Психология фанининг предмети, мақсади ва вазифалари Сезги ва сезувчанликнинг психологик асоси



Download 181,51 Kb.
bet3/11
Sana02.07.2022
Hajmi181,51 Kb.
#731927
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
falsafa 1-11

3 variant

  1. Мустақил фикрлаш - соғлом маънавиятнинг мезони сифатида.

  2. Идрок ҳақида тушунча ва унинг турлари

  3. Тиббиёт психологияси тўғрисида тушунча

1Mustaqil fikrlash – ijtimoiy-psixologik hodisa. Mustaqil fikrlash. “Subyekt-obyekt” va “subyekt-subyekt” munosabatlari mazmuni. Mustaqil fikrlash – ijtimoiy-psixologik hodisa
Mustaqil fikrlash shaxs xislati sifatida har qanday faoliyatda individual yoki jamoaviy yutuqlarga erishishda yuqori darajasini ta’minlaydigan muhim omil hisoblanadi Mustaqil fikrlash qobiyati inson xulq-atvoridagi umumiy mustaqillik bilan bog’liq bo’lib, mustaqillikni tarbiyalash – keng qamrovli yondashuvni talab qiladigan ilmiy muammo sifatida mohiyatan ijtimoiy-psixologiyaning predmetlaridandir. Mustaqillik insonning o’z xatti-harakati uchun javobgarlik, mas’uliyat hislari bilan uzviy bog’liq. Real hayotda alohida olingan shaxs faoliyati boshqa kishilar faoliyati bilan doimo bog’liq bo’lgani uchun ham ko’pincha biz bajargan amallar ijtimoiy tus olib qoladi. Chunki shaxsning o’z maqsadlarini amalga oshirishi, o’z mavqyeini aniqlab olishi o’zgalar bilan bo’ladigan muloqotisiz ro’y bermaydi.Ijtimoiy faoliyatda bo’lgani kabi mustaqil fikrlashga aloqador bo’lgan bilish faoliyatida ham operasion-texnik tomon ijtimoiy xulq tomoni bilan qo’shilib ketadi, ya’ni “subyekt-obyekt” munosabati (subyektning obyekt bilan o’zaro harakati) “subyekt-subyekt” munosabatiga aylanadi va bu katta amaliy ahamiyatga ega bo’ladi. Shaxs bilish faoliyatini o’rganishda murakkab munosabatning bu ikki turi aniqlanibgina qolmasdan, balki uni o’rganish usulini e’tiborga olish zarur. Bir tomondan, shaxsning bilish faoliyatini predmetning o’zi bilangina o’rganish xato, boshqa tomondan, muloqot omilini bilish omilidan ajratib o’rganish qiyin. shuning uchun yagona faoliyatning bu ikki jihatidan birgalikda foydalanish zarur. Ana shunday dialektik rivojlanish fikrga ham taalluqli bo’lib, mustaqil fikrlashning sifati, samarasi va darajasi bevosita fikrlovchini o’rab turgan ijtimoiy borliq hamda undagi muomala madaniyatiga bog’liq.Fikrning shakllanishi hayotda idrok etilayotgan voqyea va hodisalarni baholash “ko’r-ko’rona” unga ishonish yoki aql bilan ishonishning nisbatidan kelib chiqadi. Fikrning va e’tiqodning rivojlanishi bilish jarayonida muhim omil hisoblanadi, fikrning paydo bo’lishi o’quvchida chuqurroq bilimga ehtiyojni hosil qiladi, bu esa o’z navbatida shaxsning barcha kuchlarini faollashtiradimotivlar, iroda va aqliy harakatlarning birligini ta’minlaydi, ya’ni shaxs mustaqil ravishda o’z-o’zini boshqarishga undovchi va bajaruvchi omillari birligini ta’minlaydi. Tafakkur mustaqilligini rivojlantirishda o’quv faoliyatining guruhiy shakllariga katta ahamiyat beriladi, lekin bunda shaxsning individual faoliyati, fikr va harakatlardagi qaytarilmaslikning roli ham pasaytirilmaydi. Ya’ni, odam o’zi yolg’il bo’lgandan ko’ra, odamlar orasida, guruhiy bahslarda o’zidagi mustaqil fikrlay olish qobiliyatini o’stirishi mumkin.

2 .Idrok sezgi bilan o’zaro bog’liq bo’lib analizatorlarning joylashuviga ko’ra ko’rish idroki ,eshitish idroki xid bilish idroki ,tam bilish idroki tuyish, va xlokazolarga bulinadi.Faolligiga kura ixtiyorsiz va ixtiyoriy turlarga bo’linadi.Idrok ixtiyorsiz va ixtiyoriy degan xillarga xam ajraladi. Ixtiyorsiz idrokda narsalar odamning ongida avvaldan maqsad kuyilmagan xolda aks ettiriladi. Odatda narsa va xodisalarning tashqi xususiyatlari, kishining xis-tuygulariga ta’sir etishi ixtiyorsiz idrokni vujudga keltiradi. Ixtiyoriy idrokda odam uz oldiga muayyan maqsad, vazifa kuygan bo’ladi. Ixtiyoriy idrokda odam shunchaki eshitmaydi, balki tinglaydi, shunchaki kuzdan kechirmaydi, balki sinchiklab kuradi. Ixtiyoriy idrok kup xollarda Biron faoliyatning tarkibiga kirgan bo’ladi. Kuzatish ixtiyoriy idrokning turlaridan biri xisoblanadi


3. Tibbiyot psixologiyasi klinik psixologiyaga qaraganda kengroq ma’no kasb etuvchi fan bo‘lib, u tibbiy yo‘nalishdagi barcha fan-larni o‘z ichiga qamrab oladi, ya’ni deontologiya, etika, psixodiagnostika, psixoterapiya, tibbiy-psixologik ekspertiza, psixogigiena, psixoprofilaktika va h.k.Tibbiyot psixologiyasini shartli ravishda 2 ga ajratish mumkin: umumiy tibbiyot psixologiyasi va xususiy tibbiyot psixologiyasi yoki klinik psixologiya.
Umumiy tibbiyot psixologiyasi quyidagi muammolarni o‘rganadi:
Tibbiy xodimlar (vrach, hamshira) va bemorlar orasidagi o‘zaro munosabatlarni;
Odamning psixologik shakllanish bosqichlarini (bolalik, o‘smirlik, katta va qarilik davri psixologiyasini);
Temperament, xarakter va shaxs muammolarini;
Deontologiya va etika tamoyillarini;

Download 181,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish