoriligi va baland parvoz g‘oyalarning aniq ko‘rinishi.
Ajitirlangan turida doimiy tushunarsiz ko‘zgalish holatlari kuzatiladi.
Progressiv falajning 3-chi marazm davrida ruhiy holatning hamma tomonlarini
tushishi kuzatiladi. Bu bosqichda bemor faqat ovqat haqida o‘ylaydi. Ular juda
haddan tashqari ochofat bo‘lib qoladilar. Nutqi tushunarsiz bo‘ladi.
Marazmning somatik belgilari – kaxeksiya, yotok yaralari, suyaklar sinishi
va og‘ir nevrologik buzilishlar (insult, tutqanoq, falaj) o‘lim ko‘pincha infektsiya
qo‘shilganda yoki insult vaqtida keladi.
Progressiv falaj kam hollarda orttirilgan zaxm natijasida asosan tug‘ma
zaxmdan keyin kelib chiqadi.
12-15 yoshgacha bola normal rivojlanadi, so‘ng o‘z-o‘zidan hech qanday
sababsiz boshqalardan ham jismoniy, ham ruhiy holatda orqada qoladi. Asosan
bola juda ahamiyatsiz, atrof muhitga qiziqishi yo‘qoladi, maktab dasturini
o‘zlashtira olmaydi, xulqi va xarakteri o‘zgaradi: jahldor, yig‘loqi, quloqsiz bo‘lib
qoladi. Bunday bolalar aldamchi, uylaridan qochib ketadigan odat chiqaradilar.
Shunday vaziyatda ota-onalar shifokorga murojaat etadilar.
Yuvenil progressiv falajning tipik ko‘rinishi bu dementsiyadir.
Kasallikni kechishi davo olmagan bolada 5 yildan to 9-10 yilgacha. Davo
olmaganlarni oqibati yomon yakunlanadi.
131
Davolash. Kombinirlangan 3 kunlik bezgak emlash bilan bir qatorda
spetsifik davo.
Do'stlaringiz bilan baham: |